Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

1205 3 oy ichida noldan 12 ta brendni qanday yaratish mumkin


  • Nominatsiya:

    Branding. Brending

  • Brend

    bi1

  • Agentlik

    Golden minds

Muammo

2021-yilning oxirida Toshkentda Fransiyaning Schiever korxonalar guruhi (shuningdek, Auchan/Ashanni ham o’z ichiga oluvchi) tarkibiga kiruvchi bi1 chakana savdo tarmog‘ining birinchi do‘koni ochildi.

Tarmoqning eng muhim vazifalaridan biri o’z shaxsiy savdo belgilari ostida

bir vaqtning o'zida 12 ta har xil brendlarni ishga tushirish edi. Brendlashda qadoqlarni xaridorlar uchun jozibador qilish va shu bilan birga har bir brendning qadr-qimmatini yetkazish kerak edi.


Yechim

12 qatorning har biri uchun nom va identifikatsiyani ishlab chiqishda, tegishli toifadagi eng yaxshi mahsulotlari bilan mashhur bo'lgan mamlakat bilan bog'liq bo'lgan nom va brendni yaratish g'oyasi paydo bo'ldi. Barcha brendlar ma'lum tasvirlarni uyg'otishi, shuningdek, ushbu mahsulot haqiqatan ham yuqori sifatli va mazali ekanligini yengil ravishda e'lon qilishlari kerak edi. O'zbekcha nomli brendlar alohida o'rinni egalladi, chunki bizning zaminimiz sabzavot, quritilgan mevalar, ziravorlar va go'shtlari bilan haqli ravishda mashhur.

Tanaffus va Youngi kabi ikkita brendlar uchun qatordagi har bir alohida mahsulotga moslashadigan qahramonlar ishlab chiqilgan.


Natija

  • Atigi 3 oy ichida noldan boshlab 12 xil brendni ishlab chiqish va ishga tushirishga muvaffaq bo'lindi.
  • 12 ta brend kitob va 1000 ta qadoq dizaynlari yaratildi.
  • O'zbekistonda birinchi do'kon ishga tushirilgandan keyin 6 oy ichida bi1 dan shaxsiy savdo belgisiga ega mahsulotlarni sotish ulushi umumiy aylanmaning 0% dan 45% gacha bo'lgan.
  • Do‘konlar tarmog‘i ishga tushirilgan birinchi oyda shaxsiy savdo belgisiga ega mahsulotlar savdosining ulushi 36% ni tashkil etdi.
  • Xaridorlar orasida b1dan bo’lgan shaxsiy savdo belgisiga ega mahsulotlarni taniy bila olishning o'sishi - 40%ni tashkil qildi.

Shuningdek, bi1 o'zining shaxsiy savdo belgisiga ega mahsulotlarini eksport qilishni (Tojikistonga) yo'lga qo'ygan birinchi tarmoq bo'ldi.



Ro'yxatga qaytish