Ijtimoiy graf

Ijtimoiy graf — ijtimoiy tarmoqlarning asosiy aktivi. Grafning bog‘lamalari ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilar akkauntlari, qovurg‘alari esa – ular o‘rtasidagi aloqa. Grafda post mashhurligi kaskadini yoki axborot kaskadini kuzatish mumkin. U bog‘lamalar o‘zlariga bog‘langan bog‘lamalarni muayyan ehtimollik bilan faollashtirishidir.

Ijtimoiy ma’qullash

Ijtimoiy ma’qullash (Social Proof) – ijtimoiy va psixologik fenomen, unga ko‘ra, ko‘pchilik foydalangani yoki ko‘plab foydalanuvchilarga yoqqani uchun foydalanuvchilar mahsulot yoki kontentga ishonch bildiradilar (bunda ular layklar, repostlar va obunalarga, mulohazalarga tayanadilar).

Ijtimoiy media kampaniyasi

Ijtimoiy media kampaniyasi - bu foydalanuvchilarni harakat qilishga undaydigan bitta xabarga asoslangan bir qator postlar.

Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlar – foydalanuvchilarning muloqoti uchun mo‘ljallangan va o‘z fikrini ifodalash, ko‘ngil ochish hamda axborot olishning kompleks imkoniyatlarini taqdim etuvchi internet-resurslar. Ijtimoiy tarmoqlarning asosiy xususiyati anonimlikdan qochishga intilishdir. Ijtimoiy tarmoqlarga misollar: Facebook, Instagram, Vkontakte, Odnoklassniki. 

Ijtimoiy tarmoqlardagi sotuvlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sotuvlar (Social Selling) — ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar bilan kommunikatsiya tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali sotuvlarni rag‘batlantirish (jumladan, qiziqtirgan savollarga javob berish, xaridorga tegishli kontentni taklif etish va keyin uni tovar yoki xizmatlar xaridigacha olib borish). 

Ijtimoiy tugmalar

Ijtimoiy tugmalar – saytga tashrif buyurganlarga ushbu tarmoqdagi o‘zlariga yoqqan materialni chop etish imkonini beruvchi u yoki bu tarmoq logotipili suratchalar. 

Ilgarilatish

Ilgarilatish (Brandformance) – imijli maqom egallash (branding)ni tovarni jalb qiluvchi kommunikatsiya (performance) bilan uyg‘unlashtiruvchi reklama yo‘nalishi. Bugungi kunda ushbu yondashuv kompaniyaning sezilarli o‘sishi va sotuvlar ortishi imkonini bermoqda.

Inbound-marketing

Inbound-marketing – marketing strategiyasi bo‘lib, uning doirasida mijozlar sayohatning har bir bosqichida foydali va axborotli kontent yordamida jalb qilinadilar.

Inflyuenser

Inflyuenser (Influencer) – sizning potensial mijozlaringiz obuna bo‘lgan, sizga mahsulotni ilgarilatishda yordam beradigan ijtimoiy tarmoqlarda mashhur shaxs.

Infosabab

Infosabab (newsbreak, inject — axborot sababi) — auditoriyada qiziqish uyg‘otuvchi va ijtimoiy mediada yoki ommaviy axborot vositalarida jamoatchilikka ovoza bo‘luvchi voqea. 

Instagram

Instagram – Meta kompaniyasining ijtimoiy tarmog‘i. Ilova foydalanuvchilarga xeshteglar va geografik belgilar qo‘yib foto, video, 24 soatdan keyin o‘chib ketadigan “tarix”lar yuklash imkonini beradi. Brendlar tovarlarini bevosita sota oladilar. Foydalanuvchilar postlarga layk bosishlari va o‘z tasmalarini shakllantirish uchun boqshalarga obuna bo‘lishlari mumkin. Reels qisqa roliklariga alohida urg‘u berilgan. 

Interaksiya

Interaksiya (interaction) — foydalanuvchining kontent bilan har qanday o‘zaro munosabati (layk, sharh, repost, savol, xabar, saqlab qo‘yish, hamjamiyatga, akkauntga obuna va boshq.). 

Ishonch telefoni

Ishonch telefoni - bu xaridorlar sotuvchi bilan bepul bog'lanishlari mumkin bo'lgan aloqa liniyasi.

Iste’molchi insayti

Iste’molchi insayti (Customer Insight) – maqsadli auditoriyangizning xatti-harkatlaridagi qonuniyatlar sharhi, uni marketologlar o‘z yo‘llovlarini dolzarblashtirishda ishlatadilar.