TAF! eng yaxshi reklama tanlovning ekspert hay'ati

09 Август, 2021
❗️O‘zbekistonda marketing va marketologlar yo‘q.
❓Shunday deyishganini eshitganmisiz? Ko‘p bora eshitganingizga aminman.


✔️ Fikrimizcha, bunday da'voni qiladiganlar mamlakatdagi eng muvaffaqiyatli kompaniyalar va tadbirkorlar bilan tanish emas. Biznes uchun sharoit borligi va biznesmenlar qobiliyati – bular mutlaqo farqli tushunchalardir.


Agar mamlakatimizning kuchli raqobat muhitida faoliyat yuritayotgan eng muvaffaqiyatli kompaniyalar, bu kompaniyalarda marketingni boshqarayotganlar bilan tanishishni istasangiz, TAF! Toshkent reklama festivalining eng yaxshi reklama tanlovi sahifasiga o‘ting.


TAF! tanlovi hakamlar hay'ati


Tanlovning ekspertlar hay'ati – bu marketing, reklama sohasidagi tegishlicha professional tajriba va yutuqlarga ega 45 nafar yetakchi mutaxassisdir. Aynan ular tanlov ishtirokchilari ishlari bilan tanishadilar va 10 ta nominsiyaning har birida g‘oliblarni aniqlaydilar.


Biz hay'atning har bir a'zosiga festivalni va mamlakat marketing sohasini qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorlik bildiramiz. Birgalikda sohani rivojlantiramiz. Yurtimizda marketing bor va bardavomdir!