Veb-Forum

Veb-Forum (internet) — foydalanuvchilar tomonidan muayyan axborot almashinuvi va izlanishi maqsadida tashkil etilgan tematik onlayn-maydoncha.

Vijet

Vijet — kompyuter Ish stoliga, saytga yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifaga joylashtirilishi mumkin bo‘lgan ixcham ilova bo‘lib, foydalanuvchiga foydali funksional yoki qiziqarli axborot taklif etadi.

Virallik

Virallik — kontentning uning muallifi tomondan sa’y-harakatlarsiz – boshqa foydalanuvchilarning o‘zlari u bilan jon-jon deb o‘rtoqlashishlari tufayli keng tarqalish qobiliyati. Sodda qilib aytganda, bu matn/klip/mem/reklamaning “sarafanli radio” orqali tarqala olishi.

Virtual qahramon \inflyuenser

Virtual qahramon\inflyuenser — kompyuter grafikasi orqali yaratilgan, muayyan hayotiy tajribaga ega va ijtimoiy tarmoqlarda faol hayot yurituvchi personaj.

Virusli marketing

Virusli marketing – foydalanuvchidan foydalanuvchiga axborotni tarqatishga asoslangan internet-reklama turi. Virusli marketingning muhim jihati foydalanuvchilarning o‘zlari do‘stlari bilan baham ko‘rishni istaydigan kontentni yaratishdir.  

Virusli reklama

Virusli reklama – fitnakor mazmunga ega (ko‘pincha multimediaviy), shu sababli foydalanuvchilarning o‘zi tarmoqda tarqatadigan (o‘z bloglarida, do‘stlari bilan baham ko‘radigan) kontent yaratishni ko‘zda tutadi.

Vizual kontent

Vizual kontent — internetda matn bilan birga keluvchi barcha vizual axborot: fotosuratlar, rasmlar, chizmalar, videoroliklar, grafik dizayn, logotiplar va boshqalar.  

VK

VK — Rossiyadagi eng yirik va ommaviy ijtimoiy tarmoq. Ijtimoiy tarmoq o‘zi haqidagi axborotga ega profilni yaratish, fotosuratlar, audio va videoyozuvlar yuklash, qiziqishlarga ko‘ra hamjamiyatlar yaratish imkonini beradi, shuningdek messenjerni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, VK mini-ilovalar va servislar, masalan taom yetkazish, taksi buyurtirish, e’lonlar, pul jo‘natmalari, musiqa, o‘yinlar va translyasiya yordamida kundalik vazifalarni hal qilish uchun platforma sifatida o‘zini namoyon qiladi. VK 170 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega.

Vorkshop

Vorkshop – work – ish va shop - ustaxona. O‘quvchilar spikerni tinglabgina qolmay, olingan ko‘nikmalarni mustahkamlash uchun amaliy vazifalarni ham bajaradigan guruhdagi o‘quv tadbiri.