Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

2004 Hech qanaqa “izohlarsiz” mamlakatning birinchi Osmon-O’par binosiga ishonchni oshirish mumkinmi?


  • Nominatsiya:

    Community. Komyuniti, hamjamiyat, sadoqatlilik dasturini tuzish

  • Brend

    Nest One

  • Agentlik

    Meraki Marketing Agency

Muammo

Nest One - O‘zbekistondagi ilk osmono‘par bino. Qurilish ishlari boshlanganidan hozirgi kunga qadar, ushbu bino - mamlakatning muhim rivojlanish ko‘rsatkichi hamda quruvchilarning ushbu keng miqyosdagi loyihani boshlashdagi qo‘rqmas qadamidir. Biroq, hech narsa osonlikcha bo'lmaydi. Qurilish ishlari boshlanishida, omma og'zida turlicha shubha gumonlar tarqala boshladi. “Birinchi zilzilaga ham bardosh bera olmaydi”, “Shunday katta binoni qurishga kuch ham, mablag‘ ham yetmaydi”, “Bunday ulkan imoratga arzon xom-ashyo ketgan bo‘lsa kerak, bo‘lmasam qurishning iloji yo‘q” - deya har xil gaplar bilan ijtimoiy tarmoqlar to‘lib toshib ketdi.


Yechim

Yosh, lekin shijoatli Meraki jamoasi ommaga ‘No comment’ rubrikasini taqdim etishga qaror qildi, bundan maqsad - O‘zbekistondagi ilk osmono‘par binoning qurilish jarayonini butun mamlakatga namoyish qilish edi. Bu yerda biz so‘zlar bilan emas, balki jarayonni ko'rsatish orqali - asta sekinlik bilan ommaning avvalgi salbiy qarashlariini o‘zgartirdik.


Natija

Umumiy hisobda biz 21 dona video taqdim qildik, 360.000 atrofida tomosha qilindi, 15.000 dan ortiq layk va 1845 izohlar hech qanday maqsadli reklamalarsizsiz yig‘ildi. Shu bilan birga biz eʼtiborni jalb qila oldik va ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilarning shubhalarini sezilarli kamaytira oldik. Bundan tashqari, ochiq lavhalar orqali Nest One YouTube kanalini dastlabki bosqichdan kuzatuvchilarini ishonchini qozonishni uddaladik va hozirgi kunga qadar 16.000 dan ortiq obunachilar bizni kuzatib bormoqda.



Ro'yxatga qaytish