4C

4C – isteʼmolchiga yoʻnaltirilgan marketing nazariyasi toʻrtta oʻzgaruvchidan iborat: Mijoz ehtiyojlari va istaklari; Mijoz uchun xarajatlar – isteʼmol xarajatlari, jumladan, sotib olish narxi, isteʼmol narxi va yoʻq qilish narxi; Qulaylik – qulaylik, kirish imkoniyati, qoʻshimcha qiymat; Aloqa – axborot almashinuvi, xaridor va sotuvchi, ishlab chiqaruvchi va isteʼmolchi oʻrtasidagi barcha aloqa doirasi.

4P

4P (Marketing miks) - bu marketingni rejalashtirishning to'rtta asosiy "koordinatalari"ga asoslangan marketing nazariyasi:

  • Mahsulot — tovarlar yoki xizmatlar, mahsulot assortimenti, sifati, mahsulot xususiyatlari, dizayni va ergonomikasi;
  • Narx — narx, qo'shimcha to'lovlar, chegirmalar;
  • Rag'batlantirish — reklama, reklama, savdoni rag'batlantirish;
  • Joy — tarqatish, chakana savdo joylashuvi, tarqatish kanallari, savdo xodimlari.

A/B sinovlari

A/B testi eng samarali variantni aniqlash uchun xabarning ikkita versiyasini yuborishdir.

AARRR

AARRR - bu konversiya voronkasiga asoslangan marketing va mahsulot tizimi. U marketing va mahsulot jarayonlarini optimallashtirish orqali mahsulot o'sishini boshqarish va foydalanuvchi tajribasini yaxshilashga yordam beradi: Sotib olish; Faollashtirish; Saqlab qolish; Yo'naltirish; Daromad.

Above the Fold

Above the Fold – veb-sayt ochilganda ekranda birinchi bo‘lib namoyon bo‘luvchi qism. Shuningdek, bu brauzer darchasi chegarasidan pastdagi ekran qismi yoki sahifa yuqoridasidan 600 pikselli hudud bo‘ilishi ham mumkin.

AI

AI (artificial intelligence yoki sun'iy intellekt) – ongli insoniy xatti-harakatning kompyuterdagi simulyasiyasi.

AIDA

AIDA – xarid yo‘lida foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqalar modeli. AIDA freymvorki tashrif buyuruvchilar bilan kommunikatsiyani ularning xaridga tayyorligiga qarab muayyan bosqichlarga bo‘ladi. A — attention (e’tibor); I — interest (qiziqish); D — desire (istak); A — action (harakat).

Akkaunt

Akkaunt — muayyan tizimdagi ro‘yxatga olish yozuvi. Masalan, Yandeks.Direkt yoki Google Analytics’dagi akkaunt. 

Alerting

Alerting (alarm, ogohlantirish) – axborot maydonidagi muhim voqealar, shuningdek kompaniya/brend uchun yuzaga kelgan obro‘ga oid tahdidlar. Pochta yoki messenjerga yuboriladi.

Algoritm

Algoritm – foydalanuvchilarga eng dolzarb postlarni ko‘rsatish uchun ijtimoiy tarmoqlar qo‘llaydigan ichki saralash jarayoni.

Analitika

Analitika – trendlarni aniqlashda yordam beruvchi ma’lumotlarning muntazam jamlanishi va interpretatsiyasi. Ma’lumotlar vositalar orqali yoki turli marketing platformalarda qo‘lda yig‘ilishi mumkin.

ARPU

ARPU - muayyan tizimdagi ro‘yxatga olish yozuvi. Masalan, Yandeks.Direkt yoki Google Analytics’dagi akkaunt

ATL

ATL - axborot maydonidagi muhim voqealar, shuningdek kompaniya/brend uchun yuzaga kelgan obro‘ga oid tahdidlar. Pochta yoki messenjerga yuboriladi.

Atributsiya

Atributsiya (kodlash) – nashrlar bazasining tahlili uchun mezonlar/parametrlarni aniqlash va bu parametrlarning jami nashrlardan har biri uchun qiymatini belgilash jarayoni. Kodlanuvchi parametrlarning eng keng tarqalganlari sirasiga ohang, e’tibor qaratilganlik, spikerlar FIO/lavozimi kiradi.  

Avatar

Avatar — foydalanuvchi (inson yoki kompaniya)ni ijtimoiy mediada taqdim etuvchi grafik tasvir. 

Axborot mahsuloti

Axborot mahsuloti - bu mahsulot muallifining bilim va tajribasini yetkazish uchun mo'ljallangan tuzilgan ma'lumot.

Axborot sababi

Axborot sababi – turli kommunikatsiya kanallarida muhokama predmetiga aylanadigan voqea.  

Axborot so‘rovlari

Axborot so‘rovlari – pirovard maqsadi internetdan axborotni iste’mol qilish bo‘lgan so‘rovlar. Axborot so‘rovi foydalanuvchining internetda o‘zini qiziqtirgan axborotni topish istagini nazarda tutadi va muayyan bir saytni ko‘zda tutmaydi. 

Axborot-tahliliy tizim

Axborot-tahliliy tizim – axborotni muayyan mezonlar bo‘yicha yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot. 

Aylantirish

Aylantirish – ijtimoiy tarmoqlarda miqdoriy ko‘rsatkichlarni sun’iy oshirish jarayoni. 

B2B

B2B - foydalanuvchilarga eng dolzarb postlarni ko‘rsatish uchun ijtimoiy tarmoqlar qo‘llaydigan ichki saralash jarayoni.

B2C

B2C – trendlarni aniqlashda yordam beruvchi ma’lumotlarning muntazam jamlanishi va interpretatsiyasi. Ma’lumotlar vositalar orqali yoki turli marketing platformalarda qo‘lda yig‘ilishi mumkin.

Ban

Ban — foydalanuvchilarning internetdagi harakatlariga munosabat usuli bo‘lib, u kontent joylashtirish va undan foydalanishdagi, shuningdek muayyan maydonchada boshqa foydalanuvchilar bilan o‘zaro munosabatlardagi qator imkoniyatlardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iboratdir.

Bannerli reklama

Bannerli reklama – muayyan muddatda belgilangan narxga sifatli tashrif buyuruvchilarni jalb qilish uchun Internetda maqsadli resurslarga bannerlar joylashtirish. Har bir banner noyob reklama xabari sanaladi, u statik tasvir yoki animatsiya ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Unga bosilganda reklama beruvchining saytiga o‘tiladi.

Big Data

Big Data – trendlarni aniqlash uchun faqat kompyuter tahlil qila oladigan katta ma’lumotlar hajmlari.

Blog

Blog — muallif-foydalanuvchining yozuvlari (postlari)ni xronologik tartibda joylashtirish mumkin bo‘lgan har qanday saytning umumiy nomi. Qoidaga ko‘ra, o‘quvchilarga o‘qishga ochiq sharhlar qoldirish tavsiya etiladi. Bloglardagi matn, tasvir, video yoki boshqa kontentli postlar, qoidaga ko‘ra, norasmiy xarakterga ega. 

Blogerizatsiya

Blogerizatsiya — kompaniya xodimlarining shaxsiy brendga aylanishlari barobarida onlayn-maydonchalarda brend ambassadorlari va advokatlari sifatida shakllanishlari.  

Boshqariladigan kontent

Boshqariladigan kontent (Curated Content) – brend platformalarida chop etilgan, tarmoqdan olingan kontent.

Bot

Bot (feyk akkaunt) — insonni imitatsiyalovchi sun’iy yaratilgan profil. Komyuniti-menejmentni rivojlantirish yoki ijtimoiy tarmoqlarda brend obro‘sini boshqarish maqsadida yaratiladi. Ba’zida bu dasturlangan vazifalarni avtomatik bajaruvchi kompyuter dasturi bo‘ladi. 

Bozor segmenti

Bozor segmenti – o‘xshash xarakteristikalar asosida sizning maqsadli auditoriyangiz o‘rtoqlashadigan guruhlar.

Brend adepti

Brend adepti – o‘z tashabbusi bilan brendni ommalashtiruvchi sadoqatli iste’molchilar. Adeptlar, qoidaga ko‘ra, ekspert bo‘lmaydilar, ammo brend advokatlari sifatida jon deb qatnashadilar.

Brend advokati

Brend advokati – odatda brend bilan affillanmagan, internet foydalanuvchilarining muloqot joylarida, ijtimoiy tarmoqlarda, bloglar, hamjamiyatlar va forumlarda kompaniya manfaatlari yo‘lida qatnashuvchi inson. 

Brend haqida eslatib o'tish

Brend, mahsulot yoki shaxsning ijtimoiy tarmoqlarda, nashrlarda yoki bloglarda tilga olinishi. Bu kompaniyalarga o'z brendlari haqida xabardorlik darajasini baholashga yordam beradigan axborot metrikasidir.

Brend menejeri

Brend menejeri - bu uzoq muddatli va qisqa muddatli brendni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, yangi mahsulotlar/sub-brendlarni ishga tushirish bilan shug'ullanadigan mutaxassis. Ular turli xil brendni targ'ib qilish loyihalarini amalga oshiradilar; dizayn, iste'molchi xususiyatlari va narx pozitsiyasiga qo'yiladigan talablarni rasmiylashtiradilar; savdo hajmini prognoz qiladilar, foyda va marjalarni hisoblaydilar; maqsadli bozorlarni tahlil qiladilar; reklama kampaniyalarini muvofiqlashtiradilar, media-rejalarni ishlab chiqadilar va dizayn yaratishda ishtirok etadilar; nomlash va boshqalar uchun javobgardirlar.

Brend o‘ziga xosligi

Brend o‘ziga xosligi (Brand Identity) – brendingizni onlayn va oflayn formatda o‘ziga xosligini ta’minlovchi xarakteristikalar va shaxsiy xususiyatlar. Bu auditoriyangizga taklif etiladigan yo‘llov va estetikadir.

