GROSS kompaniyasi Baku Flames festivalida kumush medalni qo‘lga kiritdi

GROSS kompaniyasi XAVFSIZ HARAKAT loyihasining Visible Bag (Ko‘rinadigan sumka) keysi Baku Flames festivalida kumush medalni qo‘lga kiritdi
GROSS sug‘urta kompaniyasining XAVFSIZ HARAKAT loyihasi Visible Bag (Ko‘rinadigan sumka) keysi bilan may oyi boshida Bokuda bo‘lib o‘tgan Baku Flames xalqaro reklama festivalida Sustainable Development Goals / Prosperity & Innovation (Barqaror rivojlanish maqsadlari / Farovonlik va innovatsiyalar) toifasida Effective Change Track (Samarali o‘zgarishlar treki) nominatsiyasida kumush mukofotga sazovor bo‘ldi. Keys muhim ijtimoiy muammoga e’tibor qaratdi va brendning ijtimoiy mas’uliyati doirasida ijodkorlik va muloqot samaradorligining yuqori standartlarini namoyish etdi.
“Visible Bag” tashabbusi XAVFSIZ HARAKAT keng ko‘lamli ijtimoiy kampaniyasining bir qismi bo‘lib, ushbu kampaniya O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga qaratilgan. Mazkur kampaniya GROSS tomonidan Toshkent shahar IIBB, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Uzum Market marketpleysi, “Sintez” kreativ agentligi, Vazari marketing agentligi va ommaviy axborot vositalari (My5 — Mening yurtim telekanali, Renessans TV, Platina.uz) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Visible Bag — yorug‘likni aks ettiruvchi sumkalarni chiqarish piyodalarni qorong‘i vaqtda ko‘proq ko‘rinadigan qilishning oddiy, ammo samarali usulidir. Bu, ayniqsa, yo‘l-transport hodisalari soni yuqori bo‘lgan va piyodalar ishtirokidagi YTHlar soni sezilarli darajada bo‘lgan mamlakatda juda muhimdir.
VIDEO https://www.youtube.com/shorts/wjV7QDFn-2o
GROSS sug‘urta kompaniyasining XAVFSIZ HARAKAT loyihasi o‘zining g‘olibona mukofotlar seriyasini davom ettirmoqda. 2024-yilning kuzida u ikkita xalqaro festivalda taqdirlangan edi. Almatidagi Jolbors festivalida to‘rtta mukofot — “Tajriba va brendni faollashtirish” uchun oltin, “G‘oyalar” va “Bosma materiallardan ijodiy foydalanish” uchun kumush, “Strategiya” uchun bronza mukofoti, shuningdek, Toshkentda TAF! reklama festivalida Marketing & Creative effectiveness. PR campaign (Marketing va kreativ samaradorlik. PR-kampaniya) va Social/ESG (Ijtimoiy va ESG loyihalari) nominatsiyalarida ikkita bronza mukofoti ana shular jumlasidandir.