Digital. Digital-kampaniya
GROSS
Синтез
Sug'urta bozorida yetakchi bo’lgan Gross sug'urta kompaniyasi sayohatchilar uchun yangi polisni taqdim etdi.
Tasavvur qiling sayohat vaqtida hech qanday muammolar haqida o'ylamaysiz.
Ammo bizning odamlar sug'urta polisini ixtiyoriy ravishda sotib olishga o’rganishmagan.
Muammolardan haqiqatdan ham himoya qilishi mumkin bo’lgan usullar o'rniga, odamlar urflarga ko’proq ishonishadi. Har xil vaziyat uchun isiriq. ko’z tegmaslik uchun Kuzmunchoq yoki hech bo’lmasa xo'rozni so'yish mumkin!
O’z reklamamizda odamlarga Ko’zmunchoq va isiriqdan tashqari, muammolardan aniq himoya qiladigan sayohatchilar sug’urtasi haqida malumot berdik.
Sayohatga ketayotgan oilaning kulgili voqeasini ko'rsatdik, LED ekranlariga isiriqli tutun mashinasini o'rnatdik.
Blogerlarni esa ularning sayohat bilan bog'liq odatlari va bizning mahsulotimiz haqida malumot berishga taklif qildik. Hatto sug'urta polisimizni nomini Oq yo’l deb qo’ydik. Chunki gross bilan endi har yo’l oq yo’l.
Reklama ko‘p kommentlar va reaktsiyalar yig‘di. Biz haqimizda ommaviy axborot vositalari va Telegram kanallarda yozishdi.
Hatto raqobatchilarimiz ijodimizga yaxshi baho berishdi.
Umumiy qamrov 6 million kishini tashkil etdi. Sug‘urta polisi savdosi esa 317 foizga oshdi.
Aytgancha, reklama kompaniyasi vaqtida hech qanday xo‘roz zarar ko’rmagan
Mijoz – Gross:
Kamoliddin Beknazarov - Marketing direktori
Darya Votchel - marketing departamenti menedjeri
Agentlik – Sintez:
Farrux Sharipov – kreativ direktor
Alina Mirzaeva – mijozlar bilan ishlash direktori.
Tamila Mirzaeva – art-direktor
Anna Kim – akkaunt-menedjer
Shaxnoza Ibragimova – kopirayter
Timur Mixeyev – pre-press mutaxassisi
Production – Snova production:
Damir Mubinov – direktor
Miya Mubinova – prodyuser
Baxodir Yuldashev – DP