Brend yuzi

Brend yuzi – o‘z imijini birlashtiruvchi va brendni reklama qiluvchi brend vakili. Ambassadordan farqli o‘laroq, brend yuzi o‘zi ilgarilatadigan tovar yoki xizmatlardan shaxsan foydalanishi shart emas.

Brendli kontent

Brendli kontent – brend tomonidan tuzilgan, tashqi resursda chop etiladigan kontent.

Brendli so‘rovlar

Brendli so‘rovlar – kompaniya, brend, savdo belgisi yoki sayt nomi (domen) bilan izlash so‘rovlari. 

BTL

BTL (below the line — chiziq ostida) — bu mijoz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontaktga qaratilgan, media-kanallardan foydalanilmagan reklama.

CAC

CAC (customer acquisition cost) kompaniya bir mijozni jalb qilish uchun qancha mablag‘ sarflashini ko‘rsatadi. Kompaniya xarajatlari / jalb qilingan mijozlar soni.

Chat

Chat (chat) – “onlayn” rejimida kompyuter tarmog‘i bo‘ylab xabarlar almashish vositasi, shuningdek shunday xabarlarni yaratish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot. Bunday yozishmalarning asosiy xususiyati real vaqtda muloqot qilishdir.

Chat-bot

Chat-bot (chatbot) — virtual yordamchi-suhbatdosh sifatida ko‘rinuvchi dastur-algoritm. U bilan yozma ravishda yoki ovoz orqali muloqot qilsa bo‘ladi. Dastur messenjerlarga, ijtimoiy tarmoqlarga, mobil ilovalarga, saytlardagi onlayn-chatlarga – foydalanuvchi yordam kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan har yerda o‘rnatiladi.

CPA

CPA (Cost Per Action) — maqsadli harakat qiymati: kerakli tugmaning bosilishi, shakl to‘ldirilishi, xarid amalga oshirilishi, sayt sahifasiga kirish, rolik ko‘rilishi, prays-list ko‘rilishi, ro‘yxatdan o‘tish, shakl to‘ldirilishi, telefon raqami kiritilishi va sh.k.

CPC

CPC (Cost Per Click) — tugma bosilishi qiymati.

CPI

CPI (Cost Per Install) — ilova o‘rnatilishi qiymati.

CPL

CPL (Cost Per Lead) — lid qiymati.

CPM

CPM (Cost Per Mille) — e’lonning ming marta ko‘rsatilishi qiymati.

CPO

CPO (Cost per order) – bu buyurtma rasmiylashtirilishi qiymatidir. Reklamaga xarajatlar / lidlar soni.

CPS

CPS (Cost Per Sale) — sotuv qiymati. Bu internetdagi reklama uchun to‘lov modeli bo‘lib, unda mablag‘lar faqat to‘liq yakunlangan sotuv uchun yechib olinadi.

CRM

CRM (customer relationship management) – mijozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslangan, mijozlar bilan munosabatlar boshqaruvi. Siz ma’lumotlarni to‘playsiz, o‘z auditoriyangizni segmentlaysiz va har bir segment uchun shaxsiylashtirilgan o‘zaro munosabatlar ssenariysini qurasiz.

CRO

CRO (konversiya ko‘rsatkichlari optimizatsiyasi) – saytingizga tashrif buyurgan va keyin konvertatsiyalanadigan mijozlar foizini oshirishga qaratilgan taktika.

CTR

CTR (click-through rate – tugma bosilishi koeffitsienti) – reklamani ko‘rganlar ichidagi u orqali o‘tgan foydalanuvchilar foizi. (tugma bosilishi soni / ko‘rsatishlar soni) * 100.

Customer Journey Map

Customer Journey Map – mijozlar kompaniya bilan eng birinchi kontakt lahzasidan to sadoqatli xaridorga aylanishiga qadar qanday yo‘l bosib o‘tishi haqidagi ma’lumotlarni yoritish va ulardan foydalanish konsepsiyasi. 

Digital PR

Digital PR (Digital public relations) — maqsadi brendning Internetdagi faoliyatini kengaytirish bo‘lgan onlayn strategiya. Uning yo‘nalganligi blogerlar, celebrities bilan o‘zaro hamkorlikdan, onlayn-media uchun turli materiallar yaratishda – ijtimoiy tarmoqlarda imkon qadar ko‘proq sifatli tilga olishlarni, shuningdek izlash optimizatsiyasi (SEO)ni yaxshilashda aks etadi.

Dinamik kontent

Dinamik kontent (Dynamic Content) – foydalanuvchining harakatlariga qarab avtomatik o‘zgaradigan kontent.

Doimiy yashil kontent

Doimiy yashil kontent – izlashga optimizatsiyalangan kontent, u doim dolzarb bo‘li, uzoq vaqt davomida o‘quvchilar uchun yangi bo‘lib turadi. 

Domen obro‘liligi

Domen obro‘liligi (Domain Authority) – butun sayt darajalanishining muvaffaqiyatini belgilovchi izlash servislari metrikasi.

Dzen

Dzen — kontent (matn, foto va video)ni yaratish va ko‘rish uchun blog-plaftorma. “Yandeks” kompaniyasi tomonidan yaratilgan, 2022-yil aprelda VKga sotilgan. “Dzen” foydalanuvchining qiziqishlari, kirilgan sahifalar, izlash, ko‘rsatilgan afzalliklar asosida postlar tasmasini yaratadi. Mualliflar monetizatsiyasi kuniga ko‘rishlarning muayyan soniga erishilishiga bog‘liq. Oyiga 21 mln.dan ziyod foydalanuvchi.

Email marketing

Email marketing (email marketing) – bu mahsulotlar yoki servislarning email-tarqatmalar orqali ilgarilatish usulidir. Email-marketing digital-medianing asosiy vositasi bo‘lib, mijozlarni jalb qilish va ushlab qolishgagina emas, balki brendga sadoqatni oshirishga ham qodirdir.

Facebook

Facebook — dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq, hozirda Meta kompaniyasi tasarrufida. Tarmoqqa Mark Sukerberg asos solgan. Facebook fotosuratli va shaxsiy axborotga ega profil ochish, xabarlar almashish, fotosuratlar va videoyozuvlar yuklash, qiziqishlarga ko‘ra hamjamiyatlar tuzish, brendlar sahifalarini yuritish imkonini beradi. Qariyb 2 milliard faol foydalanuvchiga ega. 

Fidbek

Fidbek (feedback) — biror-bir harakat, voqea, axborotga javoban munosabat, inson yoki guruh mulohazasi.

Fikrlar yetakchisi

Fikrlar yetakchisi (opinion leader) — yuksak ijtimoiy maqomga ega va axborotdan keng foydalana oluvchi va bu unga jamiyat fikriga ta’sir ko‘rsata olish imkonini beradigan inson.

Foydalanuvchi

Foydalanuvchi (user) — biror-bir kompyuter tizimi, qurilma, sayt, dastur foydalanuvchisi. 

Foydalanuvchi kontenti

Foydalanuvchi kontenti (UGC) — foydalanuvchi yaratgan kontent. 

Gayd

Gayd (Guide) – qo‘llanma. Oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish imkonini beruvchi harakatlar algoritmi.

Geotargeting

Geotargeting (Geo-Targeting) – kontentni mijoz joylashuvi asosida targetlash.

Geymifikatsiya

Geymifikatsiya – auditoriyani jalb qilish va vazifalarni hal qilish uchun o‘yinli tafakkur va o‘yinlar dinamikasini ishlatish jarayoni, ko‘pincha u ijtimoiy tarmoqlar, onlayn-portallar va promo-saytlardagi ilgarilatishda qo‘llaniladi. 

Google Ads

Google Ads — Google kompaniyasidan kontekstli reklama servisi bo‘lib, samarali reklama xabarlarini yaratish uchun qulay interfeys va ko‘plab vositalarni taqdim etadi.

Google Analytics

Google Analytics — Google tomonidan veb-saytlarga tashrif buyuruvchilarning batafsil statistikasini yaratish uchun taqdim etiladigan bepul servis.

HADI-sikl

HADI-sikl — bu muayyan harakat u yoki bu biznes-loyiha ko‘rsatkichiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqidagi gipotezani tekshirish imkonini beruvchi algoritm: Hypothesis — gipotezaning shakllanishi; Action — tekshirish; Data — natijaga erishish; Insights — xulosalar.

Hamkorlik marketingi

Hamkorlik marketingi (Affiliate Marketing) – ikki kompaniya o‘rtasidagi kelishuv bo‘lib, uning doirasida kompaniyalardan biri muayyan komissiya evaziga kontent yoki mahsulotni ilgarilatadi.

Harakatga chorlov

Harakatga chorlov (call to action) – brend kommunikatsiyasidagi, foydalanuvchini maqsadli harakatni amalga oshirishga – obun bo‘lish, sotib olish, buyurtmani rasmiylashtirish, qo‘ng‘iroq qilish, layk bosish yoki repost qilishga undovchi usul.  

Hard Bounce

Hard Bounce – ko‘rsatilgan email-manzil mavjud bo‘lmagani (yoki oluvchi sizni bloklagani) sababli jo‘natuvchiga qaytarilgan elektron xabar.

Hayotiy sikl bosqichi

Hayotiy sikl bosqichi (Lifecycle Stages) – taklifingizni izlashda va ko‘rib chiqishda, shuningdek xarid paytida va undan keyin maqsadli auditoriyangiz boshidan o‘tkazadigan bosqichlar.

Hozirjavob dizayn

Hozirjavob dizayn (Responsive Design) – veb-dizayn turi, unda sayt kontenti avtomatik ravishda foydalanuvchi ishlatayotgan qurilmaga moslashadi.

Ijtimoiy graf

Ijtimoiy graf — ijtimoiy tarmoqlarning asosiy aktivi. Grafning bog‘lamalari ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilar akkauntlari, qovurg‘alari esa – ular o‘rtasidagi aloqa. Grafda post mashhurligi kaskadini yoki axborot kaskadini kuzatish mumkin. U bog‘lamalar o‘zlariga bog‘langan bog‘lamalarni muayyan ehtimollik bilan faollashtirishidir.

