“O‘zbekiston reklama bozorini tartibga solishning dolzarb masalalari” seminar-treningini

04 июля, 2025

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tashabbusi bilan sohaga doir davlat idoralari ekspertlari ishtirokida, “O‘zbekiston reklama bozorini tartibga solishning dolzarb masalalari” seminar-treningini o‘tkazadi.

Reklama bozorining barcha faol qatnashchilarini, reklama beruvchilar, marketologlar va marketing agentliklarini ikki kunlik seminarda qatnashishga taklif etamiz:

  • O‘zbekiston reklama va soliq qonunchiligiga rioya etish
  • OAV va ijtimoiy tarmoqlarda kontentni yaxshiroq tuzish yo‘llari
  • Tashqi reklama va raqamli monitoring haqida
  • Reklamada eng ko‘p uchraydigan qonunbuzilishlar va boshqa mavzular.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Marketing uyushmasi vakillari ishtirok etmoqda.

Trening yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.

Treningda ishtirok etish uchun - Batafsil ma’lumot

Telegram | Press_service | Facebook | Instagram | Youtube