“O‘zbekiston marketing uyushmasi” nodavlat, notijorat tashkiloti – marketing va uning vositalari yordamida biznesni rivojlantiruvchilarni birlashtiruvchi Markaziy Osiyodagi eng yirik hamjamiyat

Uyushma 2016-yil dekabrda Toshkentda tashkil etilgan. Uyushma a’zolarini yuridik shaxslar tashkil etadi. Tadbirkorlar va marketing bo‘yicha mutaxassislar uyushma eksperti maqomini olishlari mumkin. 2025-yilda uyushma hamkorlari O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Belarusning 200 dan ziyod kompaniyasi va marketing sohasining 100 dan ortiq ekspertidan iborat bo‘ldi.

Uyushma tuzilmasida 7 ta qo‘mita ishlaydi. Qo‘mitalar raislari Boshqaruvni tashkil qiladi. Uyushmaga Boshqaruv raisi rahbarlik qiladi.

Uyushma missiyasi – marketing yordamida biznesni rivojlantirish.

Uyushma vazifalari – marketing rivojlanishidan manfaatdor brendlar, agentliklar va ekspertlarni birlashtirish, prorfessional manfaatlar himoyasi, kasbiy me’yorlarni ishlab chiqish va takomillashtirish, marketologlar malakasini oshirish, marketing sohasida xalqaro hamkorlik.

Assotsiatsiya haqida

Hamkorlik imkoniyatlari

Uyushmada hamkorlikning uch maqomi mavjud: hamkor, imtiyozli hamkor va premium hamkor.

Maqomidan qat’i nazar, O‘zbekiston marketing uyushmasi (O‘MU) bilan hamkorlik kompaniyalarga bir qator strategik, imij va amaliy afzalliklar beradi:

1. Amaliy aloqalar kengayishi va netvorking

  • Professional hamjamiyat oldida o‘zini va kompaniyasini namoyon etish imkoniyati;
  • Hamkorlar, mijozlar, pudratchilar va investorlar topish imkoniyati;
  • Qo‘shma loyihalar, konferensiyalar va forumlarda foydali shartlarda qatnashish.

2. Taniqlilik va obro‘ning oshishi

  • Uyushma hamkori maqomi – bu ishonch va professionalizm belgisi;
  • O‘MU tadbirlari, nashrlari, tadqiqotlari va media-resurslari orqali brendni ilgarilatish imkoniyati;
  • Foydali shartlarda reytinglarda, reestrlarda va tanlovlarda qatnashish.

3. Bilimlardan foydalanish va professional rivojlanish imkoniyati

  • O‘quv dasturlarida, mahorat saboqlarida, tadqiqotlar va bozor tahlilida qatnashish;
  • O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning yetakchi mutaxassislari bilan tajriba almashinuvi;
  • Marketing tendensiyalari va iste’molchilar xatti-harakatlari to‘g‘risidagi dolzarb axborotdan foydalanish imkoniyati.

4. Birgalikda ilgarilatish va ijtimoiy missiya

  • Tarmoq rivojiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati – ishchi guruhlarda, standartlarda va qonunchilik tashabbuslarida qatnashish;
  • Kompaniyaning bozorning mas’ul qatnashchisi sifatidagi imijini mustahkamlovchi qo‘shma ijtimoiy va ta’limiy loyihalar.

Qisqacha aytganda:

O‘zbekiston marketing uyushmasi bilan hamkorlik kompaniyalarga brendni mustahkamlash, tarmoqdagi aloqalarni rivojlantirish, bilimlar olish va mamlakat marketing bozorining rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatishda ko‘maklashadi.

Assotsiatsiya bilan hamkorlik
Assotsiatsiya hamkorlari