Digital. Digital-kampaniya
PRODEZ
SMMAK
Hasharotlar va zararkunandalar (suvaraklar, o'rin kanasi va h.k) bilan bog'liq muammolarni hal qilish deyarli har doim ayollarning yelkasida turadi - bu esa juda adolatsizlik! Odamlar hasharotlar bilan bog'liq muammolarni maishiy do'konlardagi kukunlar va har xil preparatlar yordamida hal qilish mumkinligiga ishonishadi va ular bilan kurashish uchun ko'p vaqt, pul va kuch sarflashadi. O'rin kanalari va tarakanlarni yo'q qilish uchun ko'plab afsonalar va xalq odatlari mavjud - mebellarni tashlab yuborish, mebel va matraslarni yoqib yuborish, kapital ta'mirlash.
Oldimizga qo'yilgan vazifani bajarish uchun biz insaytlar to'pladik, iste'molchilarning xatti-harakatlarini o'rgandik va kampaniya uchun taniqli blogerni tanladik. Yig'ilgan ma'lumotlarga ko'ra, biz allaqachon PRODEZga murojaat qilgan ayol va o'zi hasharotlar bilan kurashayotgan ayolni ishdan keyin vaqtlarini qanday o'tkazishini noodatiy tarzda ko'rsatishga qaror qildik. Video blogerning sahifasida va kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida targ‘ib qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda iste'molchilar PRODEZ brendiga ko'proq e'tibor bera boshladilar, bizning videomizni 500 martadan ko'proq bo'lishishdi(repost) va 2 000 000 martadan ko'proq ko'rildi. 2022 yilda ushbu reklama kampaniyasi amalga oshirilgandan so'ng, o'rtacha oylik buyurtmalar soni oyiga 550 tagacha ko'tarildi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan murojaatlar soni 25% gacha oshdi, tavsiyalar soni ham ortdi, bu esa savdo hajmining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.