Reytinglar

O‘zbekiston marketing Uyushmasining brendlar va agentliklar marketing samaradorligi reytingi va agentliklar kreativligi jamlama reytingi

Marketing samaradorligi reytingi – bu Marketing Uyushmasining har yilgi brendlar va agentliklar reytingi bo‘lib, u O‘zbekistonda keyingi ikki yilda marketing sohasida eng samarali kompaniyalarning professional yutuqlarining natijalarini aks ettiradi va bozorda o‘z maqomiga ega bo‘lish hamda ilgarilashning to‘g‘ri strategiyasini xolis baholashning yagona umume'tirof etilgan vositasi sanaladi.

Marketing samaradorligi reytingining maqsadlari

Reyting eng samarali marketing strategiyalariga oid qarorlar va natijalarni baholash imkonini beradi;

O‘zbekiston hududida sifatli professional xizmatlar buyurtmachilari va yetkazib beruvchilarining shaffof bozorining shakllanishiga xizmat qiladi;

Brendlar va agentliklar tomonidan marketing vositalaridan foydalanish muvaffaqiyatining indikatori sanaladi.

Reyting ishtirokchilari

O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini rasman amalga oshiruvchi har qanday brend va agentlik marketing samaradorligi reytingining ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston marketing uyushmasi reyting ishtirokchilari ro‘yxatini mustaqil ravishda, ochiq foydalanishda mavjud ma'lumotlar asosida, shuningdek brendlar va agentliklardan kelib tushgan, ularning O‘zbekiston va chet eldagi professional tanlovlardagi ishtiroki va g‘alabasi haqidagi arizalari bo‘yicha shakllantiradi

Brendlar va agentliklar uchun reytingda qatnashish – bepul.

Brendlar va agentliklar – reyting ishtirokchilari sifatida

Marketing reytingida «brend» atamasi ostida reklama qilinayotgan brendlar sohibi bo‘lgan kompaniyalar nazarda tutiladi.

«Agentliklar» atamasi ostida loyiha ijrochilari (vendorlari) bo‘lgan kompaniyalar ko‘zda tutiladi.

Reytingni shakllantirish

Ro‘yxatdagi har bir professional tanlovga (keyingi slaydga qar.), uning obro‘li va murakkablik darajasiga qarab, koeffitsient beriladi.

Har bir sovrin quyidagi ballar bo‘yicha baholanadi: short-list- 1, bronza – 3, kumush – 5, oltin – 9, gran-pri – 15;

Keyin sovrin uchun ball tanlov koeffitsientiga ko‘paytiriladi. Brend yoki agentlik tomonidan to‘plangan ballar jamlanadi va reyting jadvaliga chiqariladi;

Sovrinli o‘rin egallagan tanlov ishtirokchisiga short-list uchun ball hisoblanmaydi;

Keyingi yil reytingini shakllantirishda bitta oldingi yil uchun to‘plangan ballar 0,5 koeffitsientiga pasaytirib hisobga olinadi.

Masalan. Brend TAF!21 da kumush sovrin oldi. Bu unga 10 ball beradi. Keyingi yil boshida u reytingda noldan emas, 5 balldan boshlaydi. Yil davomida tanlovlarda qatnashish va/yoki g‘alabalar yil boshidagi boshlang‘ich ballarga qo‘shiladi. Reyting yangilanishi ishtirokchilar tomonidan arizalar yoki axborotlar taqdim etilishiga yoxud reyting tanlovlar ro‘yxatiga kiritilgan tanlovlar, festivallar va mukofotlar natijalariga qarab amalga oshiriladi.

Reyting tanlovlari koeffitsienti

  • Cannes Lions (Fransiya) 25
  • Effie Global 24
  • D&AD (Buyuk Britaniya) 20
  • Effie Europe 18
  • Clio Awards (AQSh) 17
  • WARK 16
  • Epica Awards (yevropa) 15
  • Golden Drum (Sloveniya) 15
  • Red Dot (Germaniya) 15
  • Penrawards (Belgiya) 12
  • Effie Russia (Rossiya) 10
  • Ad Stars (Janubiy Koreya) 10
  • Spikes Asia (Singapur) 10
  • Red Apple (Rossiya) 8
  • Ad Black Sea (Gruziya) 6
  • White Square (Belorus) 6
  • KIAF (Ukraina) 5
  • Red Jolbors (Qirg‘iziston) 4
  • Mixx Russia (Rossiya) 3
  • Silver Mercury (Rossiya) 3
  • TAF! (O‘zbekiston) 2
  • Yil brendi (O‘zbekiston) 2
  • EMBRAS (O'zbekiston) 2
  • UMSMM (O'zbekiston) 2