TAF!25 Toshkent reklama festivali xalqaro miqyosga chiqdi!
TAF!25 Toshkent reklama festivali xalqaro miqyosga chiqdi!
TAF!25 festivali — O‘zbekistondagi yagona professional kreativ va marketing samaradorligi tanlovi 2025-yildan xalqaro formatda o‘tadi.
TAF!25 festivali 2019-yildan buyon O‘zbekistonda reklama va marketingni rivojlantirib, bir maydonchada muvaffaqiyatli brendlar va agentliklarni birlashtiradi, mutaxassislarning kasbiy kaamolotiga ko‘maklashadi, yetakchi ekspertlarni taklif etadi, eng yaxshi jahon reklamasini namoyish etadi. Festivalning o‘zi ham muntazam rivojlanib boradi, yangi shakl va formatlar kasb etadi. Keyingi yil ham bundan mustasno emas. Endi tanlovga arizalarni cheklovlarsiz barcha mamlakatalardan brendlar va agentliklar taqdim etishi mumkin!
Yettinchi TAF! ikkita yo‘nalish: mahalliy blok va xalqaro blok bo‘yicha 2025-yil 1-iyuldanoq 35 ta nominatsiya bo‘yicha arizalarni qabul qiladi, Festivalning o‘zi 11-oktyabrda “Anhor” parki karting markazaida o‘tkaziladi.
- Mahalliy blok kuratori – Temur Sa'diy, MA’NO Branding (O‘zbekiston).
- Xalqaro blok kuratori – Asxat Uskembaev, “Kann arslonlari” xalqaro kreativlik festivalining Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekistondagi eksklyuziv rasmiy vakili (Qozog‘iston).
Marketing va reklamaning eng yaxshi professionallarini birlashtiruvchi noyob voqeaning bir qismiga aylanish imkoniyatini boy bermang! Festival qatnashchilari jahon ekspertlaridan dolzarb bilimlarga, shuningdek turli nominatsiyalarda obro‘li sovrinlar yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.