O‘rtacha chastotali so‘rov

O‘rtacha chastotali so‘rov – yuqori chastotali so‘zlarga qaraganda izlash tizimlarida kamroq beriladigan, lekin nolga tushib qolmaydigan so‘rovlar. 

Obunachi

Obunachi (follower) — ijtimoiy mediadagi sahifa yoki akkauntga qiziqish bildirgan va internet-resursning translyasiya mexanizmlari orqali ushbu manbadan kontent yangilanishlarini olishga faol istak bildirgan foydalanuvchi. 

Ochilish ko‘rsatkichi

Ochilish ko‘rsatkichi (Open Rate) – bir tarqatmada sizning xabaringiz necha marta ochilgani.

Ochiqlik davomiyligi

Ochiqlik davomiyligi (Open Length) – foydalanuvchi tomonidan xabar ochilgandan to uning yopilguniga qadar o‘tgan vaqt.

Odnoklassniki

Odnoklassniki — VKga tegishli ijtimoiy tarmoq, dunyoda ommaviyligi bo‘yicha 50- o‘rindagi sayt. Odnoklassniki platformasida video, musiqa, o‘yinlar va onlayn-servislar mavjud. Bu maydonchada 14 mln.dan ko‘p guruhlar ro‘yxatdan o‘tgan.

Ofset

Ofset – tasvir bevosita emas, balki oraliq tashuvchi orqali tushiriladigan bosma usuli. Odatda rux yoki alyumin listdan tasvir rezinaga va shundan keyingina qog‘ozga tushiriladi.

Og‘riqli nuqtalar

Og‘riqli nuqtalar (Pain Points) – sizning maqsadli bozoringiz yo‘liqadigan, ularni mahsulot yoki xizmatga olib kela oladigan muammolar.

OLV

OLV (OnLine Video) — bu asosiy video namoyishidan oldin, orada va keyin qo‘yiladigan reklama roliklari. OLV-reklamaning yaxshi tomonlari – virusli ilgarilatish, roolik samaradorligini tahlil qilish imkoniyati, bittada bir necha maqsadga erishish (mahsulot sotish, mijozlarni jalb qilish, brend taniqliligini oshirish).

Omnikanal marketing

Omnikanal marketing (Omnichannel) – bir necha kanallarda ilgarilatish.

Oq kitob

Oq kitob (White Paper) – muayyan pozitsiyani bayon etuvchi yoki maqsadli auditoriya muammosini hal qiluvchi hujjat.

Organik trafik

Organik trafik – saytga reklama yoki pullik kontent tufayli emas, balki organik izlash natijasi orqali kelgan foydalanuvchilar.

ORM

ORM (Online Reputation Management — internetda obro‘ni boshqarish) — obro‘ni boshqarish ishlarining to‘laqonli kompleksi. ORMning asosiy vazifasi – obro‘ga oid xatarlar yuzaga kelishini nazorat qilish, salbiy fikrlarni aniqlash va qarshi turish, Tarmoqda brendga sadoqatni shakllantiruvchi kontentni tarqatish, PR-maqsadlarni qo‘llab-quvvatlash va marketing kampaniyalariga qiziqishni kuchaytirish. 

Ovoz ulushi

Ovoz ulushi (Share of Voice) – muayyan sohadagi, raqobatchilarning ko‘rsatkichlariga qiyosan sizning brendingizga to‘g‘ri keluvchi muhokamalar foizi.