Oʻzbekiston Marketing Assotsiatsiyasi ekspertlari

Marketing uyushmasi ekspertlari

O'zbekiston marketing uyushmasi ekspertlari – marketingda salmoqli yutuqlarga ega, mashhur brendlar rahbarlari va marketologlari, jumladan muntazam asosda chiqishlar yoki Uyushmaning o'quv dasturlaridagi yoki Uyushmaning hamkorlik o'quv dasturlaridagi mahorat saboqlari orqali marketing sohasidagi o'z amaliy tajribalari va bilimlari bilan o'rtoqlashadilar.

Ekspert unvoni bir marta beriladi va muddatsiz sanaladi.

Ekspertlar Uyushmaning maxsus diplomlari yoki taqdirlash belgilari bilan taqdirlanadilar. Ekspert unvoni bilan taqdirlash Uyushma Boshqaruvida ovoz berish yakunlariga ko'ra, oddiy ko'pchilik ovoz bilan amalga oshiriladi.

Ekspert unvoniga nomzod Uyushma eksperti, Boshqaruv, Uyushma Boshqaruvi raisi tomonidan, shuningdek hamkorlik ta'limiy dasturlari yoki Uyushmaning o'quv dasturlari taqdimiga ko'ra, nomzodning ushbu dasturda qatnashishi fakti bo'yicha tavsiya etilishi mumkin.

Ekspertlar to'g'risidagi axborot marketing.uz saytida va Uyushma axborot resurslarida joylashtiriladi.