Celebrities. Mashhur shaxslar ishtirokidagi reklama kampaniyasi
Hyundai
Brend haqidagi xabardorlikni va mijozlar sodiqligini oshirish. Yangilangan modellar qatori bilan tanishtirish. 2021-2022 yillar avtomobillar qatoridagi yangiliklarga boy bo'ldi. Taqdim etilgan deyarli barcha modellar feyslift yoki to'liq restaylingdan o'tgan. Biz Hyundai innovatsion avtomobillarining yangi imkoniyatlari haqidagi ma'lumotlarni iloji boricha batafsilroq, yorqinroq va qiziqarliroq ko'rinishda taqdim etish vazifasiga duch keldik.
Odamlar odamlarga ishonadi. Taassurotlar, his-tuyg'ular, so'zlarga ishonadi. Maqolalar, raqamlar, roliklar va bannerlarga emas. Sotsiologik va marketing tadqiqotlari shuni ko'rsatmoqdaki, iste'molchi to'g'ridan-to'g'ri reklamadan ko'ra fikrlarga ko'proq ishonch bildiradi.
Biz aholi tomonidan obyektivligiga ishonch bildirilgan taniqli blogerlar va inflyuenserlarni taklif etdik va ulardan Hyundai avtomobillari haqida gapirib berishlarini iltimos qildik.
E'tiborli jihati, ularning hikoyalari reliz, prays va qisqa vaqt ichida ko'zdan kechirishga asoslanmasligi, ishtirokchilar o'zlarining haqiqiy va jonli taassurotlari bilan o'rtoqlashishlari, avtomobillarni turli yo'l sharoitlarda sinab ko'rishlari va barcha imkoniyatlaridan foydalanib ko'rishlari lozim edi. Shu uchun avtomobillarni uzoq muddat davomida sinovdan o'tkazish uchun taqdim etdik.
Malik Karimov, Feruzxon Yoqubxo'jaev, Nikita Makarenko, Alisher Ismoilov, Saydulla Abdullayev va yana ko'plab ajoyib insonlarga fikr-mulohazalari, biz uchun ajratgan vaqti va ishonchi uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Ushbu hamkorlik natijasida turli hil sharhlar tayyorlandi, tomoshabinlar soni tayyorlangan roliklarning keng qamrovidan dalolat beradi. Natijada, avtomobil ixlosmandlari va Hyundai avtomobillarining potensial egalari o'rtasida brendning taniqliligi va mashhurligi ortdi. Hozirda Janubiy Koreya brendining 12 mingdan ziyod avtomobillari zamonaviy dizayni, innovatsion texnologiyalari va ishonchliligi bilan o‘zbekistonlik egalarini quvontirmoqda.