O‘zbekiston marketing uyushmasining 2024-yil yakunlari
2024-yil O‘zbekiston marketing uyushmasi uchun nihoyatda unumli va samarali bo‘ldi. Uyushma yangi hamkorlar va ekspertlar sonini sezilarli oshirdi: yil boshida uyushma resurslarida 35 ta premium hamkor, 37 ta imtiyozli hamkor va 72 ta hamkor mavjud edi. Bugunga kelib Uyushmada 95 ta premium hamkor, 54 ta imtiyozli hamkor va 52 ta hamkor – jami 201 ta hamkor mavjud. Uyushma hamkorlari o‘sishda davom etmoqda, 2024-yilda 57 ta yangi hamkor – ishlab chiqarish korxonalari, banklar, do‘konlar, o‘quv markazlari, logistika kompaniyalari va marketing, reklama agentliklari qo‘shildi. Uyushmadagi Qozog‘iston, Belarus va Rossiyadan chet ellik hamkorlar soni ortmoqda.
2024-yilda qator tashkilotlar: Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, IT ALLIANCE Dasturiy ta'minot sotuvchilar va AT-servislar uyushmasi, Raqamli iqtisodiyot va agrotexnlogiyalar universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi.
Shuningdek, RKAU va IRRA bilan birgalikda “Markaziy Osiyodagi tavsiya etilgan agentliklar xaritasi” loyihasida qatnashdi, O‘zbekiston hududida xalqaro ye+ Awards Central Asia mukofoti hamtashkilotchisi bo‘ldi.
PR va kommunikatsiyalar bo‘limi Instagram, Facebook ijtimoiy tarmog‘ining har birida va Telegram messenjerida o‘zbek va rus tillarida 1120 ta post hamda marketing.uz saytida 974 ta maqola chop etdi.
Uyushma eng yirik tadbirlar, jumladan Red Apple, Beliy kvadrat, Silver Mercury, E+ Central Asia, BEMA, Eventiada Awards, Digital Kyrgyzstan 2- xalqaro PLAS-Forumi, The Young Lions Competitions, NeFORUM RPK, Jolbors Business Summit, Eco Fest, E-com Business Fest, Research Meetup, Digital Wave, Retail Week Bosco Conference, EMBRAS, Fail Nights, Retail Strategies Days 2024, Bokudagi VIII IBF 2024 Xalqaro bank forumi, V RAF mintaqaviy reklama forumi, AKMA marketing professionallari uchun xalqaro forum, Central Asia Retail Week, “Digital Uzbekistan” xalqaro PLUS Forumi, Reputation Day kabi barcha mashhur mahalliy va xorijiy festivallarda axborot hamkori bo‘ldi.
TAF! Toshkent reklama festivali Eventiada Awards – Rossiyadagi kommunikatsiya sohasida eng yirik mukofotda sovrindor bo‘ldi. TAF! festivali “Obro‘ni boshqarish loyihalari” nominatsiyasida g‘alabaga erishdi.
Uyushma o‘z faoliyati davomida video-formatdan faol foydalanmoqda. 2024-yilda YouTube'dagi MAKON Marketing kanalida MAKON Interview mualliflik dasturi ekspertlar bilan 6 ta yangi intervyu chiqardi.
Muntazam asosda marketing klubi yig‘ilishlari davom etdi. Beshta yig‘ilishda dolzarb mavzular bilan Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Rossiyadan 16 nafar spiker qatnashdi.
25 ta yo‘nalish bo‘yicha marketing xizmatlari ko‘rsatuvchi agentliklar reestrida 200 dan ziyod agentliklar ro‘yxatga olingan.
2024-yilda kasbiy bayramlar: 10-aprelda Reklama xodimlari kuni va 25-avgustda marketologlar kuni keng nishonlandi.
Uyushma tadbirlarida 54 nafar spiker chiqish qildi, ularning 26 nafari Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, Belarus, Qirg‘iziston, AQShdan bo‘ldi. Uyushma tadbirlarini 65 ta yetakchi kompaniya va 32 ta axborot hamkori qo‘llab-quvvatladi.
2024-yilda uyushma yangi formatlarda uchta keng ko‘lamli har yilgi loyihalarni amalga oshirdi.
17-fevralda “Hyatt Regency Tashkent”da ikkinchi xalqaro Tashkent Digital Marketing Forum 2024, Digital Marketing Awards brendlarni taqdirlash marosimi va Influencer Awards – 26 ta nominatsiyada eng yaxshi blogerlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. G‘oliblarni taqdirlash Tanish Bilish va We Digital agentliklari bilan hamkorlikda o‘tdi.
Forum bir kunda uchta nihoyatda yirik professional hamjamiyatlar: brendlar, agentliklar va blogerlarni to‘pladi va O‘zbekiston, AQSh, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Ukrainadan 20 nafar yetakchi spikerlarni ikkita sessiyaga: Marketing session va Influencer session'da jamladi. Influencer Awards 2023 mamlakatning eng yaxshi blogerlarini taqdirlash marosimida iste'molchilar ovoz berishiga ko‘ra yetakchilar sifatida 16 nafar bloger va 2023-yildagi eng yaxshi kontent uchun 41 nafar bloger taqdirlandi. LiveDune ijtimoiy tarmoqlar tahlili servisining tadqiqotlariga asosan, forum hamkorlari va uyushma hamkorlari Digital Marketing Awards sovriniga sazovor bo‘ldilar.