Ijtimoiy ma’qullash

Ijtimoiy ma’qullash (Social Proof) – ijtimoiy va psixologik fenomen, unga ko‘ra, ko‘pchilik foydalangani yoki ko‘plab foydalanuvchilarga yoqqani uchun foydalanuvchilar mahsulot yoki kontentga ishonch bildiradilar (bunda ular layklar, repostlar va obunalarga, mulohazalarga tayanadilar).

Ijtimoiy media kampaniyasi

Ijtimoiy media kampaniyasi - bu foydalanuvchilarni harakat qilishga undaydigan bitta xabarga asoslangan bir qator postlar.

Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlar – foydalanuvchilarning muloqoti uchun mo‘ljallangan va o‘z fikrini ifodalash, ko‘ngil ochish hamda axborot olishning kompleks imkoniyatlarini taqdim etuvchi internet-resurslar. Ijtimoiy tarmoqlarning asosiy xususiyati anonimlikdan qochishga intilishdir. Ijtimoiy tarmoqlarga misollar: Facebook, Instagram, Vkontakte, Odnoklassniki. 

Ijtimoiy tarmoqlardagi sotuvlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sotuvlar (Social Selling) — ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar bilan kommunikatsiya tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali sotuvlarni rag‘batlantirish (jumladan, qiziqtirgan savollarga javob berish, xaridorga tegishli kontentni taklif etish va keyin uni tovar yoki xizmatlar xaridigacha olib borish). 

Ijtimoiy tugmalar

Ijtimoiy tugmalar – saytga tashrif buyurganlarga ushbu tarmoqdagi o‘zlariga yoqqan materialni chop etish imkonini beruvchi u yoki bu tarmoq logotipili suratchalar. 

Ilgarilatish

Ilgarilatish (Brandformance) – imijli maqom egallash (branding)ni tovarni jalb qiluvchi kommunikatsiya (performance) bilan uyg‘unlashtiruvchi reklama yo‘nalishi. Bugungi kunda ushbu yondashuv kompaniyaning sezilarli o‘sishi va sotuvlar ortishi imkonini bermoqda.

Inbound-marketing

Inbound-marketing – marketing strategiyasi bo‘lib, uning doirasida mijozlar sayohatning har bir bosqichida foydali va axborotli kontent yordamida jalb qilinadilar.

Inflyuenser

Inflyuenser (Influencer) – sizning potensial mijozlaringiz obuna bo‘lgan, sizga mahsulotni ilgarilatishda yordam beradigan ijtimoiy tarmoqlarda mashhur shaxs.

Infosabab

Infosabab (newsbreak, inject — axborot sababi) — auditoriyada qiziqish uyg‘otuvchi va ijtimoiy mediada yoki ommaviy axborot vositalarida jamoatchilikka ovoza bo‘luvchi voqea. 

Instagram

Instagram – Meta kompaniyasining ijtimoiy tarmog‘i. Ilova foydalanuvchilarga xeshteglar va geografik belgilar qo‘yib foto, video, 24 soatdan keyin o‘chib ketadigan “tarix”lar yuklash imkonini beradi. Brendlar tovarlarini bevosita sota oladilar. Foydalanuvchilar postlarga layk bosishlari va o‘z tasmalarini shakllantirish uchun boqshalarga obuna bo‘lishlari mumkin. Reels qisqa roliklariga alohida urg‘u berilgan. 

Interaksiya

Interaksiya (interaction) — foydalanuvchining kontent bilan har qanday o‘zaro munosabati (layk, sharh, repost, savol, xabar, saqlab qo‘yish, hamjamiyatga, akkauntga obuna va boshq.). 

Ishonch telefoni

Ishonch telefoni - bu xaridorlar sotuvchi bilan bepul bog'lanishlari mumkin bo'lgan aloqa liniyasi.

Iste’molchi insayti

Iste’molchi insayti (Customer Insight) – maqsadli auditoriyangizning xatti-harkatlaridagi qonuniyatlar sharhi, uni marketologlar o‘z yo‘llovlarini dolzarblashtirishda ishlatadilar.

Jalb qilingalikning qamrovga nisbati

Jalb qilinganlikning qamrovga nisbati (Engagement Rate Reach ERR) — ijtimoiy mediadagi nashrga munosabat (masalan, layk, repost, sharh, saqlab olish)lar sonining postlarning umumiy qamroviga nisbatini ko‘rsatuvchi koeffitsient. Formula qamrab olingan odamlarning necha foizi postlarga munosabat bildirishini tushunish imkonini beradi. Shuningdek, bu ko‘rsatkichni bitta nashrga nisbatan hisoblash ham mumkin. 

Jalb qilinganlik

Jalb qilinganlik – (Engagement Rate ER) — ijtimoiy mediadagi nashrga munosabat (masalan, layk, repost, sharh, saqlab olish)lar sonining akkauntning umumiy obunachilari soniga nisbatini ko‘rsatuvchi koeffitsient. Foizlarda o‘lchanadi.  

Jo‘natuvchini baholash

Jo‘natuvchini baholash (Sender Score) – xabarlari oluvchining qutisiga tushishi ehtimoliga asoslangan tashkilot xarakteristikasi.

Jonli translyasiya

Jonli translyasiya (Livestream) – event-marketing taktikasi, unda siz tadbirni suratga olasiz ijtimoiy tarmoqlarda translyasiya qilasiz.

Kalit so'z

Kalit so‘z – tegishli kontekstda salmoqli ma’no yuklamasiga ega bo‘lgan va tegishli axborotni izlashda kalit bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan so‘z (so‘z birikmasi). 

Kam chastotali so‘rov

Kam chastotali so‘rov – izlash tizimlariga muayyan mavzu bo‘yicha eng kam kiritiladigan so‘rovlar. Qoidaga ko‘ra, 5-6 ta va undan ko‘proq so‘zdan iborat.

Kanban

Kanban – yapon tilidan kirib kelgan atama, so‘zma-so‘z “reklama shchiti, peshlavha” deb tarjima qilinadi. Agile uslubiyotining yondashuvlaridan biri. Kanbanning asosiy maqsadlaridan biri – muayyan lahzada bajariladigan ishning sonini kamaytirish (work in progress). Kanban muayyan belgilangan vazifani hal etishga mo‘ljallangan. Butun jarayon kanban-taxta yordamida namoyon etiladi, unda vazifalar va ularni amalga oshirish uchun nimalar kerakligi (bajarish navbati, dizaynni ishlab chiqish, ishlanmalar va boshq.) yozilgan. Idealda bir vaqt birligida faqat bitta vazifa bajarilishi lozim.

Kastomizatsiya

Kastomizatsiya – ommaviy mahsulotni individual buyurtmachining ehtiyojlariga moslashtirish

Keys-tadqiqot (Case Study)

Keys-tadqiqot (Case Study) – muayyan mavzu yoki tashkilotni batafsil o‘rganish jarayoni. Ko‘pincha bu muvaffaqiyat tarixi bo‘ladi.

Kiruvchi (tashqi) havola

Kiruvchi (tashqi) havola (Inbound Link) – tashqi resursdan saytingizga yo‘llovchi havola.

Klikbeyt

Klikbeyt (clickbait) — foydalanuvchining kutilmalariga muvofiq kelmaydigan, taqdim etilayotgan axborot bilan chuqurroq tanishish maqsadida havola orqali o‘tishga foydalanuvchini rag‘batlantiruvchi aldov mexanikasi. 

KMC/GDN

KMC/GDN (kontekstli-media tarmog‘i — Google Display Network) — Google hamkor-saytlarining tarmog‘i, ular bannerli va matnli-grafik (banner+matn) reklama uchun joylar taqdim etadi. 

Ko‘rish chuqurligi

Ko‘rish chuqurligi – foydalanuvchining bitta seansida saytning ko‘rilgan sahifalari soni. Metrika odamlar saytda qancha vaqt o‘tkazishini va darchani yopgunga qadar qanchalik ko‘p sahifani ko‘rib chiqishlarini aniqlash imkonini beradi. Sahifalar ko‘rilishi / Tanlangan davrdagi saytga tashriflar soni.

Ko‘rsatishlar

Ko‘rsatishlar – internet-resurs interfeysida foydalanuvchi ekranida kontent birligining namoyishi. 

Koll-markaz

Koll-markaz (call center) — mijozlarning kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlarini qayta ishlash xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyaning bo‘linmasi yoki alohida tashkilot.

Komyuniti-menejment

Komyuniti-menejment (community manager) — ijtimoiy tarmoqlardagi mavzuiy hamjamiyatni boshqarish bo‘yicha, mahsulot/brend/muammo/g‘oya atrofida sadoqatli foydalanuvchilar jamoasini shakllantirish va kengaytirishga qaratilgan harakatlar kompleksi. 

Kontakt nuqtasi

Kontakt nuqtasi – auditoriyaning kompaniya yoki uning xodimlari bilan bog‘lanishi nuqtasi.

Kontekst

Kontekst (contextus) — yozma yoki og‘zaki nutq (matn)ning umumiy mazmuni unga kiruvchi alohida so‘zlar, jumlalarning ma’nosini aniqlash imkonini beruvchi tugallangan parchasi.

Kontekstli reklama

Kontekstli reklama – mavzuiy saytlarda reklama e’lonlarini (matnli, grafik va/yoki havola ko‘rinishida) joylashtirish.

Kontent

Kontent (content) — resursning (masalan, veb-sayt yoki ijtimoiy mediadagi akkauntning) har qanday axborot salmog‘iga ega to‘ldiriluvi: matnlar, grafika, interfeys unsurlari, audio va video-fayllar, istalgan formatdagi fayllar va sh.k. kontent yo doimiy, yoki to‘ldirilib boruvchi bo‘lishi mumkin. 

