Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

1313 «Adler Group» distribyutorlik kompaniyasining rebrending


  • Nominatsiya:

    Rebranding. Rebrending

  • Brend

    Adler

  • Agentlik

    Division

Muammo

«Adler Group» distribyutorlik kompaniyasining tarixi 2012-yilda kundalik zaruriy mahsulotlarni ulgurji sotish bilan boshlangan. O‘sha vaqtdayoq kompaniyaning dastlabki logotipi ishlab chiqilgan.

10 yil ichida «Adler» kichik distribyutorlik kompaniyasidan to‘liq miqyosdagi xoldingga aylandi va O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini sezilarli darajada kengaytirdi. Kompaniyaning brendlar portfeliga «Mars Inc.», «Wrigley», «Danone», «Unilever» kabi dunyoga mashhur ishlab chiqaruvchilar kiradi.

2022-yilga kelib kompaniya rivojlanishning ma’lum cho‘qqisiga chiqdi va transformatsiya hamda umumiy ma’lum maqsadni belgilash zaruratini his qildi.


Yuqori raqobat muhitida «Adler Group»ga quyidagilar kerak edi:
1. Bozor yetakchisi mavqeini mustahkamlash.
2. Eng iqtidorli xodimlar va keng ko‘lamli kompleks xizmatlarni taqdim etish orqali mintaqadagi eng yaxshi ish beruvchilardan biriga aylanish.

Yangi o‘zgarishlar sari birinchi qadam — brend platformasini ishlab chiqish va maqsadlarni aniqlash orqali kompaniyaning rivojlanish vektorini belgilash, strategiyani ishlab chiqish, rebrendingni amalga oshirish.


Yechim

Bugungi kunda «Adler» 850 nafar eng yaxshi mutaxassislardan iborat kuchli jamoadir. Ular yosh, baquvvat va, shu bilan bir vaqtda, barqaror hamda puxta. Ularni umumiy sifat — muvaffaqiyatga chanqoqlik birlashtiradi.

Kompaniya tarixini va uning rivojlanishini tahlil qilib, biz shunday xulosaga keldikki, brend platformasi «Adler»ning mohiyatini o‘z sohasidagi yetakchi kompaniya hamda biznesda ishonchli hamkor sifatida aks ettirishi, yuqori professionallik, doimiy rivojlanish qadriyatlarini qo‘llab-quvvatlashi, ishonch va «win/win» falsafasini namoyon qilishi kerak.
Vizual obraz brendning xarakterini kuchaytirishi kerak: kuchli va qat’iyatli, qudratli va dono, baquvvat va jasur. Biz burgutning to‘liq tasviridan voz kechib, uni logotipning shriftli chizmasiga joyladik, u yanada barqaror va o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘ldi. Muvaffaqiyat, yuksalish va rivojlanishning asosiy g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaydigan korporativ patternlarni ishlab chiqdik.


Natija

Brend platformasini tatbiq qilishdagi hamda amalga oshirilayotgan rebrendingdagi yangilik nafasi «Adler»ga o‘z faoliyatini kengaytirish, yangi hamkorlarni jalb qilish va kompaniyaning HR brendini mustahkamlash imkonini beradi.

Yaqinda kompaniyaning brendlar portfeliga «iчня» Rossiya brendi qo‘shildi, «Adler»ni zamon tendensiyalariga muvofiq ishonchli, barqaror kompaniya sifatida ko‘ruvchi bo‘lajak hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.



Ro'yxatga qaytish