TAF!24 xalqaro reklama konferensiyasi spikeri

09 Октябрь, 2024

TAF!24 xalqaro reklama konferensiyasi spikerini taqdim etamiz

12-oktyabr
“Anhor” parki karting markazi

Baxtiyor To‘xtaev, marketolog, tadbirkor, o‘qituvchi va O‘zbekiston Marketing uyushmasi raisining o‘rinbosari.

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetini, Ispaniyada moliya bo‘yicha va Buyuk Britaniyada Marketing kommunikatsiyalar yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomladi. Toshkentda qator biznes-loyihalarni rivojlantirishda qatnashdi: Bon, East-Telecom, Clarion, Makro va boshqalar. INHA, Webster, UDEA, TIUE, WIUT, Yeoju va MDISTda yetakchi o‘qituvchi.

Baxtiyor – FIVE5 AGENCY kompaniyasining rahbari, uning mijozlari qatorida Hoffman, OqTepa Lavash, Maestro, Madad, Elite Electronics, Europrint, Fourgreen kabilar mavjud.

Ma'ruza mavzusi:
O‘zbekiston marketologlari indeksi

Konferensiyaning barcha spikerlari va ko‘rgazma qatnashchilar – TAF! 24 saytida
Chiptalar – iticket.uz saytida
Chipta narxi – 300 000 so‘m.

Savollaringizga javob beramiz:
+998 97 402 28 20