Kontent-marketing

Kontent-marketing – iste’molchilarni jalb qilish maqsadida kontentni yaratish va tarqatishga asoslangan marketing strategiyasi. 

Kontent-reja

Kontent-reja — bu ijtimoiy media uchun nashrlar rejasi bo‘lib, unda postlarning sanalari, mavzulari va nashr uchun muhim bandlar aks etadi.

Kontentni boshqarish tizimi

Kontentni boshqarish tizimi (CMS) – foydalanuvchilarga kontent yaratish va ularni onlayn boshqarishda yordam beruvchi dastur, masalan, WordPress, Drupal.

Konversiya ko‘rsatkichi

Konversiya ko‘rsatkichi (Conversion Rate) – muayyan qadamni (xarid bo‘lishi shart emas) amalga oshirgan mijozlar foizi.

KPI

KPI (Key performance indicator) – kompaniyaning taktik va strategik maqsadlariga erishilganligini xolis baholashda yordam beruvchi miqdoriy ko‘rsatkichlar tizimi.  

Kreativ

Kreativ (creative) — mohiyatiga ko‘ra yangi madaniy yoki moddiy qimmatliklarning yaratilishi.

Krosskanalli marketing

Krosskanalli marketing (Cross-Channel Marketing) – bir yo‘llovning o‘zi bir necha mediada, masalan saytda va tashqi reklamada ilgarilatiladigan marketing strategiyasi.

Langar matn

Langar matn – sahifaga joylashtirilgan giperhavoladagi ko‘rinadigan va bosiladigan matn. 

Layk

Layk (like — yoqadi) — ijtimoiy tarmoqda tegishli tugmani (ko‘pincha yurakcha shaklida) bosish orqali muayyan harakat, fotosurat, nashr yoki foydalanuvchi maqomining yangilanishini ma’qullash. VK, Instagram, Twitter, TikTok borasida relevant. 

Lidlar

Lidlar (Marketing Qualified Lead) – mahsulotingizga qiziqish bildirgan, marketing jamoasi ular sotuvlar bo‘yicha mutaxassislar bilan muloqotga tayyor deb hisoblagan potensial mijozlar.

Lidlar bahosi

Lidlar bahosi (Lead Scoring) – potensial mijozlarga ular xaridlarni amalga oshirishlari ehtimoli asosida reyting berish jarayoni.

Lidlarni qizdirish

Lidlarni qizdirish (Lead Nurturing) – potensial mijozlarni marketing o‘ramasi orqali yo‘naltirish va ularni xaridni amalga oshirishga rag‘batlantirish.

Lidogeneratsiya

Lidogeneratsiya (lead generation) — ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining tovarlar yoki xizmatlarga kontent yaratish va uni turli uslublar orqali ilgarilatish, lending va uni qayta ishlash uchun maqsadli mijozlar trafigini olish.

LinkedIn

LinkedIn — amaliy ijtimoiy tarmoq. Microsoft’ga tegishli. Ijtimoiy tarmoq amaliy kontaktlar yuritish, odamlarni tavsiya qiilish, ish qidirish va vakansiyalarni chop etish imkonini beradi. Jami 774 mln.dan ziyod foydalanuvchi.

Livejournal

Livejournal — shaxsiy va jamoaviy kundaliklarni yuritishga mo‘ljallangan blog-platforma. JJga amerikalik Bred Fitspatrik tomonidan asos solingan, Rambler&Co’ga tegishli. Amalda birinchi bloglardan biri. Yozuvlar tasmasi do‘stlar (“frendlar”) nashrlaridan shakllanadi. Muayyan vaqt juda mashhur bo‘lgan, runetdagi siyosiy faollik markaziga va ko‘plab mashhur blogerlarning boshlang‘ich nuqtasiga aylangan.

LR

LR (Love Rate — jozibadorlik koeffitsienti) — metrika nashr etilayotgan postlarga ijobiy reaksiyalar foizini ko‘rsatadi: sharhlar, layklar, repostlar – ular tanlangan kontent-strategiyaning auditoriya tomonidan ma’qullanishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatadi.

LTV

LTV (Lifetime value) yoki mijzoning bir umrli qiymati – bu mijozning kompaniya bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan butun davrida (birinchi xariddan eng oxirgi xaridigacha) keltiradigan summa.

MA maqsadli auditoriya

MA maqsadli auditoriya (target audience) — keng yoki tor (jins, yosh, geografiya, qiziqishlar, kasb, ma’lumot, oilaviy holat, u yoki bu guruhga mansublik va boshqa) belgilariga ko‘ra birlashgan va kompaniya yoki brend manfaatdor bo‘lgan foydalanuvchilar guruhi.  

Maqsadli auditoriya

Maqsadli auditoriya – marketing jamoasi ehtimoli eng yuqori xaridorlar deb belgilagani uchun kompaniyangiz jalb qilishga intiladigan insonlar guruhi. 

Marketing avtomatizatsiyasi

Marketing avtomatizatsiyasi – foydalanuvchilarga ular sodir etayotgan harakatlar va sayt bilan o‘zaro munosabat uslubi asosida kontentni intellektual va avtomatik yo‘llash jarayoni.

Marketing o‘ramasi

Marketing o‘ramasi – mijozingizning har bir qadami xaridni amalga oshirishga yaqinlashtiruvchi yo‘li.

Marketing trendi

Marketing trendi – turli industriya marketologlari foydalanadigan ommaviy strategiya yoki taktika.

Marketing-kit

Marketing-kit – kompaniya taqdimoti va uning xizmatlarini sotish vositasi. Qoidaga ko‘ra, bu kompaniya haqida to‘liq tasavvur beruvchi marketing materiallari komplektidir.

Marketingda ilgarilatish

Marketingda ilgarilatish (promotion) – talab ortishi va pirovardida, sotuvlar oshishiga qaratilgan marketing choralari kompleksi. 

Mashinaviy o‘qitish

Mashinaviy o‘qitish (Machine Learning) – sun’iy intellekt tarmog‘i, unda kompyuter vazifalarni bajarish davomida o‘rganadi va yig‘ilgan tajriba tufayli takomillashadi.

Matnning hissiy tahlili

Hissiyotlarni tahlil qilish - bu matndagi hissiy jihatdan yuklangan lug'atni, shuningdek, muallifning matnda muhokama qilingan obyektlar haqidagi fikrlarini (hissiy baholarini) avtomatik ravishda aniqlash uchun mo'ljallangan kontentni tahlil qilish usullari sinfidir.

Mavzu

Mavzu (Subject Line) – xabaringizdagi uning mazmunini ochib beruvchi satr.

Media-monitoring

Media-monitoring – bu monitoring obyekti (brend yoki shaxs) haqidagi tilga olishlarni kuzatish, qayd etish va interpretatsiyalashdir. Media-monitoringda butun digital-makon (ijtimoiy tarmoqlar, onlayn-OAV, mulohazalar saytlari, forumlar va sh.k.)da tilga olishlarni tadqiq qilish mumkin

Media-reja

Media-reja (media plan) — bu muayyan vaqt uchun reklama kampaniyalarining batafsil rejasidir. Unda reklama kanallari, maydonchalar, muddatlar, kampaniya maqsadlari va albatta byudjetlar va prognoz-natijalar – KPI aks etadi. Sodda qilib aytganda, media-reja – bu reklama byudjeti nimalarga sarflanadi va bu kompaniyaga foydalimi-yo‘qligini tushunish mumkin bo‘lgan jadvaldir.

Media-tahlil

Mediatahlil – obro‘ga doir xatarlarni aniqlash va tezkor munosabat bildirish, kompaniyani samarali ilgarilatish va maqomini mustahkamlash, kommunikatsiyaviy jarayonlarni qurish uchun kompaniyaning OAV va ijtimoiy mediadagi axborot faolligi va raqobat maqomini baholash.

Mehmon postingi

Mehmon postingi – tashqi havolalar olish usuli, bunda begona blog (sayt) uchun maxsus post yoziladi va unda saytingizga havola kiritib ketiladi.

Mem

Mem — insondan insonga verbal, noverbal, internet orqali o‘tadigan g‘oya, timsol yoki nomoddiy olamning boshqa obyektidir. Mem tashuvchi ichida ko‘rinishini o‘zgartirish, unga va umuman jamiyatga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 

Messenjer

Messenjer (messenger)— foydalanuvchilar o‘rtasida xabarlar almashish uchun mo‘ljallangan ilova yoki dastur. 

Meta-tavsif

Meta-tavsif (Meta Description) – izlash natijalarida sahifangizga havola ostida namoyon bo‘luvchi HTML-teg. Unda sahifa nima haqdaligi yoziladi, bu tavsif 320 belgidan oshmasligi lozim.

Meta-teglar

Meta-teglar – sayt html-sahifasining izlash tizimlari tomonidan sahifa mazmunini tahlil qilish va uning u yoki bu iboraga relevantligini aniqlash uchun ishlatiladigan xizmat maydonlari.

Mijoz yo‘li

Mijoz yo‘li (Customer Journey) – potensial mijozning mahsulotingiz xaridigacha sayohati. Unga iste’molchining tashkilot bilan barcha o‘zaro munosabatlari kiradi.

Mijozlar ketib qolishi

Mijozlar ketib qolishi (Churn Rate) – obuna yoki xizmatlardan voz kechgan mijozlar sonini aniqlovchi ko‘rsatkich.

Mikro-konversiya

Mikro-konversiya – foydalanuvchi maqsadli harakatni amalga oshirgunga qadar bosib o‘tadigan barcha oraliq bosqichlar. Masalan, internet-do‘konda xarid qilganda u saytga kiradi, katalogning muayyan sahifasiga o‘tadi, tovar xarakteristikasini o‘qiydi, tovarni savatga soladi, saytda ro‘yxatdan o‘tadi va yangiliklarga yoziladi, buyurtmani rasmiylashtiradi. Bu harakatlar zanjirining hammasi – mikro-konversiya. Mikro-konversiyani kuzatish xaridorning kayfiyatini tushunish va qaysi qadamda xarid uzilib qolishini tekshirish imkonini beradi.

