Branding. Brending
Kawai school
Division
«Kawai» — O‘zbekistondagi SMM mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha yangi ta’lim markazi. Loyihaning maqsadli auditoriyasi — talabalar va blogerlikni boshlayotganlar. Maktabning o‘ziga xos xususiyati uning professionallikka asoslanishidadir. Maktab asoschilari ko‘p yillardan buyon ta’lim darajasi va uslublari, shuningdek, doimiy texnologik taraqqiyoti bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lib kelayotgan davlat — Yaponiyadan ilhomlangan. «Kawai» nomi yapon samurayi ismiga ishora qiladi va yoshlarga xos «Cute» atamasi bilan jarangdosh.
Kreativ jamoa oldida maktabning vizual qiyofasini shakllantirish va o‘z nomi ostida quyidagilar uchun yorqin dinamik o‘ziga xoslikni rivojlantirish vazifasi turar edi:
– sayt;
– ijtimoiy tarmoqlar;
– kompaniya hujjatlari;
– reklama posterlari;
– merch.
Brend vizualizatsiyasini ishlab chiqishda biz ikki manbadan ilhom oldik:
1. Yapon madaniyatining ko‘pqirraligi. Zamonaviy Yaponiyadagi dunyoqarashga «Bushido» — maqsadlarga erishishda qat’iyatlilik va hayotning har bir soniyasini qadrlay olish tamoyillari ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, «kawaii» estetikasi — yapon jamiyatining barcha sohalarini qamrab olgan beg‘uborlik va bolalarcha xulq-atvor tushunchasi ham.
2. Maqsadli auditoriyaning qiziqishlari. Ta’lim markazining asosiy o‘quvchilari faol va ilg‘or yoshlar bo‘lganligi sababli, zamonaviy yapon madaniyati ular uchun nafaqat tanish, balki juda yaqin hisoblanadi.
Biz Zumer avlodining sevimli dijital mashg‘ulotlari kabi tez o‘zgaruvchan va rivojlanayotgan yorqin qiyofani shakllantirishga qaror qildik. Aynan shuning uchun loyihada kelajak va texnologiyalar estetikasi, shuningdek, neon-yorqin va «changli» ranglardan foydalanilgan, ularning uyg‘unligi birinchi navbatda yosh auditoriyaga ma’qul bo‘ladi.
Biz maqsadli auditoriyani hisobga olgan holda, yapon madaniyatiga tayanib ta’lim markazi nomiga mos keladigan esda qolarli qiyofani ishlab chiqdik. Mahalliy auditoriyaga tanish bo‘lgan elementlarni saqlab qolgan holda vizualizatsiyaga sharqona naqshlarni kiritishga muvaffaq bo‘ldik.
«Kawai» maktabi 2022-yil avgust oyidan boshlab ta’lim kursini yo‘lga qo‘ydi.
5–15-avgust kunlari o‘tkazilgan reklama kampaniyasi natijalari:
Kursning yo‘lga qo‘yilgan sotuvi saytda yuqori konversiyaga ega — 65,64% (saytga tashrif buyuruvchilarning 3 tadan 2 tasi so‘rov qoldirmoqda). Shu bilan birga, saytning unikal tashrif buyuruvchilari 2675 kishini tashkil qiladi. Yana bir e’tiborga loyiq ko‘rsatkich — har bir lid narxi $0,14 ni tashkil qildi (lidlar — 1810 kishi). Ochiq darsning telegramdagi translyatsiyasida 381 kishi (jami 1106 kishi) ishtirok etdi.