2025-yilda qanday yangi imkoniyatlar va loyihalar rejalashtirmoqda?

25 Декабрь, 2024

O‘zbekiston marketing uyushmasi 2025-yilda qanday yangi imkoniyatlar va loyihalarni rejalashtirmoqda?

Bizneslar rahbarlari va marketologlar, marketing agentliklari! Sizlar uchun keng ko‘lamli loyihalar tayyorlamoqdamiz, ular sotuvlarni va mijozlar sonini karrasiga ko‘paytirish, biznesning daromaddorligini va taniqliligingizni oshirish imkonini beradi!

Sizga ma'lum barcha tadbirlar yangicha formatda o‘tadi:

Tashkent Marketing Forum 15-16 fevralda, birinchi marta 7 ta zalda, 8 ta seksiyada va 70 nafar spiker ishtirokida o‘tadi.

«Yil brendi» mukofoti Brand Awards International'ga aylanadi, unda turli mamlakatlardan ishtirokchilar qatnashadilar hamda sifatli tahlil va brend qiymatining baholanishiga ega bo‘ladilar, shuningdek 3-maydagi taqdirlash marosimida barcha ishtirokchilar uchun maxsus sovrinlar topshiriladi.

Biznes sohiblarining eng dolzarb savollariga javob beradigan ekspertlarni jamlagan MAKON biznes-forumi 3-mayda bo‘lib o‘tadi.

TAF!25 festivali xalqaro maqomga ega bo‘ladi va 35 ta nominatsiyada O‘zbekiston hamda boshqa mamlakatlardagi yetakchi brendlar va agentliklardan arizalar qabul qiladi. Festival 11-oktyabrda o‘tkaziladi.

  • O‘zbekistonning 25 ta yo‘nalishda marketing xizmatlarini ko‘rsatuvchi agentliklari har yilgi xaritasining birinchi 5 000 ta nusxasini tarqatamiz.
  • Noyob Marketologlar indeksi platformasini ishga tushiramiz, u yerda barcha marketologlar – endi ish boshlaganlardan to ekspertlargacha – professional toifa olishlari, ish topishlari, o‘z konsultatsiyalarini sotishlari, brendlar esa o‘zlariga mos marketolog topishlari mumkin.
  • Biznes sohiblari uchun marketing haqida o‘zbek tilidagi ilk kitobni yakunlaymiz va chop etamiz, u 20 ta eng ko‘p so‘raladigan savollarga javoblarni, testlar, o‘yin va O‘zbekistonning yetakchi brendlarini o‘z ichiga oladi.

Ushbu olamshumul loyihalar uyushmaning 200 ta hamkorining faol qo‘llab-quvvatlashi tufayli ro‘yobga chiqadi va biz yangi takliflar hamda hamkorlikka doim tayyormiz!

Biznesni rivojlantirish kanali