New. Yangi mahsulot yoki xizmatlarni joriy qilish
Ermak
Ermak kompaniyasining asosiy shiori insonlar uchun foydali va mazzali bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish. O’zbekistonda issiq kunlar ko’p bo’lganligi sababli qurt mahsulotiga bo’lgan talab yuqori hisoblanadi va chanqoq bosti ichimliklar ko’p istemol qilinadi. Ushbu ikki omilni hisobga olgan holda bizda yangi mahsulot yaratish fikri paydo bo’ldi.
Ko’plab tajribalar o’tkazgan holda yangi turdagi “Qurtoba” nomli mahsulotini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Ushbu mahsulotimiz tarkibi qurt va suvdan iborat. Hammamizga ma’lumki qurut tarkibida A vitamini ko’p bo’lib, ko’rish qobiliyatini yaxshilaydi, odam o’sishiga, hujayralar yangilanishiga va terining yosharishiga yordam beradi. Qurtoba tarkibi kaltsiyga juda boy bo’lib, organizmda moddalar almashinuvini yaxshilaydi va suyak to’qimalarini mustahkamlaydi. Qurtoba tarkibidagi E vitamini qonni kislorod bilan boyitgan holda hujayralarning qarish jarayonini sekinlashtiradi va tomirda qon ivib qolishlari (tromblar) yuzaga kelishining oldini oladi. Qurtoba tarkibida asosiy moddalardan tashqari bifido va laktobakteriyalar mavjudligi bilan ham noyob hisoblanadi. Ushbu mahsulot savdo nuqtalariga tarqatilgandan so’ng uni ommaga ya’nada ko’proq tanitirish maqsadida juda ko’plab reklama ishlari olib borildi. Instagram , Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarda, Toshkendagi avtobuslarga , led monitorlarga va butun O’zbekiston bo’yicha HoReKa , supermarketlarga mavjud monitorlarga ya’ni Tv-linega video roliklarni joylashtirdik.
Natijalar biz kutganimizdan ko’ra ko’proq bo’ldi. Istemolchilar mahsulotimizni juda yaxshi qabul qilishdi. Mahsulotga bo’lgan talab kuchliligidan ishlab chiqarish hajmi 2 barobardan ham oshib ketti. Qurtoba 2022 yil trendiga aylandi desam mubolag’a bo’lmaydi. Blogerlar bilan ham birgalikda hamkorlik ishlarini olib bordik. Ayollar auditoriyasidan mashxur “chechenka” nikli blogerni tanlab olib ular bn kolabratsiya qildik. Ko’rishlar 200 mingdan oshdi. Bundan tashqari erkaklar auditoriyasidan “IWASH” hamda “autotuning_uz” bilan ham hamkorlikda ish olib bordik. Umumiy ko’rishlar hajmi 400 mingdan oshdi.