O‘zbekiston arxitektorlari: marketing ish bermoqda!
O‘zbekiston zamonaviy arxitekturasining marketingdan muvaffaqiyatli foydalanayotgan yetakchilari
Oxirgi yillarda O‘zbekistonning me'moriy manzarasida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda va bunda Memorial Architectural Project (MAP), Perfect Design ARH, Safronova Project Studio hamda Studiya SAD kabi yetakchi kompaniyalar sa'y-harakatlarining alohida o‘rni bor. Bu arxitektura byurolari yangi loyihalashtirish standartlarini shakllantiribgina qolmay, zamonaviy marketing vositalaridan foydalanishda ham mahorat namoyish etmoqdalar. Shu sababli, ular o‘z loyihalarini muvaffaqiyatli ilgarilatmoqdalar, investitsion jozibadorlikni kuchaytirmoqdalar va tarmoq rivojining ufqlarini belgilamoqdalar. Bu kompaniyalar arxitektura va dizaynda innovatsion yondashuvlarni joriy etishga ruhlantirib, bozorning boshqa qatnashchilari uchun namuna bo‘la oladilar.
- Mirodil Jamolov rahbarligidagi MAP o‘zini arxitekturaviy loyihalash sohasidagi eng innovatsion kompaniyalardan biri sifatida namoyish etdi. 20 yildan ziyod tajribasi davomida kompaniya mingdan ortiq loyihalar, jumladan Chimyondagi dam olish zonalari, ma'muriy binolar va “Oq shaharcha” turar joy majmualarining rekonstruksiyasini amalga oshirdi. MAPning asosiy tamoyili – innovatsiyalar va an'analar uyg‘unligi, bu nafaqat estetik, balki funksional makonlar ham yaratish imkonini beradi.
MAP jamoasi xalqaro forumlarda faol qatnashib, global miqyosda arxitektura rivojiga hissa qo‘shib kelmoqda. Kompaniya marketingdagi turli zamonaviy vositalarni mohirona qo‘llamoqda, bu uning samarali ilgarilashi va bozordagi maqomining mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda. - O‘zbekistonda, shuningdek yaqin va uzoq xorijda mashhur arxitektor Dilnoza Ahmad rahbarligidagi, u asos solgan Perfect Design ARH kompaniyasi zamonaviy loyihalash standartlarining funksional va estetik yechimlar bilan integratsiyalash sohasida yuksak muvaffaqiyatlarni namoyish etmoqda. Zamonaviy O‘zbekiston hududidagi “Orient Finans Bank”ning bosh ofisi va “BeFit One” fitnes-klubi va boshqa ko‘plab taniqli obyektlar “Shakl. Funksiya. Ishchanlik. Uyg‘unlik” shiorining falsafasini aks ettiradi. Kompaniya o‘z mutaxassislarini o‘qitishga va xalqaro tadbirlarda faol qatnashishga alohida e'tibor beradi. Shaxsiy brend bilan ishlash, muvaffaqiyatli taqdimot tadbirlari tufayli, kompaniya mijozlar e'tiborini faol jalb qilmoqda va ishonchini qozonmoqda, shuningdek arxitekturaviy bunyodkorlik sohasida yetakchiligini mustahkamalamoqda.
Arxitektor Dilnoza Ahmad Yevropadagi arxitektura byurosi bilan hamkorlikda xalqaro tajribaga ega, shuning barobarida, o‘z tajribasini o‘rtoqlashib, u o‘zining sevimli kasbi sohasida yangicha ko‘nikmalar va yuksak professionalizmga ega bo‘ladi.
Dilnoza Ahmadning o‘zi aytganidek: “Arxitektura san'ati olmosga ishlov berib brilliantga aylantirishga o‘xshaydi – amalga oshirish va ro‘yobga chiqarish jarayonidagi sinchkovlik va nafis yondashuv asosida San'at asari yuzaga keladi”. - Lyubov Safronova rahbarlik qiladigan Safronova Project Studio nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro bozorlarda ham yetakchi maqomga ega. 17 yildan ziyod tajribasida kompaniya “Samarqand Darvoza” SKM va “Mirabad Avenue”, “Modera Towers”, “Infinity” va boshqa turar joy majmualarini o‘z ichiga olgan ko‘plab loyihalarni amalga oshirdi. Studiya chuqur tahlil va bozor ehtiyojlariga asoslangan noyob konseptlarni yaratishga ulkan e'tibor beradi. “Tayyor mahsulotlar” yaratish tamoyili kompaniyaga har bir binoni funksional, estetik va talabgir qilib, innovatsiyalarni tatbiq etish imkonini beradi. Kompaniya zamonaviy marketing strategiyalaridan, jumladan ivent-marketing, yirik tarmoq forumlarini tashkil etish, ijtimoiy tarmoqlar orqali ilgarilatish va ham korporativ, ham shaxsiy brendni yaratishdan faol foydalanadi, bu uni raqobatchilardan yaqqol ajratib turadi.
