MA maqsadli auditoriya

MA maqsadli auditoriya (target audience) — keng yoki tor (jins, yosh, geografiya, qiziqishlar, kasb, ma’lumot, oilaviy holat, u yoki bu guruhga mansublik va boshqa) belgilariga ko‘ra birlashgan va kompaniya yoki brend manfaatdor bo‘lgan foydalanuvchilar guruhi.  

Maqsadli auditoriya

Maqsadli auditoriya – marketing jamoasi ehtimoli eng yuqori xaridorlar deb belgilagani uchun kompaniyangiz jalb qilishga intiladigan insonlar guruhi. 

Marketing avtomatizatsiyasi

Marketing avtomatizatsiyasi – foydalanuvchilarga ular sodir etayotgan harakatlar va sayt bilan o‘zaro munosabat uslubi asosida kontentni intellektual va avtomatik yo‘llash jarayoni.

Marketing o‘ramasi

Marketing o‘ramasi – mijozingizning har bir qadami xaridni amalga oshirishga yaqinlashtiruvchi yo‘li.

Marketing trendi

Marketing trendi – turli industriya marketologlari foydalanadigan ommaviy strategiya yoki taktika.

Marketing-kit

Marketing-kit – kompaniya taqdimoti va uning xizmatlarini sotish vositasi. Qoidaga ko‘ra, bu kompaniya haqida to‘liq tasavvur beruvchi marketing materiallari komplektidir.

Marketingda ilgarilatish

Marketingda ilgarilatish (promotion) – talab ortishi va pirovardida, sotuvlar oshishiga qaratilgan marketing choralari kompleksi. 

Mashinaviy o‘qitish

Mashinaviy o‘qitish (Machine Learning) – sun’iy intellekt tarmog‘i, unda kompyuter vazifalarni bajarish davomida o‘rganadi va yig‘ilgan tajriba tufayli takomillashadi.

Matnning hissiy tahlili

Hissiyotlarni tahlil qilish - bu matndagi hissiy jihatdan yuklangan lug'atni, shuningdek, muallifning matnda muhokama qilingan obyektlar haqidagi fikrlarini (hissiy baholarini) avtomatik ravishda aniqlash uchun mo'ljallangan kontentni tahlil qilish usullari sinfidir.

Mavzu

Mavzu (Subject Line) – xabaringizdagi uning mazmunini ochib beruvchi satr.

Media-monitoring

Media-monitoring – bu monitoring obyekti (brend yoki shaxs) haqidagi tilga olishlarni kuzatish, qayd etish va interpretatsiyalashdir. Media-monitoringda butun digital-makon (ijtimoiy tarmoqlar, onlayn-OAV, mulohazalar saytlari, forumlar va sh.k.)da tilga olishlarni tadqiq qilish mumkin

Media-reja

Media-reja (media plan) — bu muayyan vaqt uchun reklama kampaniyalarining batafsil rejasidir. Unda reklama kanallari, maydonchalar, muddatlar, kampaniya maqsadlari va albatta byudjetlar va prognoz-natijalar – KPI aks etadi. Sodda qilib aytganda, media-reja – bu reklama byudjeti nimalarga sarflanadi va bu kompaniyaga foydalimi-yo‘qligini tushunish mumkin bo‘lgan jadvaldir.

Media-tahlil

Mediatahlil – obro‘ga doir xatarlarni aniqlash va tezkor munosabat bildirish, kompaniyani samarali ilgarilatish va maqomini mustahkamlash, kommunikatsiyaviy jarayonlarni qurish uchun kompaniyaning OAV va ijtimoiy mediadagi axborot faolligi va raqobat maqomini baholash.

Mehmon postingi

Mehmon postingi – tashqi havolalar olish usuli, bunda begona blog (sayt) uchun maxsus post yoziladi va unda saytingizga havola kiritib ketiladi.

Mem

Mem — insondan insonga verbal, noverbal, internet orqali o‘tadigan g‘oya, timsol yoki nomoddiy olamning boshqa obyektidir. Mem tashuvchi ichida ko‘rinishini o‘zgartirish, unga va umuman jamiyatga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 

Messenjer

Messenjer (messenger)— foydalanuvchilar o‘rtasida xabarlar almashish uchun mo‘ljallangan ilova yoki dastur. 

