Shablonni yuklab olish
PDFTAF! 22 IV har yilgi Toshkent reklama festivali doirasidagi TAF! 2022 eng yaxshi reklamalar tanlovi – bu ekspertlar hay'ati va iste'molchilar tomonidan 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan eng yaxshi marketing loyihalarini aniqlashdir.
TAF! doirasida ilk kreativ tanlov 2019-yilda o‘tgandi. O‘shanda 3 ta toifa va 14 ta nominatsiya bo‘yicha eng munosiblarni 7 nafar xalqaro hay'at a'zosi tanlagan. Tanlovda O‘zbekiston va Qozog‘istondan 43 ta agentlik qatnashgan, 168 ta ish taqdim etilgandi.
2020-yilgi TAF! tanlovida xalqaro hay'at 4 ta toifa va 24 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblarni aniqladi. Tanlovda O‘zbekiston va Armanistondan 62 ta kompaniya qatnashdi, tanlovga 348 ta ish taqdim etildi.
2021-yilda TAF!21 yangi shaklda o‘tdi. Unda brendlar marketing kommunikatsiyalari sohasidagi loyihalar qatnashdi. 10 ta nominatsiyada g‘oliblarni mahalliy ekspert hay'ati va ochiq ovoz berishda iste'molchilar aniqladilar. Tanlovda 207 ta loyiha va 112 ta brend qatnashdi.
Bu yil TAF!22 tanlovida ham brendlar, ham agentliklar 12 ta nominatsiyada marketing kommunikatsiyalari sohasidagi loyihalar bilan qatnashishlari mumkin.
TAF!2022 tanlovida qatnashish – bu quyidagi imkoniyatlar kalitidir:
muvaffaqiyatli loyihani tanlov keysi sifatida rasmiylashtirish
o‘z marketing loyihalarini namoyish etib, hamkasblar va iste'molchilar fikrini olish
2022-yilning eng yaxshi reklamasi tanlovining g‘olibi bo‘lish
eng yaxshi «ish beradigan» marketing g‘oyalaridan ruhlanish
«boshqalar»dagi samarali kommunikatsiyalar va muvaffaqiyatli strategiyalar namunalari bilan tanishish va «o‘zi» uchun xulosalar chiqarish
umumiy muvaffaqiyatdagi hamkor agentliklarning hissasi va ishtirokini qayd etish.
TAF! missiyasi – brendlar rivojlanishiga, marketing va reklama sohasida mutaxassislarni birlashtirish va o‘qitishga ko‘maklashish. Professional qiyoslash va g‘oyalarni, ularning samaradorligini baholash, shuningdek brendlarning iste'molchilar bilan kommunikatsiyasi orqali, eng yaxshi marketing loyihalarini belgilash va brendlarni muvaffaqiyatli ilgarilatishga xizmat qilishdir.
Tanlov eng yaxshi reklama yaratuvchi muvaffaqiyatli brendlar va agentliklarni birlashtiradi!
TAF!21ning eng yorqin lahzalari
Xaridorlarga yangi mahsulot yoki xizmatlarni taqdim etishga qaratilgan kampaniya. Bu yangi brendlar, mavjud brendning yangi mahsulotlari yoki mahsulotlar safini kengaytirish bo‘lishi mumkin.
Brend, shuningdek u ishlab chiqaradigan tovarni yoki uning tarkibiy qismini: logotip, slogan, vizual bezagini yaratish kampaniyasi.
Brend, shuningdek u ishlab chiqaradigan tovarni yoki uning tarkibiy qismini: logotip, slogan, vizual bezagini o‘zgartirish kampaniyasi.
Bitta kommunikatsiya kanali (TV, tashqi reklama, matbuotda reklama, radio va boshqalar)ga ega yoki bitta maydonchada amalga oshirilgan kampaniyalar
Bir nechta kommunikatsiya kanali (TV, tashqi reklama, matbuotda reklama, radio va boshqalar)ga ega kampaniyalar
Mashhur shaxs/ta'sir agenti – selebriti, inflyuenser, bloger – brendga iste'molchi e'tibori va qiziqishini jalb qilish uchun muvaffaqiyatli qo‘llanilgan kampaniyalar.
O‘z auditoriyasi bilan muloqotda kommunikatsiya kanali sifatida faqat internet resurslaridan va servislaridan foydalanilgan kampaniyalar.
O‘z auditoriyasi bilan muloqotda asosiy kommunikatsiya kanali sifatida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanilgan reklama kampaniyalari.
O‘z marketing harakatlarini iste'molchilarning mavsumiy faolligi davri yoki biror-bir voqea atrofida jamlagan reklama kampaniyalari (masalan, Yangi yil, yozgi dam, qishki sport turi, 8-mart va h.k.)
Faol brend hamjamiyatini tuzish va o‘stirishga yoki xaridorning brendga sadoqatini oshirishga va ular o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatilishiga yo‘naltirilgan loyihalar.
O‘z marketing maqsadlarini bajarish uchun milliy qadriyatlar, insaytlar va an'analarni samarali va ta'sirchan qo‘llab-quvvatlay olgan kampaniyalar.
Biznes-maqsadlar va jtimoiy ahamiyatga ega (salomatlik, ekologiya, ta'lim, jamiyat, oila) vazifalarni samarali uyg‘unlashtirgan, bu maqsadlarni brend umumiy strategiyasiga muvaffaqiyatli bog‘lagan kampaniyalar.
2022-yil
2022-yil
2022-yil
2022-yil
Nominatsiyalar bo‘yicha barcha ishlarni ko‘rish