Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

2218 Avtobus chiptasi zoʻravonlikka qarshi


  • Nominatsiya:

    Social. Ijtimoiy ahamiyatga ega vazifalarni hal qilish

  • Brend

    Toshshahartransxizmat

  • Agentlik

    605 Agency

Muammo

O‘zbekistonda jamoat transportida jinsiy zo‘ravonlik haqida hech kim gapirmaydi. Yo'lovchilarning 60% frotterizmni* boshdan kechirgan yoki vaziyat guvohi bo'lgan. Hattoki, jabrlanuvchilar bu haqda ko'p yillar davomida ota-onalariga ham gapira olmaydilar. So'rovnomada qatnashganlarning 50 foizi bunday vaziyatlarda nima qilish kerakligini bilmaydi.

"Toshshahartransxizmat" ushbu muammo haqida aholi orasida xabardorlikni oshirish maqsadida aksiya o‘tkazishga qaror qildi. Lekin avtobuslar ichidagi an’anaviy bannerlarga hech kim e’tibor bermayapti. Chunki ular yo‘lovchining boshi ustida joylashgan.


Yechim

Odamlar aniq qayerga qarashadi? AVTOBUS CHIPTASIGA. Chunki u yerda chiroyli raqam tushib qolishi mumkin. Va biz tarixda birinchi marta avtobus chiptasiga messej joylashtirishga qaror qildik.


Natija

Xabar 4,5 milliondan ortiq marta ko'rildi. Yoʻlovchilarga 80 mln. tadan ortiq bilet tarqatildi.

Lekin eng muhimi, jabrlanuvchilar muammo haqida xabar bera boshladilar.
——
*frotterizm — bu jinsiy a'zolarni boshqa odamga uning roziligisiz teginish yoki ishqalash harakati.



Ro'yxatga qaytish