Meta-tavsif

Meta-tavsif (Meta Description) – izlash natijalarida sahifangizga havola ostida namoyon bo‘luvchi HTML-teg. Unda sahifa nima haqdaligi yoziladi, bu tavsif 320 belgidan oshmasligi lozim.

Meta-teglar

Meta-teglar – sayt html-sahifasining izlash tizimlari tomonidan sahifa mazmunini tahlil qilish va uning u yoki bu iboraga relevantligini aniqlash uchun ishlatiladigan xizmat maydonlari.

Mijoz yo‘li

Mijoz yo‘li (Customer Journey) – potensial mijozning mahsulotingiz xaridigacha sayohati. Unga iste’molchining tashkilot bilan barcha o‘zaro munosabatlari kiradi.

Mijozlar ketib qolishi

Mijozlar ketib qolishi (Churn Rate) – obuna yoki xizmatlardan voz kechgan mijozlar sonini aniqlovchi ko‘rsatkich.

Mikro-konversiya

Mikro-konversiya – foydalanuvchi maqsadli harakatni amalga oshirgunga qadar bosib o‘tadigan barcha oraliq bosqichlar. Masalan, internet-do‘konda xarid qilganda u saytga kiradi, katalogning muayyan sahifasiga o‘tadi, tovar xarakteristikasini o‘qiydi, tovarni savatga soladi, saytda ro‘yxatdan o‘tadi va yangiliklarga yoziladi, buyurtmani rasmiylashtiradi. Bu harakatlar zanjirining hammasi – mikro-konversiya. Mikro-konversiyani kuzatish xaridorning kayfiyatini tushunish va qaysi qadamda xarid uzilib qolishini tekshirish imkonini beradi.

Mikrosayt

Mikrosayt – mavzuiy brend kontenti uchun ikkinchi darajali sayt.

Minus-so‘zlar

Minus-so‘zlar – e’lonlarni nomaqsadli auditoriyaga namoyish etishni istisno qilish uchun kontekstli reklama sozlamalariga kiritib qo‘yiladigan so‘zlar jamlanmasi. Shunda izlash satriga minus-so‘zlarni kiritgan foydalanuvchilar reklama e’lonini ko‘rmaydilar. Minus-so‘zlar ro‘yxatini Yandeks Direkt va Google AdWords'da, kontekstli reklama parametrlarini sozlashda kiritish mumkin.

Mobil marketing

Mobil marketing – interaktiv ilgarilatish taktikasi bo‘lib, uning doirasida kontent mobil qurilmalarda ko‘rish uchun qulay tarzda qayta shakllanadi.

Moderatsiya

Moderatsiya (moderation) — hamjamiyat qatnashchilari yoki maydoncha foydalanuvchilari tomonidan belgilangan xatti-harakat va muloqot qoidalariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan nazorat choralari kompleksi. 

Monitoring

Monitoring — atrof-muhit va jamiyatda ro‘y beradigan, natijalari insonlar va iqtisodiy obyektlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha boshqaruv qarorlarini asoslashga xizmat qiladigan hodisalar va jarayonlarni doimiy kuzatish tizimi.

Mukofot ovchisi

Mukofot ovchisi – muntazam asosda tarmoqda turli tanlovlar qidirish va ularda qatnashish bilan shug‘ullanuvchi foydalanuvchilar. Buning usullaridan biri – ko‘plab foydalanuvchi akkauntlarini ochish va “ular nomidan” tanlovda ovoz berish. 

Multihavola

Multihavola — foydalanuvchining barcha messenjerlari, ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha ma’lumotlarni, harakatlanish uchun qo‘llaniladigan internet-xaritalarda manzil ko‘rsatish va, ayrim hollarda, hatto do‘kon, ofis yoki salon manzilini qo‘yish imkonini beruvchi havola. 

Multivariativ testlash

Multivariativ testlash (Multivariate Testing) – eng dolzarb formatni topish uchun bir xabarning turli formatlarini testdan o‘tkazish usuli. A/B testlashdan farqli ravishda, bu yerda bir unsur emas, bir vaqtda bir necha unsur o‘zgaradi.

Munosabat

Munosabat – foydalanuvchining ijtimoiy mediadagi kontentga nisbatan o‘z kayfiyati va hissiyotlari (ijobiy va salbiy)ni aks ettirishi, u maxsus tugmaga bosish va tegishli grafik tasvirni tanlash orqali ifodalanadi. Facebook, Odnoklassniki, Youtube uchun relevant.