Mikrosayt

Mikrosayt – mavzuiy brend kontenti uchun ikkinchi darajali sayt.

Minus-so‘zlar

Minus-so‘zlar – e’lonlarni nomaqsadli auditoriyaga namoyish etishni istisno qilish uchun kontekstli reklama sozlamalariga kiritib qo‘yiladigan so‘zlar jamlanmasi. Shunda izlash satriga minus-so‘zlarni kiritgan foydalanuvchilar reklama e’lonini ko‘rmaydilar. Minus-so‘zlar ro‘yxatini Yandeks Direkt va Google AdWords'da, kontekstli reklama parametrlarini sozlashda kiritish mumkin.

Mobil marketing

Mobil marketing – interaktiv ilgarilatish taktikasi bo‘lib, uning doirasida kontent mobil qurilmalarda ko‘rish uchun qulay tarzda qayta shakllanadi.

Moderatsiya

Moderatsiya (moderation) — hamjamiyat qatnashchilari yoki maydoncha foydalanuvchilari tomonidan belgilangan xatti-harakat va muloqot qoidalariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan nazorat choralari kompleksi. 

Monitoring

Monitoring — atrof-muhit va jamiyatda ro‘y beradigan, natijalari insonlar va iqtisodiy obyektlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha boshqaruv qarorlarini asoslashga xizmat qiladigan hodisalar va jarayonlarni doimiy kuzatish tizimi.

Mukofot ovchisi

Mukofot ovchisi – muntazam asosda tarmoqda turli tanlovlar qidirish va ularda qatnashish bilan shug‘ullanuvchi foydalanuvchilar. Buning usullaridan biri – ko‘plab foydalanuvchi akkauntlarini ochish va “ular nomidan” tanlovda ovoz berish. 

Multihavola

Multihavola — foydalanuvchining barcha messenjerlari, ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha ma’lumotlarni, harakatlanish uchun qo‘llaniladigan internet-xaritalarda manzil ko‘rsatish va, ayrim hollarda, hatto do‘kon, ofis yoki salon manzilini qo‘yish imkonini beruvchi havola. 

Multivariativ testlash

Multivariativ testlash (Multivariate Testing) – eng dolzarb formatni topish uchun bir xabarning turli formatlarini testdan o‘tkazish usuli. A/B testlashdan farqli ravishda, bu yerda bir unsur emas, bir vaqtda bir necha unsur o‘zgaradi.

Munosabat

Munosabat – foydalanuvchining ijtimoiy mediadagi kontentga nisbatan o‘z kayfiyati va hissiyotlari (ijobiy va salbiy)ni aks ettirishi, u maxsus tugmaga bosish va tegishli grafik tasvirni tanlash orqali ifodalanadi. Facebook, Odnoklassniki, Youtube uchun relevant.

Nativ reklama

Nativ reklama (Native Advertising) – chet resurslarda tovar/xizmat xaridiga turtki bo‘luvchi “tabiiy” materiallar (mulohazalar, ekspert fikrlari va boshqalar)ning chop etilishi.

No-Follow havolasi

No-Follow havolasi – izlash servisiga tashqi havola mo‘ljallangan resursga obro‘ni bermasligi kerakligini ma’lum qiluvchi HTML-unsur.

Noyob tashrif buyuruvchi

Noyob tashrif buyuruvchi – muayyan vaqt davrida muayyan sahifani kamida bir marta ochgan sayt tashrif buyuruvchisi. Noyob tashrif buyuruvchilar IP orqali aniqlanadi.

NPS

NPS (sadoqatlilik indeksi yoki Net Promoter Score) – mijozlar tajribasini va ularning brend bilan o‘zaro munosabatini baholash imkonini beruvchi vosita.

Nyusjeking

Nyusjeking – partizancha marketingning turlaridan biri, unda tovarlar yoki xizmatlarni ilgarilatish uchun ichki yoki tashqi infosabab, shuningdek modadagi tendensiyalar va dolzarb trendlar qo‘llaniladi. 

O‘rtacha chastotali so‘rov

O‘rtacha chastotali so‘rov – yuqori chastotali so‘zlarga qaraganda izlash tizimlarida kamroq beriladigan, lekin nolga tushib qolmaydigan so‘rovlar. 

Obunachi

Obunachi (follower) — ijtimoiy mediadagi sahifa yoki akkauntga qiziqish bildirgan va internet-resursning translyasiya mexanizmlari orqali ushbu manbadan kontent yangilanishlarini olishga faol istak bildirgan foydalanuvchi. 

Ochilish ko‘rsatkichi

Ochilish ko‘rsatkichi (Open Rate) – bir tarqatmada sizning xabaringiz necha marta ochilgani.

Ochiqlik davomiyligi

Ochiqlik davomiyligi (Open Length) – foydalanuvchi tomonidan xabar ochilgandan to uning yopilguniga qadar o‘tgan vaqt.

Odnoklassniki

Odnoklassniki — VKga tegishli ijtimoiy tarmoq, dunyoda ommaviyligi bo‘yicha 50- o‘rindagi sayt. Odnoklassniki platformasida video, musiqa, o‘yinlar va onlayn-servislar mavjud. Bu maydonchada 14 mln.dan ko‘p guruhlar ro‘yxatdan o‘tgan.

Ofset

Ofset – tasvir bevosita emas, balki oraliq tashuvchi orqali tushiriladigan bosma usuli. Odatda rux yoki alyumin listdan tasvir rezinaga va shundan keyingina qog‘ozga tushiriladi.

Og‘riqli nuqtalar

Og‘riqli nuqtalar (Pain Points) – sizning maqsadli bozoringiz yo‘liqadigan, ularni mahsulot yoki xizmatga olib kela oladigan muammolar.

OLV

OLV (OnLine Video) — bu asosiy video namoyishidan oldin, orada va keyin qo‘yiladigan reklama roliklari. OLV-reklamaning yaxshi tomonlari – virusli ilgarilatish, roolik samaradorligini tahlil qilish imkoniyati, bittada bir necha maqsadga erishish (mahsulot sotish, mijozlarni jalb qilish, brend taniqliligini oshirish).

Omnikanal marketing

Omnikanal marketing (Omnichannel) – bir necha kanallarda ilgarilatish.

Oq kitob

Oq kitob (White Paper) – muayyan pozitsiyani bayon etuvchi yoki maqsadli auditoriya muammosini hal qiluvchi hujjat.

Organik trafik

Organik trafik – saytga reklama yoki pullik kontent tufayli emas, balki organik izlash natijasi orqali kelgan foydalanuvchilar.

ORM

ORM (Online Reputation Management — internetda obro‘ni boshqarish) — obro‘ni boshqarish ishlarining to‘laqonli kompleksi. ORMning asosiy vazifasi – obro‘ga oid xatarlar yuzaga kelishini nazorat qilish, salbiy fikrlarni aniqlash va qarshi turish, Tarmoqda brendga sadoqatni shakllantiruvchi kontentni tarqatish, PR-maqsadlarni qo‘llab-quvvatlash va marketing kampaniyalariga qiziqishni kuchaytirish. 

Ovoz ulushi

Ovoz ulushi (Share of Voice) – muayyan sohadagi, raqobatchilarning ko‘rsatkichlariga qiyosan sizning brendingizga to‘g‘ri keluvchi muhokamalar foizi.

PESO

PESO — reklama kommunikatsiyalarini yaratishni rejalashtirishga yordam beruvchi marketing modeli: g‘oya ishlab chiqishdan joriy etish kanalini tanlashgacha: P — paid (pulli kommunikatsiyalar): pulli reklamani joylashtirish va pul evaziga o‘z brendiga e’tibor jalb qilish mumkin bo‘lgan kanallar. E — earned (bepul kommunikatsiyalar): brend bepul tilga olinadigan maydonchalar. Brendni to‘g‘ridan-tio‘g‘ri reklama qilmaydigan, shunchaki uni tilga olib o‘tadigan nativ joylashtiruvlar. Foydalanuvchilarda reklamaga qaraganda ko‘proq ishonch uyg‘otadi. S — shared (ijtimoiy media): brend haqidagi axborot bilan o‘rtoqlashiladigan kanallar. Kompaniya ijtimoiy tarmoqlarda yoki blog-paltformalarda o‘z loyihalari haqida mustaqil so‘zlab berishi yoki kompaniyaning mulohazalari, keyslari, matnlari bilan mijozlar o‘rtoqlashishlari mumkin. O — owned (o‘z maydonlari): brend butunlay nazorat qiladigan va qaysi axborotni, qanday ko‘rinishda chop etish kerakligini belgilaydigan maydonchasi.

Pessimizatsiya

Pessimizatsiya – optimizatsiyaning taqiqlangan usullaridan foydalanganlik yoki izlash tizimining boshqa qoidalarini buzganlik uchun izlash so‘rovi yoki saytning maqomini jami bir necha maqomga pasaytirishdan iborat izlash jazosi. 

Pinterest

Pinterest — onlayn-manbalardan olingan tasvirlarni topish, saqlash, kolleksiyalash va almashish uchun mo‘ljallangan ijtimoiy internet-servis. Tasvirlarni kolleksiya-“taxtalar”ga (boards) qadab qo‘yadilar (pin). Biznes uchun “pinlar” kataloglari orqali tovarlarni sotish imkoniyati bor. Jami oyiga 430 mln.dan ortiq foydalanuvchi.

Plaginlar

Plaginlar – tayyor dasturlarga qo‘shimchalar, ular foydalanuvchilarga foydali biror alohida opsiyani qo‘shish zaruriyatiga ko‘ra yoziladi. 

Podkast

Podkast (Podcast) – muayyan yo‘nalish, mavzu yoki sohaga bag‘ishlangan audio-shoular seriyasi.

Post

Post — blogdagi xabar. Post qo‘yish – xabar yozish. 

