Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

1120 Har yo‘l - oq yo‘l


  • Nominatsiya:

    New. Yangi mahsulot yoki xizmatlarni joriy qilish

  • Brend

    GROSS

  • Agentlik

    Синтез

Muammo

Sug‘urta bozorida yetakchi bo‘lgan Gross sug‘urta kompaniyasi sayohatchilar uchun yangi polisni taqdim etdi.  

Tasavvur qiling sayohat vaqtida hech qanday muammolar haqida o‘ylamaysiz.  

Ammo bizning odamlar sug‘urta polisini ixtiyoriy ravishda sotib olishga o‘rganishmagan. 

Muammolardan haqiqatdan ham himoya qilishi mumkin bo‘lgan usullar o‘rniga, odamlar urflarga ko‘proq ishonishadi. Har xil vaziyat uchun isiriq. ko‘z tegmaslik uchun Kuzmunchoq yoki hech bo‘lmasa xo‘rozni so‘yish mumkin!


Yechim

O‘z reklamamizda odamlarga Ko‘zmunchoq va isiriqdan tashqari, muammolardan aniq himoya qiladigan sayohatchilar sug‘urtasi haqida malumot berdik. 

Sayohatga ketayotgan oilaning kulgili voqeasini ko‘rsatdik, LED ekranlariga isiriqli tutun mashinasini o‘rnatdik. 

Blogerlarni esa ularning sayohat bilan bog‘liq odatlari va bizning mahsulotimiz haqida malumot berishga taklif qildik.  Hatto sug‘urta polisimizni nomini Oq yo‘l deb qo‘ydik. Chunki gross bilan endi har yo‘l oq yo‘l.


Natija

Reklama ko‘p  kommentlar va reaktsiyalar yig‘di. Biz haqimizda ommaviy axborot vositalari va Telegram kanallarda yozishdi. 

Hatto raqobatchilarimiz ijodimizga yaxshi baho berishdi.  

Umumiy qamrov 6 million kishini tashkil etdi.  Sug‘urta polisi savdosi esa 317 foizga oshdi.  

Aytgancha, reklama kompaniyasi vaqtida hech qanday xo‘roz zarar ko’rmagan

Mijoz – Gross:

Kamoliddin Beknazarov - Marketing direktori

Darya Votchel - marketing departamenti menedjeri

Agentlik – Sintez: 

Farrux Sharipov – kreativ direktor

Alina Mirzaeva – mijozlar bilan ishlash direktori.

Tamila Mirzaeva – art-direktor

Anna Kim – akkaunt-menedjer

Shaxnoza Ibragimova – kopirayter

Timur Mixeyev – pre-press mutaxassisi

Production – Snova production:

Damir Mubinov – direktor

Miya Mubinova – prodyuser

Baxodir Yuldashev – DP



Ro'yxatga qaytish