Sahifalash

Sahifalash – dizayn elementlari maketdagiga o‘xshash chiqishi uchun ishlab chiqilgan maketga muvofiq brauzer darchasida joylashadigan veb-sahifa (tasvir, matn va sh.k.) html-kodining tuzilmasini yaratish. 

Sahifani optimizatsiyalash

Sahifani optimizatsiyalash (On-page Optimization) – sahifaning title-teglar, meta-tavsif va boshqa unsurlarini uning darajalanishini yaxshilash uchun o‘zgartirish.

Schema Markup

Schema Markup – izlash natijalariga foydalanuvchini havola orqali o‘tishga rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha metama’lumotlarni qo‘shish usuli.

Segmentatsiya

Segmentatsiya – email-ro‘yxatni muayyan toifalarga taqsimlash usuli. Asos sifatida istalgan ko‘rsatkichlar, masalan, demografik ma’lumotlar, harakatlar va sh.k. olinishi mumkin. 

Semantik yadro

Semantik yadro – matnli kontent yordamida saytni ilgarilatish uchun ishlatiladigan so‘zlar, so‘z birikmalari majmuasi. Bu so‘zlar ilgarilatilayotgan kompaniya faoliyatiga bevosita aloqador bo‘lishi lozim, chunki SEO-optimizator ishining natijasi ko‘p jihatdan aynan semantik yadroga bog‘liq bo‘ladi. 

SEO

SEO (Search Engine Optimization — izlash optimizatsiyasi) — maqsadli izlash so‘rovlari bo‘yicha saytning izlash tizimlarida ko‘rinishini oshirish bo‘yicha kompleks choralar, shuningdek saytga tashrif buyurishlarni oshirish uchun izlash tizimlari taqdim etishi natijalarida saytning maqomini yaxshilashga qaratilgan jami ishlar. 

SEO-ilgarilatish

SEO-ilgarilatish – mavzuiy so‘rovlar bo‘yicha taqdim etishda saytni yuqoriga ko‘tarish uchun izlash optimizatsiyasi

SEO-maqola

SEO-maqola – o‘quvchi uchun qiymatga ega, lekin birinchi navbatda izlash tizimlariga – tegishli so‘rovlarda birinchi qatorlarda aks etishga mo‘ljallangan optimizatsiyalangan matn. 

SERM

SERM (Search Engine Reputation Management) — izlash tizimlarida obro‘ni boshqarish. Nomaqbul axborotni imkon qadar pastroqqa tushirib yuborib, maqbul ma’lumotni chop etish orqali izlash taqdimida kompaniya, tovar yoki xizmat haqida ijobiy manzarani shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi. 

SERP

SERP (Search Engine Results Page) — foydalanuvchi so‘roviga javob sifatida izlash tizimi tomonidan shakllantirilgan internet-sahifa. 

Sharhlar

Sharhlar (commentarius) — axborot maydonchasidagi muhokamalar zanjirida foydalanuvchi qoldirgan xabar.  

Shaxsiy brend

Shaxsiy brend (personal branding) — muayyan shaxs atrofida yaratilgan brend, OAV va bloglarda shaxs haqida nashrlar chop etish, ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy sahifalar yuritish, ommaviy chiqishlar va boshqa vositalar orqali jamiyatda muayyan subyekt haqida tasavvurlarni tizimli yaratishni nazarda tutadi. 

Shaxsiy xabar SHX

Shaxsiy xabar SHX (private message) — onlayn-hamjamiyatlar va mobil chatlar/ilovalardagi aloqa turi, unda xabar faqat muayyan qabul qiluvchi yoki odamlar guruhi tomondangina ko‘rilishi yoki o‘qilishi mumkin. 

Slug

Slug – URLning izlash servislariga bir postni boshqasidan ajratishga yordam beruvchi qismi. U veb-sahifaning o‘ziga xos xaritasidir.

SM Indeks

SM Indeks – SMM samaradorligining ko‘rsatkichi. Ijtimoiy platformalardagi barcha tilga olishlarni hisobga oladi, har bir tilga olish uchun maydonchaning obro‘si va muayyan xabarning jalb qilinganligi aniqlanadi. Indeks 0 dan 1000 bandgacha bo‘lgan shkalada taqsimlanadi. 

SM Influence

SM Influence – ijtimoiy media ta’sir kuchining indeksi. Ko‘rsatkich akkauntning jami jalb qilinganligini va bir oydagi postlar sonini hisobga oladi. Indeks 0 dan 1000 bandgacha farqlanadi. 

SMART-maqsadlar

SMART-maqsadlar — maqsadlarni belgilash uslubi. U real va o‘lchab bo‘ladigan maqsadni shakllantirish, unga erishish muddatlarini va zarur resurslarni belgilash imkonini beradi. S — Specific — aniq; M — Measurable — o‘lchab bo‘ladigan; A — Achievable — erishsa bo‘ladigan; R — Relevant — salmoqli; T —Time bound — vaqtda chegaralangan.