PPC

PPC (pay-per-click) – kompaniya o‘z resurslarini reklama qiladi va havola orqali har bir o‘tish uchun pul to‘laydi.

Prexeder

Prexeder (Pre-header) – mavzudan keyin keladigan, xabar ochilishidan oldin ko‘rinadigan qisqacha tavsif.

Profil shapkasi

Profil shapkasi – foydalanuvchi nikneymi yonidagi, o‘zi haqidagi qisqa qo‘shimcha axborot joylashtirish uchun axborot bloki. 

Qamrov

Qamrov – reklama xabari, hamjamiyat sahifasi, Instagramdagi porfil yoki postni bir marta bo‘lsa ham ko‘rgan odamlar soni.

Qo‘nish sahifasi

Qo‘nish sahifasi – foydalanuvchi “qo‘nadigan” – reklama e’lonini bosganda o‘tadigan sayt sahifasi. U saytning birgina sahifasi bo‘lishi shart emas. 

Qorong‘u ijtimoiy tarmoqlar

Qorong‘u ijtimoiy tarmoqlar – internet ichidagi yopiq tarmoq bo‘lib, hech kim senzura o‘rnata olmasligi yoki qatnashchilar faoliyatini cheklamasligi uchun yashirin va anonim qilib yaratilgan. 

QR-kodlar

Offline’da QR-kodlar. Bu uslub ko‘pincha ilovalarni o‘rnatib olishga, boshqa raqamli mahsulotlar yoki xizmatlardan foydalanishga rag‘bat uchun qo‘llaniladi.

RACE

RACE — foydalanuvchi bilan kommunikatsiyalarni rejalashtirish modeli. U 4 ta bosqichdan iborat va mijoz bilan o‘zaro aloqaning barcha nuqtalarini qamrab oladi:  qamrov (reach), ayrim marketologlar tadqiqotni ham qo‘shadi (research) — oldin auditoriya sizning reklama e’loningizga yo‘liqadi; harakat (ast) — keyin saytingizga kiradi va tovarlarni o‘rganadi; konversiya (convert) — buyurtma beradi; jalb qilinganlik (engage) — sadoqatlilik dasturingizga qo‘shiladi yoki ijtimoiy tarmoqlaringizga obuna bo‘ladi. Model “shu yerda va shu onda” sotilmaydigan murakkab va qimmat mahsulotlar, masalan avtomobil yoki xonadonni ilgarilatishda qo‘llaniladi.

Rad etishlar ko‘rsatkichi

Rad etishlar ko‘rsatkichi (Bounce Rate) – bittagina sahifani ko‘rgach saytni tark etgan foydalanuvchilar soni.

Raqamli marketing

Raqamli marketing (digital marketing) — iste’molchi bilan o‘zaro munosabatlarning barcha bosqichlarida qo‘llaniladigan raqamli texnologiyalar yordamida xizmatlar va tovarlarni ilgarilatishni nazarda tutuvchi marketing yo‘nalishi. Internet-marketingdan farqi – unda nafaqat butunjahon o‘rgimchak to‘ri, balki oflayn-vositalar ham qo‘llaniladi.

Raqamli strategiya

Raqamli strategiya (Digital Marketing Strategy) — raqamli texnologiyalar yordamida (asosan, internet-kanallar orqali) muayyan maqsadlarga erishish (brend yoki tovarlar va xizmatlarni ilgarilatish) uchun shakllantirilgan qadam-baqadam reja.

Reach

Reach – qamrov. 

Reklama darchalari

Reklama darchalari – mavzuiy maydonchalarda qalqib chiquvchi reklama darchalarining namoyish etilishini nazarda tutgan internet-reklama usuli.

Reklamaviy integratsiya

Reklamaviy integratsiya – o‘zi namoyon bo‘ladigan tashuvchining shakli, funksiyasi va sifatiga kontenti muvofiq keluvchi reklamani pullik joylashtirish. 

Relevantlik

Relevantlik – olingan axborot (topilgan hujjatlar)ning izlash so‘roviga ma’no jihatidan muvofiqligi chora-tadbiri. 

Remarketing

Remarketing (remarketing) — oldin saytga tashrif buyurgan, unda maqsadli harakatni amalga oshirgan, ijtimoiy tarmoqlarda brend postlariga munosabat bildirgan foydalanuvchilarga reklama ko‘rsatish.

Repost

Repost (repost) — layklar va sharhlar qatori, ijtimoiy tarmoqdlardagi faoliyatning asosiy turlaridan biri – unda bir foydalanuvchi yoki sahifa o‘z tasmasida boshqa foydalanuvchi yoki sahifaning postini sharh bilan yoki sharhsiz ulashadi.  

Retargeting

Retargeting (retargeting) — marketing mexanizm, uning yordamida butun onlayn-reklama allaqachon sotuvchining saytiga tashrif buyurib, o‘zlarini qiziqtirgan mahsulotni ko‘rib chiqqan foydalanuvchilarga yo‘naltiriladi.

RFM-tahlil

RFM-tahlil – mijozlarni xaridlar tez-tezligi va summasiga ko‘ra segmentlash imkonini beruvchi tahlil usuli: Recency — qadimiylik (foydalanuvchilar sizdan qanchalik oldin nimadir sotib olganlar); Frequency — chastota (qanchalik tez-tez xarid qiladilar); Monetary — pul (umumiy xarid summasi).

rishlar

Ko‘rishlar – internetda nashr necha marta ko‘rilgani miqdori. 

Ro‘yxat-maqola

Ro‘yxat-maqola (listicle) — sarlavhasi ko‘pincha sondan boshlanadigan ro‘yxat-maqola. 

ROAS

ROAS (Return on Ad Spend) — reklama xarajatlarining rentabelligi ko‘rsatkichi. Agar bir nechta reklama kampaniyalari birga joriy etilsa, ROAS qaysi reklama eng foydali ekanini aniqlashda yordam beradi.

ROI

ROI (“Return On Investment”, investitsiyalarni qaytarish) — loyihaga sarmoyalar o‘zini o‘zi qoplashini hisoblab chiqishga yordam beruvchi investitsiyalar rentabelligi koeffitsienti. ((Daromadlar – Marketing xarajatlari) / Marketing xarajatlari) x 100.

ROI

ROI (Return on investment) — investitsiyalar qaytarilishi ko‘rsatkichi (o‘zini o‘zi qoplash koeffitsienti).

ROMI

ROMI (Return on Marketing Investment) – marketingga sarmoqlarning rentabelligi (Daromad – Marketing xarajatlari) /Marketing xarajatlari x 100.

Sahifalash

Sahifalash – dizayn elementlari maketdagiga o‘xshash chiqishi uchun ishlab chiqilgan maketga muvofiq brauzer darchasida joylashadigan veb-sahifa (tasvir, matn va sh.k.) html-kodining tuzilmasini yaratish. 

Sahifani optimizatsiyalash

Sahifani optimizatsiyalash (On-page Optimization) – sahifaning title-teglar, meta-tavsif va boshqa unsurlarini uning darajalanishini yaxshilash uchun o‘zgartirish.

Schema Markup

Schema Markup – izlash natijalariga foydalanuvchini havola orqali o‘tishga rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha metama’lumotlarni qo‘shish usuli.

Segmentatsiya

Segmentatsiya – email-ro‘yxatni muayyan toifalarga taqsimlash usuli. Asos sifatida istalgan ko‘rsatkichlar, masalan, demografik ma’lumotlar, harakatlar va sh.k. olinishi mumkin. 

Semantik yadro

Semantik yadro – matnli kontent yordamida saytni ilgarilatish uchun ishlatiladigan so‘zlar, so‘z birikmalari majmuasi. Bu so‘zlar ilgarilatilayotgan kompaniya faoliyatiga bevosita aloqador bo‘lishi lozim, chunki SEO-optimizator ishining natijasi ko‘p jihatdan aynan semantik yadroga bog‘liq bo‘ladi. 

SEO

SEO (Search Engine Optimization — izlash optimizatsiyasi) — maqsadli izlash so‘rovlari bo‘yicha saytning izlash tizimlarida ko‘rinishini oshirish bo‘yicha kompleks choralar, shuningdek saytga tashrif buyurishlarni oshirish uchun izlash tizimlari taqdim etishi natijalarida saytning maqomini yaxshilashga qaratilgan jami ishlar. 

SEO-ilgarilatish

SEO-ilgarilatish – mavzuiy so‘rovlar bo‘yicha taqdim etishda saytni yuqoriga ko‘tarish uchun izlash optimizatsiyasi

SEO-maqola

SEO-maqola – o‘quvchi uchun qiymatga ega, lekin birinchi navbatda izlash tizimlariga – tegishli so‘rovlarda birinchi qatorlarda aks etishga mo‘ljallangan optimizatsiyalangan matn. 

SERM

SERM (Search Engine Reputation Management) — izlash tizimlarida obro‘ni boshqarish. Nomaqbul axborotni imkon qadar pastroqqa tushirib yuborib, maqbul ma’lumotni chop etish orqali izlash taqdimida kompaniya, tovar yoki xizmat haqida ijobiy manzarani shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi. 

SERP

SERP (Search Engine Results Page) — foydalanuvchi so‘roviga javob sifatida izlash tizimi tomonidan shakllantirilgan internet-sahifa. 

Sharhlar

Sharhlar (commentarius) — axborot maydonchasidagi muhokamalar zanjirida foydalanuvchi qoldirgan xabar.  

Shaxsiy brend

Shaxsiy brend (personal branding) — muayyan shaxs atrofida yaratilgan brend, OAV va bloglarda shaxs haqida nashrlar chop etish, ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy sahifalar yuritish, ommaviy chiqishlar va boshqa vositalar orqali jamiyatda muayyan subyekt haqida tasavvurlarni tizimli yaratishni nazarda tutadi. 

