Kalit so'z

Kalit so‘z – tegishli kontekstda salmoqli ma’no yuklamasiga ega bo‘lgan va tegishli axborotni izlashda kalit bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan so‘z (so‘z birikmasi). 

Kam chastotali so‘rov

Kam chastotali so‘rov – izlash tizimlariga muayyan mavzu bo‘yicha eng kam kiritiladigan so‘rovlar. Qoidaga ko‘ra, 5-6 ta va undan ko‘proq so‘zdan iborat.

Kanban

Kanban – yapon tilidan kirib kelgan atama, so‘zma-so‘z “reklama shchiti, peshlavha” deb tarjima qilinadi. Agile uslubiyotining yondashuvlaridan biri. Kanbanning asosiy maqsadlaridan biri – muayyan lahzada bajariladigan ishning sonini kamaytirish (work in progress). Kanban muayyan belgilangan vazifani hal etishga mo‘ljallangan. Butun jarayon kanban-taxta yordamida namoyon etiladi, unda vazifalar va ularni amalga oshirish uchun nimalar kerakligi (bajarish navbati, dizaynni ishlab chiqish, ishlanmalar va boshq.) yozilgan. Idealda bir vaqt birligida faqat bitta vazifa bajarilishi lozim.

Kastomizatsiya

Kastomizatsiya – ommaviy mahsulotni individual buyurtmachining ehtiyojlariga moslashtirish

Keys-tadqiqot (Case Study)

Keys-tadqiqot (Case Study) – muayyan mavzu yoki tashkilotni batafsil o‘rganish jarayoni. Ko‘pincha bu muvaffaqiyat tarixi bo‘ladi.

Kiruvchi (tashqi) havola

Kiruvchi (tashqi) havola (Inbound Link) – tashqi resursdan saytingizga yo‘llovchi havola.

Klikbeyt

Klikbeyt (clickbait) — foydalanuvchining kutilmalariga muvofiq kelmaydigan, taqdim etilayotgan axborot bilan chuqurroq tanishish maqsadida havola orqali o‘tishga foydalanuvchini rag‘batlantiruvchi aldov mexanikasi. 

KMC/GDN

KMC/GDN (kontekstli-media tarmog‘i — Google Display Network) — Google hamkor-saytlarining tarmog‘i, ular bannerli va matnli-grafik (banner+matn) reklama uchun joylar taqdim etadi. 

Ko‘rish chuqurligi

Ko‘rish chuqurligi – foydalanuvchining bitta seansida saytning ko‘rilgan sahifalari soni. Metrika odamlar saytda qancha vaqt o‘tkazishini va darchani yopgunga qadar qanchalik ko‘p sahifani ko‘rib chiqishlarini aniqlash imkonini beradi. Sahifalar ko‘rilishi / Tanlangan davrdagi saytga tashriflar soni.

Ko‘rsatishlar

Ko‘rsatishlar – internet-resurs interfeysida foydalanuvchi ekranida kontent birligining namoyishi. 

Koll-markaz

Koll-markaz (call center) — mijozlarning kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlarini qayta ishlash xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyaning bo‘linmasi yoki alohida tashkilot.

Komyuniti-menejment

Komyuniti-menejment (community manager) — ijtimoiy tarmoqlardagi mavzuiy hamjamiyatni boshqarish bo‘yicha, mahsulot/brend/muammo/g‘oya atrofida sadoqatli foydalanuvchilar jamoasini shakllantirish va kengaytirishga qaratilgan harakatlar kompleksi. 

Kontakt nuqtasi

Kontakt nuqtasi – auditoriyaning kompaniya yoki uning xodimlari bilan bog‘lanishi nuqtasi.

Kontekst

Kontekst (contextus) — yozma yoki og‘zaki nutq (matn)ning umumiy mazmuni unga kiruvchi alohida so‘zlar, jumlalarning ma’nosini aniqlash imkonini beruvchi tugallangan parchasi.

Kontekstli reklama

Kontekstli reklama – mavzuiy saytlarda reklama e’lonlarini (matnli, grafik va/yoki havola ko‘rinishida) joylashtirish.

Kontent

Kontent (content) — resursning (masalan, veb-sayt yoki ijtimoiy mediadagi akkauntning) har qanday axborot salmog‘iga ega to‘ldiriluvi: matnlar, grafika, interfeys unsurlari, audio va video-fayllar, istalgan formatdagi fayllar va sh.k. kontent yo doimiy, yoki to‘ldirilib boruvchi bo‘lishi mumkin. 

Kontent-marketing

Kontent-marketing – iste’molchilarni jalb qilish maqsadida kontentni yaratish va tarqatishga asoslangan marketing strategiyasi. 

Kontent-reja

Kontent-reja — bu ijtimoiy media uchun nashrlar rejasi bo‘lib, unda postlarning sanalari, mavzulari va nashr uchun muhim bandlar aks etadi.

Kontentni boshqarish tizimi

Kontentni boshqarish tizimi (CMS) – foydalanuvchilarga kontent yaratish va ularni onlayn boshqarishda yordam beruvchi dastur, masalan, WordPress, Drupal.

Konversiya ko‘rsatkichi

Konversiya ko‘rsatkichi (Conversion Rate) – muayyan qadamni (xarid bo‘lishi shart emas) amalga oshirgan mijozlar foizi.

KPI

KPI (Key performance indicator) – kompaniyaning taktik va strategik maqsadlariga erishilganligini xolis baholashda yordam beruvchi miqdoriy ko‘rsatkichlar tizimi.  

Kreativ

Kreativ (creative) — mohiyatiga ko‘ra yangi madaniy yoki moddiy qimmatliklarning yaratilishi.

Krosskanalli marketing

Krosskanalli marketing (Cross-Channel Marketing) – bir yo‘llovning o‘zi bir necha mediada, masalan saytda va tashqi reklamada ilgarilatiladigan marketing strategiyasi.