PESO

PESO — reklama kommunikatsiyalarini yaratishni rejalashtirishga yordam beruvchi marketing modeli: g‘oya ishlab chiqishdan joriy etish kanalini tanlashgacha: P — paid (pulli kommunikatsiyalar): pulli reklamani joylashtirish va pul evaziga o‘z brendiga e’tibor jalb qilish mumkin bo‘lgan kanallar. E — earned (bepul kommunikatsiyalar): brend bepul tilga olinadigan maydonchalar. Brendni to‘g‘ridan-tio‘g‘ri reklama qilmaydigan, shunchaki uni tilga olib o‘tadigan nativ joylashtiruvlar. Foydalanuvchilarda reklamaga qaraganda ko‘proq ishonch uyg‘otadi. S — shared (ijtimoiy media): brend haqidagi axborot bilan o‘rtoqlashiladigan kanallar. Kompaniya ijtimoiy tarmoqlarda yoki blog-paltformalarda o‘z loyihalari haqida mustaqil so‘zlab berishi yoki kompaniyaning mulohazalari, keyslari, matnlari bilan mijozlar o‘rtoqlashishlari mumkin. O — owned (o‘z maydonlari): brend butunlay nazorat qiladigan va qaysi axborotni, qanday ko‘rinishda chop etish kerakligini belgilaydigan maydonchasi.

Pessimizatsiya

Pessimizatsiya – optimizatsiyaning taqiqlangan usullaridan foydalanganlik yoki izlash tizimining boshqa qoidalarini buzganlik uchun izlash so‘rovi yoki saytning maqomini jami bir necha maqomga pasaytirishdan iborat izlash jazosi. 

Pinterest

Pinterest — onlayn-manbalardan olingan tasvirlarni topish, saqlash, kolleksiyalash va almashish uchun mo‘ljallangan ijtimoiy internet-servis. Tasvirlarni kolleksiya-“taxtalar”ga (boards) qadab qo‘yadilar (pin). Biznes uchun “pinlar” kataloglari orqali tovarlarni sotish imkoniyati bor. Jami oyiga 430 mln.dan ortiq foydalanuvchi.

Plaginlar

Plaginlar – tayyor dasturlarga qo‘shimchalar, ular foydalanuvchilarga foydali biror alohida opsiyani qo‘shish zaruriyatiga ko‘ra yoziladi. 

Podkast

Podkast (Podcast) – muayyan yo‘nalish, mavzu yoki sohaga bag‘ishlangan audio-shoular seriyasi.

Post

Post — blogdagi xabar. Post qo‘yish – xabar yozish. 

PPC

PPC (pay-per-click) – kompaniya o‘z resurslarini reklama qiladi va havola orqali har bir o‘tish uchun pul to‘laydi.

Prexeder

Prexeder (Pre-header) – mavzudan keyin keladigan, xabar ochilishidan oldin ko‘rinadigan qisqacha tavsif.

Profil shapkasi

Profil shapkasi – foydalanuvchi nikneymi yonidagi, o‘zi haqidagi qisqa qo‘shimcha axborot joylashtirish uchun axborot bloki.