SMM

SMM (Social Media Marketing) — ijtimoiy mediadan kompaniyalarni ilgarilatish va biznes-vazifalarni hal etish uchun kanal sifatida foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi. Bular ijtimoiy tarmoqlarda, mavzuiy forumlarda, hamjamiyatlarda va bloglardagi auditoriya bilan yashirin va ochiq o‘zaro munosabatlar vositalaridir. Maqsadli auditoriyaga aniq ta’sir ko‘rsatish, ushbu auditoriya taqdim etilgan maydonchalarni va u bilan muloqotning eng mos usullarini tanlash imkonini beradi. Ijtimoiy mediada qo‘llaniladigan marketing taktikasi foydalanuvchilarni brend yaratgan kontent elementlarini bir-birlariga tarqatishga yoki brendni do‘stlar safiga qo‘shishga rag‘batlantiradi.

SMO

SMO (social media optimization) — saytni turfa ko‘rinishdagi mazmun (suratlar, video, audio) bilan boyitish orqali saytni ijtimoiy media uchun optimizatsiyalash, plaginlar, vijetlar, sayt va ijtimoiy media o‘rtasida qulay o‘tishlar uchun tugmalar o‘rnatish.  

SMS-tarqatmalar

SMS-tarqatmalar. Uyali aloqa operatorlari abonentlariga reklama beruvchining taklifidan iborat reklama xabarlari tarqatiladi.

Snapchat

Snapchat —cheklangan vaqt davomida foydalanish mumkin bo‘lgan foto va vertikal videoli xabarlar almashinuvi, shuningdek yarim ommaviy “tarix”larning Amerika servisi. Brendlar uchun reklamali qisqacha kontent ochiq. Jami oyiga 538 mln foydalanuvchi.

Snippet

Snippet – izlash taqdimida havolaning yonida aks etadigan matnli axborot parchasi. Boshqacha aytganda, bu izlash so‘roviga relevant bo‘lgan sayt sahifasining qisqacha tavsifidir. 

Social listening

Social listening – nafaqat brend atrofida, balki butun tarmoqda ro‘y berayotgan muhokamalar va ijtimoiy mediadagi tendensiyalarning tahlili va bu g‘oyalarni yanada samarali marketing yechimlari uchun ishlatish. 

Soft Bounce

Soft Bounce – jo‘natilgan, lekin ochilmay turib jo‘natuvchiga qaytgan xabar. Bu qabul qiluvchining papkasi to‘lib qolgandan yoki xabar tarmoq ma’muri tomonidan rad etilganidan yuzaga kelishi mumkin.

SOSTAC

SOSTAC – quyidagi 6 ta majburiy komponentlarga asoslangan marketing strategiyalarini samarali rejalashtirish modeli: Situation analysis – joriy vaziyat tahlili; Objectives – erishilishi lozim bo‘lgan maqsad; Strategy – maqsadga erishish strategiyasi; Tactics – maqsadga erishish uchun qo‘llaniladigan taktika; Action – konkret harakatlar, vazifalar va muddatlar; Control – maqsadga erishilganini qanday, qaysi ko‘rsatkichlarga ko‘ra tushunish nazorati.

SOV

SOV (Share of Voice) – ovoz ulushi (shuningdek axborot faolligi darajasi, axborot maydonidagi ulush, xabarlar soni, yodga olishlar soni, mediafaollik va sh.k.). ijtimoiy tarmoqlarda ovoz ulushi qancha odam brend haqida gapirayotganligini aks ettiradi va tarmoqda yoki muayyan raqobatchilar guruhida umumiy tilga olinishlardan foiz sifatida o‘lchanadi – SOV bitta axborot makonida, brendingizning boshqa brendlar bilan qiyosiy namoyon bo‘lishi chastotasini ko‘rsatadi.

Soyali ban

Soyali ban (shadow ban) — onlayn-maydoncha algoritmlari bilan ijtimoiy tarmoqdagi foydalanuvchi imkoniyatlarining norasmiy to‘liq yoki qisman cheklanishi, bu haqda, qoidaga ko‘ra, foydalanuvchining o‘zi bilmaydi.  

Spam-filtr

Spam-filtr (Spam Trigger) – email-xabardagi, uning spamga tushib qolishiga sabab bo‘luvchi so‘z. Shuning barobarida, bunday triggerlarni istisno qilish xatingiz yetib borishini kafolatlamaydi.

Storis (Stories)

Storis (Stories) — ijtimoiy mediadagi foto, qisqa videoroliklar yoki interaktivni ko‘zda tutadigan, avtomatik ravishda 24 soatdan keyin o‘chib ketadigan kontent formati. 

Storitelling

Storitelling – kontentni foydalanuvchiga tarix ko‘rinishida taqdim etish formati, u tadqiqotni, muqobil nuqtai nazarni, birinchi shaxs nomidan hikoyani, infosababga bog‘liqlik va sh.k.ni o‘z ichiga olishi mumkin.

Strategiya

Strategiya – tashkilotning barcha maqsadlarini va ularga erishish yo‘llarining tavsifini birlashtiruvchi batafsil reja.