Tanishing, yangi premium hamkor — ISFT Instituti

ISFT instituti – kelajak yetakchilarini tayyorlovchi yangi premium-hamkor
G‘ulomov Ibrohim Rustamovich – ISFT rektori
ISFT (International School of Finance Technology and Science) – 8 yildan buyon xalqaro miqyosdagi mutaxassislarni tayyorlab kelayotgan xususiy OTM.
Missiyamiz – talabalarga nafaqat O‘zbekistonda, balki global bozorda ham talabgir bo‘lgan ta’limni berishdir.
Geografiya va filiallar
ISFT o‘z faoliyat doirasini faol kengaytirmoqda: bugungi kunda Toshkentdagi asosiy kampusdan tashqari, Andijon va Samarqandda ham korpuslar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Bakalavriat dasturlari
— Xalqaro amaliy buxgalteriya va moliya
— Xalqaro biznes boshqaruvi
— Menejment va boshqaruv hisobi
— Marketing
— Xalqaro aloqalar
— Iqtisodiy xavfsizlik
— Raqamli iqtisodiyot
Magistratura:
— Davlat moliyaviy nazorati va auditi
— Pedagogika
— Gumanitar fanlar
Bundan tashqari, doktorantura dasturlari ham amalga oshiriladi.
ISFTda 27 000 dan ziyod talaba tahsil oladi. Universitet talabalarda amaliy tafakkur va tadbirkorlik yondashuvining rivojlanishiga hissa qo‘shuvchi o‘qituvchi va mentorlarning kuchli akademik hamjamiyatini birlashtiradi.
Xalqaro hamkorlar:
UPM, UCSI, UPSI, Istanbul Aydin University
ISFT – bu ko‘prog‘ini istaganlar tanlovidir
Xalqaro akkreditatsiya
Institut Yevroosiyo oliy ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida akkreditatsiya va sifatni ta’minlash markazi (ECAQA)dan 2025-2030 yillar uchun xalqaro institutsional akkreditatsiya olgan.
Bu ISFTda ta’lim sifati xalqaro standartlarga muvofiq kelishini, diplomimiz esa xalqaro miqyosda tan olinishini tasdiqlaydi.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Linkedin | YouTube