Shaxsiy xabar SHX

Shaxsiy xabar SHX (private message) — onlayn-hamjamiyatlar va mobil chatlar/ilovalardagi aloqa turi, unda xabar faqat muayyan qabul qiluvchi yoki odamlar guruhi tomondangina ko‘rilishi yoki o‘qilishi mumkin. 

Slug

Slug – URLning izlash servislariga bir postni boshqasidan ajratishga yordam beruvchi qismi. U veb-sahifaning o‘ziga xos xaritasidir.

SM Indeks

SM Indeks – SMM samaradorligining ko‘rsatkichi. Ijtimoiy platformalardagi barcha tilga olishlarni hisobga oladi, har bir tilga olish uchun maydonchaning obro‘si va muayyan xabarning jalb qilinganligi aniqlanadi. Indeks 0 dan 1000 bandgacha bo‘lgan shkalada taqsimlanadi. 

SM Influence

SM Influence – ijtimoiy media ta’sir kuchining indeksi. Ko‘rsatkich akkauntning jami jalb qilinganligini va bir oydagi postlar sonini hisobga oladi. Indeks 0 dan 1000 bandgacha farqlanadi. 

SMART-maqsadlar

SMART-maqsadlar — maqsadlarni belgilash uslubi. U real va o‘lchab bo‘ladigan maqsadni shakllantirish, unga erishish muddatlarini va zarur resurslarni belgilash imkonini beradi. S — Specific — aniq; M — Measurable — o‘lchab bo‘ladigan; A — Achievable — erishsa bo‘ladigan; R — Relevant — salmoqli; T —Time bound — vaqtda chegaralangan.

SMM

SMM (Social Media Marketing) — ijtimoiy mediadan kompaniyalarni ilgarilatish va biznes-vazifalarni hal etish uchun kanal sifatida foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi. Bular ijtimoiy tarmoqlarda, mavzuiy forumlarda, hamjamiyatlarda va bloglardagi auditoriya bilan yashirin va ochiq o‘zaro munosabatlar vositalaridir. Maqsadli auditoriyaga aniq ta’sir ko‘rsatish, ushbu auditoriya taqdim etilgan maydonchalarni va u bilan muloqotning eng mos usullarini tanlash imkonini beradi. Ijtimoiy mediada qo‘llaniladigan marketing taktikasi foydalanuvchilarni brend yaratgan kontent elementlarini bir-birlariga tarqatishga yoki brendni do‘stlar safiga qo‘shishga rag‘batlantiradi.

SMO

SMO (social media optimization) — saytni turfa ko‘rinishdagi mazmun (suratlar, video, audio) bilan boyitish orqali saytni ijtimoiy media uchun optimizatsiyalash, plaginlar, vijetlar, sayt va ijtimoiy media o‘rtasida qulay o‘tishlar uchun tugmalar o‘rnatish.  

SMS-tarqatmalar

SMS-tarqatmalar. Uyali aloqa operatorlari abonentlariga reklama beruvchining taklifidan iborat reklama xabarlari tarqatiladi.

Snapchat

Snapchat —cheklangan vaqt davomida foydalanish mumkin bo‘lgan foto va vertikal videoli xabarlar almashinuvi, shuningdek yarim ommaviy “tarix”larning Amerika servisi. Brendlar uchun reklamali qisqacha kontent ochiq. Jami oyiga 538 mln foydalanuvchi.

Snippet

Snippet – izlash taqdimida havolaning yonida aks etadigan matnli axborot parchasi. Boshqacha aytganda, bu izlash so‘roviga relevant bo‘lgan sayt sahifasining qisqacha tavsifidir. 

Social listening

Social listening – nafaqat brend atrofida, balki butun tarmoqda ro‘y berayotgan muhokamalar va ijtimoiy mediadagi tendensiyalarning tahlili va bu g‘oyalarni yanada samarali marketing yechimlari uchun ishlatish. 

Soft Bounce

Soft Bounce – jo‘natilgan, lekin ochilmay turib jo‘natuvchiga qaytgan xabar. Bu qabul qiluvchining papkasi to‘lib qolgandan yoki xabar tarmoq ma’muri tomonidan rad etilganidan yuzaga kelishi mumkin.

SOSTAC

SOSTAC – quyidagi 6 ta majburiy komponentlarga asoslangan marketing strategiyalarini samarali rejalashtirish modeli: Situation analysis – joriy vaziyat tahlili; Objectives – erishilishi lozim bo‘lgan maqsad; Strategy – maqsadga erishish strategiyasi; Tactics – maqsadga erishish uchun qo‘llaniladigan taktika; Action – konkret harakatlar, vazifalar va muddatlar; Control – maqsadga erishilganini qanday, qaysi ko‘rsatkichlarga ko‘ra tushunish nazorati.

SOV

SOV (Share of Voice) – ovoz ulushi (shuningdek axborot faolligi darajasi, axborot maydonidagi ulush, xabarlar soni, yodga olishlar soni, mediafaollik va sh.k.). ijtimoiy tarmoqlarda ovoz ulushi qancha odam brend haqida gapirayotganligini aks ettiradi va tarmoqda yoki muayyan raqobatchilar guruhida umumiy tilga olinishlardan foiz sifatida o‘lchanadi – SOV bitta axborot makonida, brendingizning boshqa brendlar bilan qiyosiy namoyon bo‘lishi chastotasini ko‘rsatadi.

Soyali ban

Soyali ban (shadow ban) — onlayn-maydoncha algoritmlari bilan ijtimoiy tarmoqdagi foydalanuvchi imkoniyatlarining norasmiy to‘liq yoki qisman cheklanishi, bu haqda, qoidaga ko‘ra, foydalanuvchining o‘zi bilmaydi.  

Spam-filtr

Spam-filtr (Spam Trigger) – email-xabardagi, uning spamga tushib qolishiga sabab bo‘luvchi so‘z. Shuning barobarida, bunday triggerlarni istisno qilish xatingiz yetib borishini kafolatlamaydi.

Storis (Stories)

Storis (Stories) — ijtimoiy mediadagi foto, qisqa videoroliklar yoki interaktivni ko‘zda tutadigan, avtomatik ravishda 24 soatdan keyin o‘chib ketadigan kontent formati. 

Storitelling

Storitelling – kontentni foydalanuvchiga tarix ko‘rinishida taqdim etish formati, u tadqiqotni, muqobil nuqtai nazarni, birinchi shaxs nomidan hikoyani, infosababga bog‘liqlik va sh.k.ni o‘z ichiga olishi mumkin.

Strategiya

Strategiya – tashkilotning barcha maqsadlarini va ularga erishish yo‘llarining tavsifini birlashtiruvchi batafsil reja.

Taktikalar

Taktikalar – biznes maqsadlariga erishish uchun qo‘llanilgan marketing sa’y-harakatlar.

Targeting

Targeting (targeting) — bu marketing mexanizmlaridan biri bo‘lib, internetdagi barcha foydalanuvchilardan muayyan mezonlarga ko‘ra (masalan, yashash joyi, yoshi, jinsi bo‘yicha) maqsadli auditoriyani ajratadi va mahsulotni faqat unga ko‘rsatadi.

Tarmoq marketingi

Tarmoq marketingi (MLM, Multi Level Marketing) — yetkazib beruvchilar va chakana do‘konlar kabi chakana sotuvlarga xos konstruksiyalar bo‘lmagan sotuvlar turi. Sodda qilib aytganda, tarmoq marketingi – bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvlar, bunda tovar “qo‘ldan–qo‘lga” sxemasida – tanishlar, qarindoshlar, do‘stlar va tanishlar orqali sotiladi.

Tarqatiladigan kontent

Tarqatiladigan kontent — chet muallifning foydalanuvchi o‘z sahifasida o‘z auditoriyasi bilan baham ko‘radigan axboroti. 

Teg

Teg (tag) — matnli, panjara belgisili interaktiv ramz, internet-resurs izlash taqdimida kontentni agregratsiyalash uchun qo‘llaniladi.  

Teglar

Teglar – bu kod fragmenti bo‘lib, saytlaringiz yoki mobil ilovalardagi mahsulotlar integratsiyasini soddalashtiradi. Ular tahlil va marketing xizmatlari yoki qo‘llab-quvvatlov xizmati yetkazib beruvchilari tomonidan taqdim etiladi. 

Telegram

Telegram — O‘zbekistondagi eng ommaviy messenjer, u butun dunyodagi foydalanuvchilar bilan muloqot qilish imkonini beradi, shuningdek audioqo‘ng‘iroqlar va videotranslyasiya ham mavjud. Messenjer foto, audio, video olish, guruh chatlarini yaratish, ko‘rish o‘z kanallarini yaratish va avtomatlashgan yordamchilar – botlardan foydalanish imkonini beradi. 550 mln.dan ziyod foydalanuvchilarga ega.

Televizion reklama

Televizion reklama. U internet-reklamaga qaraganda sezilarli darajada qimmat turadi, lekin turli yoshga mansub maksimal auditoriyani qamrab olish imkonini beradi.

TikTok

TikTok — qisqa vertikal videoni suratga olish, jonli efir yuritish va xabarlarni amalshish imkonini beruvchi mashhur ijtimoiy tarmoq. Foydalanuvchilar va brendlar “chellenj”larda (berilgan mavzuda video olishda) qatnashishlari va bir-birlarining roliklaridan foydalanishlari mumkin. TikTok’ning jahon auditoriyasi 2021-yil iyul oyiga 1 mlrd.dan oshib ketdi.

TikTok-uy

TikTok-uy — bir uyda yashovchi va muntazam kontent ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi TikTiok-blogerlar birlashmasi. 

Title tegi

Title tegi (sarlavha) – izlash servislariga va foydalanuvchilarga sahifangiz nima haqdaligini ma’lum qiluvchi HTML-unsur. Sarlavha uzunligi 70 belgidan oshmasligi lozim. Aynan u taqdimda havolaning nomi sifatida ishlatiladi.

TOFU, MOFU, BOFU

TOFU, MOFU, BOFU – o‘ramaning yuqori (top), o‘rta (middle) va quyi (bottom) sektori.