Konferensiya va Taqdirlash marosimiga 1200 dan ziyod qatnashchi tashrif buyurdi. Reklama konferensiyasining spikerlarini tinglash uchun Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va Belarusdan mehmonlar uchib keldilar.
Forum jamoatchilikda keng muhokama qilindi. Telegram-botda ovoz bergan iste'molchilarning soni 140000 kishidan ortdi. OAV, jumladan Rossiya va Qozog‘iston internet-nashrlaridagi maqolalar qamrovi – 1,5 mln kishi. Ijtimoiy tarmoqlardagi maqolalarning 120 nafar bloger taqdirlanishi haqidagi postlar qo‘shib hisoblangandagi qamrovi 5 mln kishidan oshdi.
Forum tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston marketing uyushmasi. Bosh hamkor – “O‘zsanoatqurilishbank”.
Forum haqidagi batafsil axborot – tadbirning rasmiy saytida
VII “Yil brendi” mukofoti— o‘tgan yilda O‘zbekistonda eng yuksak marketing yutuqlariga ega bo‘lgan, iste'mol bozorining barcha tarmoqlaridagi eng muvaffaqiyatli brendlar uchun har yilgi eng yirik mukofot.
Mukofotda 285 ta ariza qatnashdi. 25 ta nominatsiyada g‘oliblar iste'molchilarning ochiq ovoz berishlari va ekspert hay'atining ovoz berishi asosida aniqlandi. Ovoz berishda 350000 dan ziyod iste'molchi qatnashdi.
Mukofot haqidagi batafsil axborot –rasmiy saytda
18-19-mayda Humo Arena'da VII MAKON Marketing Forum xalqaro biznes-forumi o‘tkazildi, unda sotuvlar bo‘yicha 10 nafar yetakchi mahalliy va chet ellik ekspert chiqish qildi.
Forum doirasida 50 ta yetakchi brend ishtirokida birinchi “Yil brendi” ko‘rgazmasi va 25 ta nominatsiyada iste'molchilar hamda ekspert hay'ati tanloviga ko‘ra “Yil brendi” mukofoti bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya va taqdirlash marosimining auditoriyasi 800 kishidan oshdi.
Forum tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston marketing uyushmasi. Bosh hamkor – KAPITALBANK.
Forum dasturi va spikerlari
12-oktabrda Anhor parkining karting markazida VI “TAF!24 Toshkent reklama festivali” har yilgi xalqaro reklama konferensiyasi, Kann festivali g‘oliblarining loyihalari namoyishi, TAF!24 tanlovi va “2024-yil reklamasi” g‘oliblarini taqdirlash marosimlari, shuningdek “Yil reklamasi” ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Bu yil festival O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘izistondan 24 nafar spikerni, mahalliy brendlar va agentliklarning 48 nafar vakilidan iborat tanlovning mahalliy ekspertlar hay'ati, xalqaro hay'atning 15 nafar a'zosini, TAF!24 tanlovida qatnashuvchi brendlar va reklama agentliklarining 240 ta keysini, “2024-yil reklamasi” tanlovida qatnashuvchi 120 ta loyihani, o‘n minglab iste'molchilarni – ochiq ovoz berish qatnashchilarini, shuningdek “Yil reklamasi” ko‘rgazmasining 30 dan ortiq qatnashchisini jamladi. O‘zbekiston marketing uyushmasining 200 dan ziyod hamkori va 100 dan ortiq eksperti festivalning “Bilganingni qil!” manifestini qo‘llab-quvvatladi. Festivalning barcha tadbirlari auditoriyasi 1,5 mln kishidan ziyodni tashkil qildi.
Festival tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston marketing uyushmasi. Bosh hamkor – AVO BANK.
Festival haqida batafsil axborot
2024-yilgi O‘zbekiston brendlari va agentliklarining marketing samaradorligi reytingi e'lon qilindi.
Brendlar reytingida 357 nafar qatnashchi, Agentliklar reytingida 32 nafar qatnashchi mavjud. Reyting maxsus ro‘yxatga kiruvchi tanlovlar va mukofotlarda sazovor bo‘lingan mukofotlar asosida shakllanadi. Reyting professional yutuqlar natijalarini aks ettiradi va reklama kampaniyalari, maqomlashuv strategiyalari va bozorda ilgarilatishning samaradorligini xolis baholash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
2024-yilda uyushma faoliyatida qatnashgan, O‘zbekistonda marketingni rivojlantirayotgan, barcha loyihalarni qo‘llab-quvvatlayotgan va ko‘maklashayotgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz!
2025-yilda ko‘plab qiziqarli va foydali voqealarni, hamkorlar uchun yangi imkoniyatlarni rejalashtirganmiz. G‘oyalar va takliflar uchun doim ochiqmiz!