Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

1403 MEDIAPARK Uzbekiston


  • Nominatsiya:

    Traditions. Milliy qadriyatlar qo‘llanilgan kampaniya

  • Brend

    MEDIAPARK

  • Agentlik

    Djon Rid

Muammo

MEDIAPARK – O‘zbekistonda maishiy texnika va elektronika sotuvchi yetakchi brend. Missiya - Birinchi darajali xizmatni, katta assortimentni va eng qulay to'lov shartlarini taqdim etish orqali Mijozning umidlarini kutish. Kompaniya ko'p millatli vatanimiz O'zbekistonning barcha hududlari, shahar va qishloqlarida o'zini ko'rish istiqboliga ega. Kompaniya har bir hududda milliy iste’dodlar, an’analar va madaniyatlar qadrlanadigan muhit yaratishga intiladi.


Yechim

Reklama kampaniyasi yordamida u xalqning tarixi, madaniyati, an'analarini qanchalik qadrlashi va hissiy jihatdan bog'liqligini va bu har qanday kompaniyaning umumiy faoliyatiga qanday ta'sir qilishini ko'rsatdi. Toshkentdan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrigacha bo‘lgan reklama roligida o‘zbek xalqi va qardosh qoraqalpoq xalqining barcha qadriyatlari o‘z ifodasini topgan. MEDIAPARK maqsadi har bir xonadonga, hatto Qoraqalpog‘iston Respublikasining eng chekka nuqtalariga ham maishiy texnika va elektronika mahsulotlarini keng assortimentda, eng yaxshi xizmat ko‘rsatish, eng qulay shart-sharoitlar va albatta baxt-saodat bilan ta’minlash.


Natija

Bugungi kunga kelib Qoraqalpog‘iston eng ko‘p do‘konlari joylashgan hudud hisoblanadi. 2021-2022 yillarda ushbu mintaqada savdo ulushi 15 foizga oshdi.



Ro'yxatga qaytish