Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

2213 Aksiya "Sen yashaysan" yurak nuqsonlari bo'lgan bolalar uchun bepul kardiojarrohlik


  • Nominatsiya:

    Social. Ijtimoiy ahamiyatga ega vazifalarni hal qilish

  • Brend

    AKFA Medline

Muammo

O'zbekistonda yiliga 600 nafar bola tug'ma yurak nuqsoni bilan tug'iladi. Hozirda butun O'zbekiston bo'ylab 4158 nafar bola tug'ma yurak nuqsoni bilan kasallangan bo'lib, har yili bu son 600 nafarga oshadi. Asosan bunday bolalar kam ta'minlangan oilalardan. Kardiojarrohlik operatsiyalari eng qimmat operatsiyalar qatoriga kiradi. Har yili yuzlab tug‘ma yurak nuqsoni bilan og‘rigan bolalarning oilalari klinikamizga murojaat qilishadi.


Yechim

Tibbiyot markazimizda har yili tug‘ma yoki orttirilgan yurak nuqsonlari bilan og‘rigan kam ta’minlangan oilalarning farzandi uchun bir qancha bepul amaliyotlar amalga oshirilmoqda. Bu yili ham shunday bo\'ldi. Ammo bu safar biz operatsiyalar sonini 10 da 40 nafarga oshirishga qaror qildik. Buning uchun esa homiy tomishimiz kerak edi. 2022-yil aprel oyida kam ta’minlangan oilalar uchun 40 ta bepul jarrohlik amaliyoti uchun “Sen Yashaisan” aksiyasi boshlandi. Aksiyaga Akfa Group va Artel kompaniyalari homiylik qildi. Ushbu muammoga bag'ishlangan bir qator ijtimoiy video va postlar ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.


Natija

Natijada ushbu videoroliklar turli telegram kanallarda shuningdek, Yulduz Usmonova, Alisher Uzoqov, Xalimaxon, Ziyoda, Oybek va Nigora, Lil Xurramov kabi yulduzlar, blogerlar va kino yulduzlarida tarqala boshladi. Telegram guruhlarida virusli xabarlar tarqaldi. Call-markazga 4925 ta qo‘ng‘iroq kelib tushdi, aksiyada ishtirok etish uchun 950 ta onlayn ariza to‘ldirildi. Darhaqiqat, tanlovga 4000 ga yaqin odam kelgan. Ko'pchilik homiy bo'lish istagini ham bildirdi. Bugungi kunga kelib 100 nafar bepul operatsiyalar amalga oshirildi. Bepul operatsiyalardan tashqari 50 ga yaqin pullik operatsiyalar amalga oshirildi. Ammo biz erishilgan natijalardagina to'xtab qolmaslikka qaror qildik! O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab, yurak nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun yana 31 ta bepul operasiya o‘tkazish aksiyasi boshlandi. Yil oxirigacha 200 ta bepul operatsiyalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.



Ro'yxatga qaytish