Kun qahramoni: Asatillayev Otabek
23 мая, 2025

E'tiboringizga «Kun qahramoni» rukni doirasida yangi qatnashchini taqdim etamiz!
Asatillayev Otabek Xayrullayevich — Formen Distribution kompaniyasining marketing bo‘limi rahbari, sotuv va undirish tizimlarini yagona boshqaruv ostida shakllantirgan strateg va lider.
Otabek Asatillayevning tajribasi va yutuqlari:
- Tosh Makon Progress kompaniyasida 4 yil faoliyat yuritgan:
- 2 yil davomida sotuv bo‘limi rahbari,
- 2 yil marketing bo‘limi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Formen Distribution kompaniyasida:
- 1 yil sotuv yo‘nalishida ishlagan,
- So‘nggi 2 yildan beri marketing bo‘limi rahbari lavozimida ishlamoqda.
- Undiruv, call-markaz va marketing bo‘limlarini yagona tizimga birlashtirgan.
- Kompaniyaning Toshkent, Angren, Jizzax va Sirdaryo hududlaridagi filiallarini CRM asosida boshqarish, nazorat va tahlil tizimini joriy qilgan.
- B2B yo‘nalishini rivojlantirgan, mehmonxonalar, klinikalar, go‘zallik salonlari kabi turli bizneslar bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
“Maqsadim — zamonaviy distribyutsiya tizimida marketingni nafaqat reklama vositasi, balki sotuv, mijozlar bilan ishonchli aloqa va kompaniya o‘sishining strategik tayanchiga aylantirish.”
Asatillayev Otabek — bu marketingda yangi avlod vakili. U kuchli tahlil, tizimli fikrlash va amaliyotga asoslangan yondashuvi bilan o‘z jamoasini ilhomlantiradi va kompaniya o‘sishiga xizmat qiladi.