Trafik

Trafik — saytga forumlar, mavzuiy bloglar, ijtimoiy tarmoqlar, videoxostinglar va boshqa maydonchalardan o‘tgan noyob tashrif buyuruvchilar soni.

Tranzaksion so‘rovlar

Tranzaksion so‘rovlar – izlash tizimlarida muayyan mahsulotni sotib olishni yoki xizmatdan foydalanishni istovchi foydalanuvchilar kiritadigan so‘rovlar. Izlash servisiga tranzaksion so‘rov kiritib (“sotib olish”, “narx” va boshqa), foydalanuvchi maqsadli ravishda konkret tovarni izlaydi.  

Tred

Tred (thread) — boshlang‘ich xabarga javoblar ketma-ketligi, blog yoki forumdagi “muhokamalar shajarasi”. Odatda bu javoblar, ularni yagona mavzu yoki biror identifikator birlashtirsa, o‘zaro bog ‘liq ketma-ketlik ko‘rinishida bo‘ladi.

Trend

Trend (TikTok) — muayyan musiqani, harakatlar majmuini, vizual effektni va dunyoda (muayyan mintaqada) mashhur mavzuni o‘z ichiga olgan yoki muayyan ijtimoiy guruhga oid videoroolik g‘oyasi. 

Trigger

Trigger – foydalanuvchini muayyan harakatga undovchi usul. Triggerlar harakati insonning quvonch, qo‘rquv, g‘azab, istak va sh.k. bazaviy hissiyotlariga asoslangan.

Twitter

Twitter — mikro-bloglar Amerika servisi. Foydalanuvchilar 280 belgigacha bo‘lgan hajmga ega xabarlar (va ularga sharhlar) chop eta oladilar. Tasma foydalanuvchi obuna bo‘lgan odamlarning materiallaridan va boshqa foydalanuvchilarning tavsiyalari va faolliklaridan tarkib topadi. Xabarlar xeshteglar orqali mavzularga guruhlashadi. RF hududida bloklangan, taxminan 1 mln rossiyalik foydalanuvchiga ega.

UI

UI - (foydalanuvchi interfeysi) — interfeys qanday ko‘rinishi va qanday jismoniy xarakteristikalarga ega bo‘lishi. “Mahsulotingiz” qanday rangda bo‘ladi, foydalanuvchiga barmog‘i bilan tugmani bosish qulay bo‘ladimi-yo‘qligi, matnlarni o‘qish qanchalik qulay va h.k.ni belgilaydi. 

UX

UX (User eXperience — o‘zaro munosabatlar tajribasi) foydalanuvchining mahsulot bilan o‘zaro munosabati borasidagi amaliy tajriba, ya’ni interfeysingiz bilan ishlashda foydalanuvchi qanday taassurotlarga ega bo‘lishi. 

Veb-Forum

Veb-Forum (internet) — foydalanuvchilar tomonidan muayyan axborot almashinuvi va izlanishi maqsadida tashkil etilgan tematik onlayn-maydoncha.

Vijet

Vijet — kompyuter Ish stoliga, saytga yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifaga joylashtirilishi mumkin bo‘lgan ixcham ilova bo‘lib, foydalanuvchiga foydali funksional yoki qiziqarli axborot taklif etadi.

Virallik

Virallik — kontentning uning muallifi tomondan sa’y-harakatlarsiz – boshqa foydalanuvchilarning o‘zlari u bilan jon-jon deb o‘rtoqlashishlari tufayli keng tarqalish qobiliyati. Sodda qilib aytganda, bu matn/klip/mem/reklamaning “sarafanli radio” orqali tarqala olishi.

Virtual qahramon \inflyuenser

Virtual qahramon\inflyuenser — kompyuter grafikasi orqali yaratilgan, muayyan hayotiy tajribaga ega va ijtimoiy tarmoqlarda faol hayot yurituvchi personaj.

Virusli marketing

Virusli marketing – foydalanuvchidan foydalanuvchiga axborotni tarqatishga asoslangan internet-reklama turi. Virusli marketingning muhim jihati foydalanuvchilarning o‘zlari do‘stlari bilan baham ko‘rishni istaydigan kontentni yaratishdir.  

Virusli reklama

Virusli reklama – fitnakor mazmunga ega (ko‘pincha multimediaviy), shu sababli foydalanuvchilarning o‘zi tarmoqda tarqatadigan (o‘z bloglarida, do‘stlari bilan baham ko‘radigan) kontent yaratishni ko‘zda tutadi.

Vizual kontent

Vizual kontent — internetda matn bilan birga keluvchi barcha vizual axborot: fotosuratlar, rasmlar, chizmalar, videoroliklar, grafik dizayn, logotiplar va boshqalar.  

VK

VK — Rossiyadagi eng yirik va ommaviy ijtimoiy tarmoq. Ijtimoiy tarmoq o‘zi haqidagi axborotga ega profilni yaratish, fotosuratlar, audio va videoyozuvlar yuklash, qiziqishlarga ko‘ra hamjamiyatlar yaratish imkonini beradi, shuningdek messenjerni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, VK mini-ilovalar va servislar, masalan taom yetkazish, taksi buyurtirish, e’lonlar, pul jo‘natmalari, musiqa, o‘yinlar va translyasiya yordamida kundalik vazifalarni hal qilish uchun platforma sifatida o‘zini namoyon qiladi. VK 170 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega.

Vorkshop

Vorkshop – work – ish va shop - ustaxona. O‘quvchilar spikerni tinglabgina qolmay, olingan ko‘nikmalarni mustahkamlash uchun amaliy vazifalarni ham bajaradigan guruhdagi o‘quv tadbiri.

Xant tanilish zinasi

Xant tanilish zinasi – bu marketing modeli bo‘lib, unga muvofiq mijoz butkul bexabarlikda to xaridgacha yo‘lni olti qadamda bosib o‘tadi. Har bir qadam uchun yoki zina pillapoyasi uchun o‘ziga yarasha mijoz bilan ishlash vositalari va tamoyillari mavjud.

Xaridor portreti

Xaridor portreti (Buyer Persona) – taklifingizning ehtimoli eng yuqori xaridorlari haqida ma’lumotlar, jumladan demografiya, xobbi, qiziqishlar va iste’molchi xatti-harakatlari haqida axborot.

Xayp

Xayp – media-makonda voqea yoki shaxs atrofidagi, qoidaga ko‘ra ko‘proq e’tibor qaratish maqsadida sun’iy shishiriladigan ajiotaj, shov-shuv. Ingliz tilidagi “hype" – hissiy qo‘zg‘alish so‘zidan

Xeshteg

Xeshteg – # ramzidan keyingi ibora, u post mavzusini belgilaydi va uni izlashni soddalashtiradi.

Xeyter

Xeyter (hate) — infosabab yoki boshqa tomonning isbotlaridan qat’i nazar, brendga, shaxsga yoki hodisaga nafratini faol ifodalaydigan foydalanuvchi. 

Xost

Xost – bu atama bir necha ma’noga ega. Saytga muayyan vaqt oralig‘ida kirgan noyob (noyob IP-manzilli) tashrif buyuruvchi. Mahalliy tarmoqdagi, masalan, xonadondagi barcha qurilmalarning internetga ulanishida vosita bo‘luvchi aloqa bog‘lamasi.

Yandeks reklama tarmog‘i (YRT)

Yandeks reklama tarmog‘i (YRT) – hamkor saytlarda kontekstli e’lonlarni joylashtirish tizimi.

Yandeks.Direkt

Yandeks.Direkt — “Yandeks” va Yandeks reklama tizimi hamkorlarining saytlaridagi kontekstli reklama tizimi.

Yandeks.Metrika

Yandeks.Metrika  — Yandeks kompaniyasining veb-saytlariga tashrif buyurilishini baholash va foydalanuvchilar xatti-harakatlarini tahlil qilish uchun bepul internet-servisi.

Yangiliklar tasmasi

Yangiliklar tasmasi (News Feed) – ijtimoiy tarmoqdagi, foydalanuvchilar obunalari va ularning do‘stlari haqidagi axborot asosida shakllangan postlar ketma-ketligi.

Yashirin marketing

Yashirin marketing (Hidden Marketing - HM) – tovarlar va xizmatlar reklamasining shunday usuliki, unda iste’molchilar qarshilarida reklama ekanligini anglamaydilar. Barcha vositalar kompaniya mahsulotini gap orasida va ehtiyotkorlik bilan, iste’molchining ishonchiga kirish orqali ilgarilatishga yo‘naltirilgan. Qolaversa, yashirin marketing yuqori ko‘rsatkichlar barobarida, minimal xarajatlar talab qiladi.

Yashirin post

Yashirin post (dark post) — ijtimoiy tarmoqdagi chop etilmagan, muayyan auditoriya uchun reklama sifatida ilgarilatilayotgan va faqat unga ko‘rinadigan post. Bu postni organik izlashda topib bo‘lmaydi va u tasmada va akkaunt sahifasida aks etmaydi.

Yo‘nalish bozori

Yo‘nalish bozori – kompaniya yoki mahsulot e’tiborini qaratgan industriya sektori.

YouTube

YouTube — nihoyatda mashhur videoxosting va foydalanuvchilar soniga ko‘ra dunyoda ikkinchi o‘rindagi sayt. Videoxosting videomateriallarni yuklash, ko‘rish, baholash va sharhlash, shuningdek ulardan o‘z roliklarini yaratish imkonini beradi. Tarmoq filmlar, musiqali kliplar, yangiliklar, o‘quv ko‘rsatuvlari, videobloglar, letspleylar, hajviy dasturlar va boshqalarni taqdim etadi. Tavsiyalar foydalanuvchi qiziqishiga ko‘ra videolarni ko‘rsatadi.

Yuqori chastotali so‘rov

Yuqori chastotali so‘rov – so‘rov tizimlarida eng ko‘p so‘raladigan so‘zlar va mavzuga oid iboralar.