Marketologlar uchun

Test o‘tkazish, sertifikatsiya

Marketologning professional darajasini anday aniqlash mumkin? Shubhasiz, professionalizmning eng asosiy ko‘rsatkichi – bu muvaffaqiyatli keyslardir. Ammo ba'zida mutaxassis bilimining naqadar chuqurligini aniqlash mexanizmi kerak bo‘ladi. Ya'ni, marketolog uchun o‘ziga xos IELTS. Biz marketologlar uchun sertifikatsiya mexanizmini joriy qilishni rejalashtirganmiz. Shunda siz o‘z bilimlaringizni hujjatlar bilan asoslay olasiz va navbatdagi ish beruvchini tanlayotganingizda faxrlana olasiz.