- Mariya Sultonova rahbarligidagi Studiya SAD – bu shahar infratuzilmasi va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish namunasidir. Kompaniya “Koh ota” turar joy majmuasi, ko‘chalarning nol darajadagi YTHli qilib qayta ta'mirlanishi, Toshkentdagi “Trastbank” binosi, Bali orolidagi turar joy majmualari va boshqa ko‘plab loyihalari bilan shuhrat qozongan. Studiya SADning asosiy diqqat markazida – qulaylik, xavfsizlik va uyg‘unlik bosh ustuvorliklar bo‘luvchi kelajak shaharlarining konsepsiyasini ishlab chiqish. Eng mashhur maydonlardagi dongdor intervyular, kompaniya asoschilarining shaxsiy brendini rivojlantirish va davlat hamda jamoat tashkilotlari bilan mohirona ishlash tufayli, kompaniya bozorda barqaror obro‘ni shakllantirib, o‘z brendini samarali ommalashtirmoqda. Studiya SAD – bu shahar infratuzilmasi va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan loyihalarning muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarilishi namunasidir. Studiya SAD biznesning tilini tushunadi, uning manfaatlarini inobatga oladi. Kompaniyaning maqsadi – buyurtmachining faxriga va muvaffaqiyatli tijorat loyihasiga aylanadigan obyektlarni yaratish.
Bu to‘rt kompaniya O‘zbekiston arxitekturasining nihoyatda jozibali zamonaviy manzarasini shakllantiradi. Ularning hissalari xalqaro ko‘rgazmalaradagi ishtiroki, xorijiy sheriklar bilan hamkorlik va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda o‘z tasdiqini topadi. Shuning barobarida, bu kompaniyalar bugungi kunda ilg‘orlikning shubhasiz sharti bo‘lgan o‘z xizmatlarini ilgarilatishda zamonaviy marketing vositalaridan foydalanishda so‘zsiz yetakchi sanaladilar.
Marketing nuqtai nazaridan, bu kompaniyalarning muvaffaqiyati nafaqat sifatli loyihalar yaratish mahoratiga, balki ularni bozorda samarali taqdim eta olishga ham bog‘liq. Loyihalashga noyob yondashuvlar, mayda jihatlarga e'tibor va mijozlar so‘rovlarini qondira olish ularni trendlarni belgilay oladigan yetakchilarga aylantiradi. Shaxsiy brendni rivojlantirishga alohida e'tibor berilishi mijozlarda ushbu kompaniyalarning o‘z mehnatlari yakuniy natijasi uchun yuksak mas'uliyatni his qilishlariga nisbatan katta ishonch shakllanishini ta'minlaydi. Bundan tashqari, ularning loyihalari xalqaro maydonda O‘zbekistonning ijobiy imijini yaratib, mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.
Zamonaviy arxitektura va dizayn bozori mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Yetakchi arxitektura byurolarining qulay, xavfsiz va estetik jozibador shahar muhitini yaratishdagi hissasi hayot sifatini yaxshilashga, turistik va investitsion faollik o‘sishiga xizmat qiladi. Bu yo‘nalishdagi faoliyatni davom ettirish O‘zbekistonning zamonaviy arxitektura san'atining jo‘shqin rivojlanayotgan markazi sifatidagi maqomini mustahkamlash imkonini beradi.
O‘zbekiston marketing uyushmasi nafaqat arxitekturani, balki bunday muhim yo‘nalishda marketingni ham rivojlantirishdagi hissalari uchun bu kompaniyalarga minnatdorchilik bildiradi. Ularning faoliyati ijodkorlik, professionalizm va strategik yondashuvning uyg‘unlashuvi mamlakat uchun faxrga aylanadigan barqaror va muvaffaqiyatli tarmoq shakllanishiga sabab bo‘lishining yorqin namunasidir.