New. Yangi mahsulot yoki xizmatlarni joriy qilish
bi1
Golden minds
2021-yilning oxirida Toshkentda Fransiyaning Schiever korxonalar guruhi (shuningdek, Auchan/Ashanni ham o’z ichiga oluvchi) tarkibiga kiruvchi bi1 chakana savdo tarmog‘ining birinchi do‘koni ochildi.
Tarmoqning eng muhim vazifalaridan biri Oʻzbekistonda unchalik koʻp boʻlmagan shaxsiy savdo belgilari ostida mahsulotlar qatorini ishga tushirish edi. Korxona noldan boshlab turli toifadagi 12 ta brendni ishga tushirishni rejalashtirgan. Bunda har bir brendning mahsulotlari yuqori sifatli va hamyonbop narxlarda bo'lishi kerak edi.
Shaxsiy savdo belgini yaratish uchun bi1 dan Olga Kondratiyevna jalb qilindi – MDH va Yevropada shaxsiy savdo belgisi bo'yicha eng yaxshi mutaxassislaridan biri. Yetkazib beruvchilarni tanlab olish butun mamlakat bo'ylab amalga oshirildi. Shu tarzda 650 ta mahalliy ishlab chiqaruvchilar tekshirildi, har bir mahsulot esa degustatsiya, laboratoriya tadqiqotlari va ishlab chiqarishni tekshirish orqali tekshiruvdan o'tkazildi.
Shaxsiy savdo belgisining har bir qatori uchun brendingni ishlab chiqishda tegishli toifadagi eng yaxshi mahsulotlari bilan mashhur bo'lgan mamlakat bilan bog'liq bo'lgan nom va brendni yaratish g'oyasi paydo bo'ldi. Bir vaqtning o'zida bir nechta brendlar o'zbek nomlarini oldi.
Ishga tushirilgandan so'ng, korxona samaradorlikni kuzatish uchun savdo tahlillari va so'rovlarini faol ravishda o'tkazdi (va hozir ham o'tkazmoqda), do'konlarda savdo marketingi qo'llanildi, oldinga ilgari surishda indoor/outdoor reklama va raqamli kommunikatsiyalardan foydalanildi.
Atigi 3 oy ichida bi1 tarmog'i 12 ta brendni noldan boshlab ishlab chiqdi va bozorga olib chiqdi. Butun O‘zbekiston bo‘ylab 650 dan ortiq ishlab chiqarish obyektlari tahlil qilinib, 1000 ta shaxsiy savdo belgisi pozitsiyalarini ishlab chiqarish sikli ishga tushirildi. 12 ta brend kitob va 1000 ta qadoq dizaynlari yaratildi.
Bosmaxonalar, mahsulotlarni qadoqlovchi va yetkazib beruvchilar bilan tegishli jarayonlar o’rnatildi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar ham muntazam ravishda qo'llab-quvvatlanadi: shaxsiy savdo belgilari bilan ishlash bo’yicha o’qitish, mahsulotlarni yangi sifat standartlariga olib kelish
bi1 o'zining shaxsiy savdo belgisiga ega mahsulotlarini eksport qilishni (Tojikistonga) yo'lga qo'ygan birinchi tarmoq bo'ldi.