Digital. Digital-kampaniya
Nanoclear
SMMAK
Ko'p yillar davomida gilamlar uyning hovlisida va xonadonlar podyezdida yuvilgan - bu yoz mavsumining "an'anasi" hisoblanadi. Bozordagi raqobatchilarni 90% bir xil narx va xizmatlarni taklif qilishadi. Raqobatchilar ko'pligi tufayli asosiy muammo kompaniya taniqliligini va sotuvni oshirish.
Oldimizga qo'yilgan vazifani bajarish uchun biz insaytlar to'pladik, iste'molchilarning xatti-harakatlarini o'rgandik va kampaniya uchun taniqli blogerni tanladik. To'plangan ma’lumotlarga ko‘ra, biz hovlida gilam yuvish jarayonini noodatiy tarzda ko‘rsatishga qaror qildik. Bosh rolda gilam yuvishni an'anaviy usulini ko'rsatadigan kelinni tanladik. Video blogerning sahifasida va kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida targ‘ib qilindi. Reklama kampaniyasining asosiy maqsadi raqobatchilardan ajralib chiqish edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda iste'molchilar NanoClear brendiga ko'proq e'tibor bera boshladilar, bizning videomizni 1500 martadan ko'proq bo'lishishdi(repost) va Toshkent hududi bo'yicha 20 yoshdan 45 yoshgacha bo'lgan 400 000 dan ortiq ayollar auditoriyasini qamrab oldi. Biz auditoriya bilan kommunikatsiyaga va kreativ yondashuvga e'tibor qaratgan holda raqobatchilar orasidan ajralib chiqdik. 2021-yil yakuniga ko‘ra, o‘rtacha oylik bajarilgan ishlar hajmi 9000-10000 kv.m ga yetdi va buyurtmalar soni oyiga 450-500 tagacha oshdi.