Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

1319 ISHONCH


  • Nominatsiya:

    Rebranding. Rebrending

  • Brend

    ISHONCH

  • Agentlik

    Depot

Muammo

ISHONCH – uy uchun texnika, elektronika va mahsulotlar sotiladigan do‘konlar tarmog‘i. Yangi hududlarga chiqish bilan birgalikda rebrending rejalashtirilgan. Brendning asl konsepsiyasi, jamoa ma’lum vaqt ularga muvofiq ishlagan aktual tamoyillar va qadriyatlarni aks ettirmayotgan edi; shuningdek, brend uslubi va ma’nolarni rivojlantirish nuqtai nazaridan yetarlicha moslashuvchan emas edi.
Tadqiqotlar o‘tkazish bosqichida biz shunga e’tibor berdikki, O‘zbekistonda, xususan, riteyl sohasida ikkita muhim muammo mavjud: raqobatchilar bir-biriga qarab uslubni osonlik bilan taqlid qiladi – bu bir; ikkinchidan esa, bozor formatidan zamonaviy riteylga asta-sekinlik bilan o‘tish amalga oshirilmagan. Ha, xaridlar qilish uchun yanada qulay joylar paydo bo‘ldi, ammo insoniylik, e’tibor va jonlilik kabi tushunchalar yo‘q bo‘lib ketdi. Biz o‘z oldimizga rebrending o‘tkazishni maqsad qilib qoygan bo‘lib, u, birinchi navbatda, iste’molchilik marshrutida aks etishi va xaridorlarga riteylda o‘zini yanada qulayroq xis etishini ta’minlagan bo‘lardi. Biz ushbu masalani hal qilsak, bizga taqlid qilish qiyinroq bo‘lishini tushundik. Chunki bu shunchaki tashqi o‘zgarishlar emas, balki ichki transformatsiya haqida ham


Yechim

Shunday qilib, Truzbek konsepsiyasi paydo bo‘ldi. Truzbek – bu inson, falsafa, printsip. Bu yangi fikrlash turi – bunda siz hayot yaxshi tarafga o‘zgarishini kutmaysiz, uni o‘zingiz yaratasiz. Sizning qo‘shningiz, bizning ota-onamiz, do‘stlarimiz Truzbek bo‘lishi mumkin - o‘zi va yaqinlarining atrofidagi olamni so‘zlar bilan emas, harakatlar bilan o‘zgartirayotganlar. Ishonch esa brend sifatida, hayot, biznes, ta’lim va shaxsiy rivojlanish uchun zamonaviy hamda qulay mahsulotlarni taqdim etgan holda, bunda yordam beradi. Qo‘shimcha ravishda biz riteylda kommunikatsiyalar tizimini ishlab chiqdik, uning yordamida brend do‘konlarda yanada qulay muhitni yaratadi - xaridorlar bilan muloqot qilish, maslahatlar berish, tavsiyalar bilan o‘rtoqlashish.
Truzbek konsepsiyasi merosni qayta anglash,yangi avlod o‘zbeklarini shakllantirish, shaxsiy qadriyatlar va shaxshiy ta’limni qo‘llab-quvvatlashga asoslangan. Yangi brend-platformani ishlab chiqish, brendning aydentikasini yangilash,ijtimoiy sahifalar va barcha kommunikatsiyalarni yangilash,mahalliy brendlar va jamoalar bilan hamkorlik qilish va eng asosiysi - xaridor uchun, uning hayotini har kuni yaxshilash maqsadida qurilgan, yangi formatdagi do‘konlarni ishga tushirish.


Natija

Loyiha ustida ishlaganlar:
Depot WPF:
Farhod Qo‘chqorov - Strategiya bo‘yicha direktor
Anna Rojnova - Mijozlar bilan ishlash bo‘yicha direktor
Raushan Sultanov - Kreativ direktor
Mariya Lutsenko - Katta strateg
Yekaterina Nosenko - Loyiha rahbari
ISHONCH:
Urmatbek Beyshenaliyev - Marketing bo‘yicha direktor
Zamira Raxmanova - Kreativ direktor
Nurbek Abildayev - Brend menejer
Doniyorbek Soliyev - Art direktor
Alisher Boyqo‘ziyev - Marketing kommunikatsiyalari bo‘yicha menejer
Sardor Qo‘chqorov - Тreyd menejer



Ro'yxatga qaytish