Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

1910 «Havas Matrix» situativ reklama videoroliklari


  • Nominatsiya:

    Seasons. Mavsumiy kampaniya

  • Brend

    Havas

  • Agentlik

    Division, Borisov&Irisov production

Muammo

«Havas» tarmog‘i — O‘zbekiston bozori uchun yangi turdagi supermarketlar — oziq-ovqat diskaunterlari. Har hafta Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tarmoqning yangi do‘konlari ochiladi. Biroq, diskaunter formati va xususiyatlari xaridorlar uchun tushunarsiz edi.

Yana bir jihati shunda ediki, reklama kampaniyasining boshlanishi Yangi yil bayrami arafasiga rejalashtirilgan edi. Ammo, kreativ jamoa va tarmoq rahbariyati brendlar uchun odatiy yo‘ldan borib, Yangi yil bayramlarida oilalar / bolalar / jonivorlar haqida video suratga olishni xohlamadi.

«Havas» oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:
1. Oziq-ovqat diskaunterining afzalliklarini ma’lum qilish.
2. Diskaunterdan xarid qilishning foydalarini ko‘rsatib berish.
3. Boshqa do‘konlar bilan farqini ko‘rsatish.
4. Brendni raqobatchilar fonida ajratib ko‘rsatish.
5. Nostandart tarzda brendga e’tiborni jalb qilish va bayramlar arafasida tarmoq do‘konlariga tashrif buyuruvchilar oqimini oshirish.


Yechim

Biz «Matritsa: Qayta tirilish» filmining chiqishidan reklama roligini suratga olish uchun infosabab sifatida foydalanishga qaror qildik. Film premyerasini tanlash tasodifiy emas edi.

Videoning syujeti mahalliy auditoriya kontekstida ishlab chiqilgan:
– birinchidan, opa-singil Vachovskilarning shu nomdagi trilogiyasi nafaqat «Havas» mijozlari (30–50 yoshdagi erkak va ayollar), balki yosh avlod uchun ham yaxshi tanish hamda ular tomonidan sevib tomosha qilinadi;
– ikkinchidan, O‘zbekiston aholisi yangi ma’lumotlarni video-sketchlar va hazil-mutoyiba formatida yaxshiroq qabul qilishi ma’lum.
Ssenariyni yaratishda biz detallarga alohida e’tibor qaratdik. Masalan, suratga olish guruhining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan biz Pifiya Neo uchun pechenye pishirgan oshxonani qayta gavdalantirishga muvaffaq bo‘ldik. Musiqa, interyer va maxsus effektlar tomoshabinlarni mashhur film olamiga tushiradi. Oziq-ovqat diskaunterining xususiyatlari haqidagi matnning tanish film qahramonlari tomonidan yetkazilishi uyg‘un ko‘rinadi va tomoshabin tomonidan oson qabul qilinadi.


Natija

Videorolik Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi natijalar:
– 10 kun ichida foydalanuvchilarning unikal qamrovi Facebook platformasida 847250 va Instagram platformasida 1096646 ni tashkil etdi.
– Obunachilar sonining ortishi: Facebook'da +127 va Instagram'da +1803.
– Jami repostlar soni — 2632 ta.

«Havas» savdo nuqtalaridagi natijalar:
– Tashrif buyuruvchilar soni 35 foizga oshdi.

Biz nostandart Yangi yil kampaniyasini o‘tkazdik va yutqazmadik. Reklama foydalanuvchilarning yodida qoldi, jamoamiz va «Havas» rahbariyati esa natijadan mamnun bo‘ldi.



Ro'yxatga qaytish