Qanday qilib TAF!25 spikeri bo‘lish mumkin?

11-oktyabrda “Tashkent International Advertising Festival” doirasidagi xalqaro reklama konferensiyasi o'tadi.
Festival tashkilotchilari Digital, PR, Education, Creative, Branding va Local Opportunities seksiyalarida qatnashchilarni ruhlantira oladigan, o‘qitib, amaliy qiymat taqdim eta oladigan spikerlarni taklif etadilar.
Spiker sifatida qatnashishga nomzodlar o‘z sohasida tasdiqlangan ekspertlik salohiyatiga: loyihalardagi tajriba, muvaffaqiyatli kampaniyalar yoki industriyaning dolzarb masalalariga o‘z qarashlariga ega bo‘lishlari lozim. Biz uchun chiqish kontenti dolzarb, noyob va amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi lozim.
Agar sizda professional hamjamiyat bilan baham ko‘rishga munosib tadqiqot, trend, vositalar yoki ruhlantiruvchi keyslar mavjud bo‘lsa, Tashkiliy qo‘mita va seksiyalar kuratorlari nomzodingizni ko‘rib chiqishdan mamnun bo‘ladilar.
5-avgustga qadar spiker anketasini to‘ldiring va mintaqadagi va undan tashqaridagi reklama industriyasi rivojiga hissa qo‘shish uchun TAF!25ning bir qismiga aylaning.
Savollaringiz uchun:
+998974022820