Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

1606 DOVE. Haqiqiy go‘zallik — bu siz!


  • Nominatsiya:

    Celebrities. Mashhur shaxslar ishtirokidagi reklama kampaniyasi

  • Brend

    DOVE

  • Agentlik

    FCB ARTGROUP TASHKENT

Muammo

Ijtimoiy tarmoqlarning ommalashishi tufayli qizlarda kun sayin komplekslar yuzaga kelmoqda, ular o‘zlaridan uyalishmoqda va plastik jarrohlikka talab o‘smoqda. Ijtimoiy tarmoqlar esa go‘zallik standartlarini tiqishtirishda davom etmoqda. Selfi kameralarni filtr, niqoblarsiz yoqib, o‘zimizni esa tabiiyligimizcha qabul qilib bo‘lmay qoldi. Shuningdek, o‘zaro ochiqdan-ochiq xeytlar soni ko‘paymoqda, qizlarga qaratilgan tanqidlar bir talay.


Yechim

Dove brendi haqiqiy go‘zallik ambassadori sifatida instagram blogerlar, inflyuyenserlar va selebriti bilan tirikligini yaxshi biladi. Aynan shuning uchun ular orqali brend o‘z g‘oyasini auditoriyaga yetkazishga qaror qildi. Blogerlar brenddan noodatiy sovg‘a olishdi. Inflyuyenser boksni ochar ekan, o‘zi kabi instagram yulduzlarining unga atalgan kutilmagan maqtovlari va dil so‘zlariga ko‘milib ketdi. Biz bu so‘zlarni oldindan, detallarni ochmagan holda to‘plagan edik. Bundan keyingi "HAQIQIY GO‘ZALLIKNI KO‘RISH UCHUN O‘ZINGGA TORT", degan harakarga chaqiriq ularning tabassum qilishlariga sabab bo‘ldi. Axir ular "instagram niqobi ostidagi go‘zallik"ni emas, balki ko‘zgudagi haqiqiy o‘zlarini ko‘rishdi.


Natija

Dove eng muhimi: o‘zini sevish va ayollarning haqiqiy go‘zalligiga muhabbatni eslatdi. Shuningdek loyiha ayollarimizga tanqid va xeyt o‘rniga chiroyli so‘zlar aytishning muhimligini ham eslatib o‘tdi. - 1 600 000 qamrov, media-qo‘llab-quvvatlashisiz. - qizlarning shunday boksga ega bo‘lishlarini xohlab yozgan 100 dan ortiq xatlari. - obunachilarning blogerlarga atalgan 1 000 dan ortiq maqtov so‘zlari.



Ro'yxatga qaytish