Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

1503 Kredit karta


  • Nominatsiya:

    Integrated. Integratsiyalangan kampaniya

  • Brend

    AGROBANK

  • Agentlik

    Agrobank marketing

Muammo

Aholining bo‘lib to'lash va faqat sarflangan qismiga foiz to‘lashi mumkin bo‘lgan uzoq muddatli kreditga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 2020 yilda “Agrobank” Kredit kartasi muomalaga chiqarildi. Kredit karta 2 yil oldin chiqarilgan bo'lsa ham, iste'molchilarning xabardorligi etarli emas edi. Shunga ko'ra, trafik va lidlar past bo'lgan va sotish rejasi bajarilmayotgan edi.


Yechim

Kredit kartaning barcha afzalliklarini etkazish uchun quyidagi qadamlar qo'yildi: barcha aloqa kanallarini qamrab olgan video va bir qator mini-roliklar suratga olindi. Nafaqat poytaxt yoki viloyat markazlarini, balki mamlakatimizning olis hududlarini ham qamrab olish kerak edi. Tanlab olingan kanal va instrumentlar: TV (MTRK, Milly, Sevimli, My5), SMM, kontekstli reklama, ommaviy axborot vositalari (maqolalar, postlar, bannerlar), jamoat transporti (metro, Toshkent shahri va Andijondan Qoraqalpogʻiston Respublikasigacha boʻlgan barcha viloyatlardagi avtobuslar), poytaxtdagi led ekranlar, Agrobankning barcha 170 filiallarida posterlar.


Natija

4 oy davomida (04.2022-01.08.2022) amalga oshirilgan ishlar natijasida sotish rejasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 300 foizdan ortiq bajarildi. Mijozlar kredit kartaning afzalliklarini tushuna boshladilar va rasmiylashtirishni boshladilar.



Ro'yxatga qaytish