Integrated. Integratsiyalangan kampaniya
Korzinka
Синтез
Jahon bankining ma‘lumotlariga ko‘ra 24% O‘zbekiston yoshlari ish bilan ta‘minlanmagan. Mamlakat katta sonli yosh ishchi kuchi resurslariga ega.
O‘tkazgan tadqiqotimizda biz yoshlarning ishga qabul qilinishda va ish faoliyati davrida ko‘plab muammolarga duch kelishlarini aniqladik:
— ish tajribasiga ega bo‘lmaslik va tajriba olish imkonining yo‘qligi;
— ishga faqat tanish-bilish yoki qarindoshlik asosida qabul qilinishi;
— ishga rasmiy ravishda qabul qilinmaslik;
— oylik ish haqining kechiktirilishi;
— ishchilar ijtimoiy ta‘minotining quyi darajadaligi.
Bularning barchasi yoshlar orasida befarqlik yuzaga kelishi, ish beruvchilar haqida stereotiplarning paydo bo‘lishi yoki boshqa mamlakatga quyi malakali ish uchun ketish istagining paydo bo’lishiga sabab bo‘lmoqda.
Birgina Rossiyada 3 mln vatandoshlarimiz rasmiy ravishda ishlaydilar.
Korzinka — O‘zbekistondagi yirik fud-riteyli, faol ravishda kengayib bormoqda va yangi xodimlarni shaffof saralash shartlari asosida ishga qabul qilishga tayyor.
Yangi xodimlarni ishga jalb qilish bo‘yicha HR-loyihani ishlab chiqib, biz Korzinkada ishlashning afzalliklarini aytib berish orqali yoshlar orasidagi asosiy stereotiplarni tarqatib yuborishga qaror qildik:
“Meni ishga olishmaydi, chunki ish tajribam yo‘q”.
Korzinka: “Ish tajribasiga ega bo’lmaganlarni ishga qabul qilamiz va o‘zimiz o‘rgatamiz”.
“Yaxshi ishga faqat tanish-bilish yoki qarindoshlarni olishadi”
Korzinka: “Biz hamma uchun tushunarli va shaffof saralash shartlari asosida ishga qabul qilamiz”.
“Mutaxassis bo‘lish uchun oliygohda o’qimoqchiman, lekin pulim yo‘q”
Korzinka: “OTM shartnomasini to‘lab beramiz. Qiyin vaziyatlarda ko’magimizni ayamaymiz”.
“Ishda aldov yo‘li bilan oyligimizni bermasliklari mumkin. Unda ishlab nima qilaman?”
Korzinka: “Birinchi kundan rasmiy ravishda ishga qabul qilamiz va barcha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshiramiz”.
Hazilomuz tarzdagi oddiy va tushunarli aloqa yordamida biz auditoriyamiz e‘tiborini jalb qilishga muvaffaq bo‘ldik.
Loyiha ishga tushirilgan vaqtdan boshlab nomzodlar oqimi besh karra oshdi. Bizga yuborilgan anketalar soni 35 mingtaga yetdi.
Bor-yo‘g‘i 3 oy ichida 1 640 nafar odamlar Korzinkada ish bilan ta’minlandilar.
Shu yo‘l orqali, biz O‘zbekistondagi ishsiz yoshlar sonini kamaytirishga o‘z hissamizni qo‘shdik.
Roliklar:
https://www.youtube.com/watch?v=Z7LEDsMKdiM
https://www.youtube.com/watch?v=srEYbJBNH-I
https://www.youtube.com/watch?v=DFmL3kk7GW
Mijoz-Korzinka:
Nargisa Baymerzaeva - kadrlar bo'yicha direktor
Maksud Ermatov - ichki aloqa bo'yicha menedjer
Botir Tursunov - ichki aloqa bo'yicha mutaxassis
Sintez Agentligi:
Farrux Sharipov - kreativ direktor
Sergey Gorobtsov - kopirayter
Liya Gerasimova - akkaunt menedjeri
Tamila Mirzaeva - art direktor
Timur Mixeev - pre press mutaxassis
Production – Lunar
Ivan Proskuryakov-rejissyor
Mina Xolechyan - ikkinchi rejissyor
Ilya Vdovenko-operator
Danil Zupnik-rassom
Frolov Bogdan / Kamilla Mevlyudova-prodyuser
Temur Hasanxojayev-rekvizit
Anjelina Abduvalieva-kasting direktori
Akbar Yusupov-ovoz muhandisi
Xodjiakbar Lutfullayev-montaj
Zilola-make-up
Aydos Kenjeev-back-up
Asela Idayatova / Kamal Yusupov-backstage