Ekspertlar to'g'risidagi nizom

O‘ZBEKISTON MARKETING UYUSHMASI EKSPERTLARI VA EKSPERT-USTOZLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOM

O‘zbekiston marketing uyushmasi ekspertlari – bu mashhur brendlarning marketingda salmoqli yutuqlarga ega bo‘lgan rahbarlari va marketologlari, Uyushma tadbirlarining ma'ruzachilari va hay'at a'zolaridir.

O‘zbekiston marketing uyushmasi ekspert-ustozlari – bu Uyushmaning ta'lim dasturlaridagi  yoki Uyushmaning biror qo‘shma ta'lim dasturlaridagi chiqishlari yoki mahorat saboqlari orqali o‘zlarining marketing sohasidagi amaliy tajribalari va bilimlarini muntazam asosda baham ko‘radigan Uyushma ekspertlaridir.

Ekspertlik va ekspert-ustozlik faxriy nomlari bir marta beriladi va muddatsiz sanaladi.

Ekspertlar va ekspert-ustozlar Uyushmaning maxsus diplomlari yoki hurmat belgilari bilan taqdirlanadi. Ekspert faxriy nomini berish Uyushma Boshqaruvidagi ovoz berish yakunlariga ko‘ra, oddiy ko‘pchilik ovoz bilan amalga oshiriladi.

Ekspert faxriy nomiga nomzodlar Uyushma eksperti, Uyushma boshqaruvi va boshqaruv raisi tomonidan tavsiya etilishi mumkin.

Ekspert-ustoz faxriy nomini berish qo‘shma ta'lim dasturlari yoki Uyushmaning ta'lim dasturlari tomonidan nomzod taqdim etilishi orqali, nomzodning ushbu dasturlardagi ishtirokiga ko‘ra, shuningdek, Uyushma boshqaruvi raisining tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi va ovoz berishsiz tasdiqlanadi.

Ekspertlar va ekspert-ustozlar to‘g‘risidagi axborot marketing.uz saytida va Uyushmaning axborot resurslarida chop etiladi.

Uyushma ekspertlari va ekspert-ustozlari quyidagi huquqlarga ega bo‘ladilar:

Uyushma tadbirlarida bepul qatnashish.

  • Marketing klubi yig‘ilishlarida ma'ruzachi sifatida chiqish qilish.
  • Ham o‘z yutuqlari to‘g‘risida, ham o‘z brendlari yutuqlari to‘g‘risida Uyushma axborot resurslarida axborot joylashtirish.
  • Uyushma qo‘shma dasturlarda qatnashadigan bo‘lsa, sheriklarning roziligi bilan, imtiyozlar olish.

Uyushma ekspertlari va ekspert-ustozlarining majburiyatlari:

  • Belgilangan namunadagi diplomga ega bo‘lish.
  • Saytda va Uyushma axborot resurslarida chop etish uchun kerakli axborotni taqdim etish.
  • O‘z ish joyi va lavozimidagi o‘zgarishlar haqida Uyushmani o‘z vaqtida xabardor qilish.

Ekspert yoki ekspert-ustoz o‘z ish joyi yoki lavozimini o‘zgartirganda, ekspert yoki ekspert-ustoz faxriy nomi saqlanib qoladi.

Ekspert yoki ekspert-ustoz nomidan mahrum qilish Uyushma boshqaruvi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.