Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

1803 Excel Masters


  • Nominatsiya:

    SMM. SMM-kampaniya

  • Brend

    ExcelMasters

  • Agentlik

    New Era Agency

Muammo

- O'quv markazi rivoji uchun SMM-targ'ibot jarayonlari to'g'ri shakllantirilmagan;
- Mijozlar deyarli yo'q;
- "Excel Masters" shaxsiy brendi va o'quv markazi haqida ma'lumotlar kam;
- Imkoniyatlar va takliflar juda kuchli, ammo ular auditoriyaga to'gri yetkazib berilmagan;
- "Microsoft Excel" bo'yicha iste'molchilarda qiziqish va tushuncha yo'q.


Yechim

O'quv markazini faol rivojlantirish uchun ijtimoiy tarmoqlarni yuritishning yangi strategiyasi ishlab chiqildi, buning uchun:
- biz raqobatchilarni tahlil qildik va onlayn bozorda mazkur yo'nalishda SMM-targ'ibot olib borayotgan o'quv markazlar juda kam ekanligini va shundan foydalanib, mijozlar to'plash imkoniyatimiz yuqoriligi borasidagi fikrga keldik;
- o'quv markazining logotipi, brendi butunlay yangilandi;
- SMM targ'iboti orqali o'quvchilar oqimini oshirish jarayonlari amalga oshirildi;
- "Excel Masters" brendi mashhurligi ta'minlandi;
- o'quvchilar bilan kurslar haqida videosharhlar suratga olindi;
- markaz mutaxassislari tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali bepul videodarslar taqdim etildi;
- ijtimoiy tarmoqlar uchun shaxsiy dizayn uslubi tayyorlandi;


Natija

- 6 oyda onlayn va offlayn konversiyalar soni 1500%dan ham ko'proq o'sdi;
- "Excel Masters" o'quv markazi haqida ma'lumotlarga egalilik va shaxsiy brend taniqliligi bir necha baravarga oshdi;
- O'quvchilar oqimi ko'payganidan so'ng, markaz mutaxassislari yana 3ta turdagi kurslarni taqdim etishdi.

Obunachilar soni
Oldin 338ta, keyin 5041ta

Qamrovlar soni
Oldin 350ta, keyin 1 142 558

Havolaga o'tishlar soni (kliklar)
12 680ta

Saqlanishlar soni
866ta

Qayta ulashishlar soni
448ta

Arizalar soni
623ta



Ro'yxatga qaytish