TAF!25 birinchi bor butun dunyodan qatnashchilarni taklif etadi

09 июля, 2025

Toshkent – jahon kreativi markazida: TAF!25 birinchi bor butun dunyodan qatnashchilarni taklif etadi

2025-yil 11–12-oktyabrda Toshkent jahon reklama va marketingi poytaxtiga aylanadi, VII TAF!25 Toshkent xalqaro reklama festivali barcha qit'alardan eng yaxshi ekspertlar va loyihalarni O‘zbekistonda jamlaydi.

Bu yil Tashkent International Advertising Festival TAF!25 birinchi marta xalqaro miqyosga chiqib, dunyoning istalgan nuqtasidagi brendlar, agentliklar va yosh kreatorlar uchun samaradorlik va kreativlik tanlovining darvozalarini ochadi. Bu oddiygina tanlov emas, balki g‘oyalar almashinuvi, global aloqalarni qurish va 2024-2025-yillarda yaratilgan eng kuchli kreativ yechimlarni namoyish etish uchun keng miqyosli platformadir.

Festival tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston marketing uyushmasi Markaziy Osiyodagi eng keng ko‘lamli voqea va'dasini beradilar:

  • xalqaro reklama konferensiyasi;
  • “Yil reklamasi” ko‘rgazmasi;
  • afsonaviy ABC-show, butun dunyodan eng yorqin reklama roliklari namoyishi;
  • vorkshoplar va mahorat saboqlari,
  • va, albatta, xalqaro hay'at tanloviga ko‘ra 35 ta nominatsiyalarda g‘oliblarni taqdirlash marosimi.

Tanlov asosiy toifalari sirasida: strategik marketing, digital va SMM-kampaniyalar, ESG-kommunikatsiyalar, brending, grafik va mahsulot dizayni, PR, B2B/B2C-loyihalar va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar. Yosh kreatorlar Concept nominatsiyasida o‘z g‘oyalarini mutlaqo bepul taqdim etishlari mumkin.

TAF!25 tanlovining asosiy g‘oyasi: “Natija keltiruvchi kreativ”. Bu yerda nafaqat yorqin g‘oyalarni, balki ularning biznes, jamiyat va brendlarga real ta'sirini qadrlaydilar.

Festivalga sohaning tan olingan yetakchilari rahbarlik qiladilar:

  • Asxat Uskembaev, Cannes Lions’ning Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondagi rasmiy vakili.
  • va Temur Sa'diy, MA’NO Branding CEO/dizayn-direktori, O‘zbekiston marketing uyushmasi Tanlovlar qo‘mitasining raisi.

Loyihalarni Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Ispaniya, Vengriya, Singapur, BAA, Rossiya, Polsha, Serbiya, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa mamlakatlardan 30 dan ziyod e'tirof etilgan professionallar baholaydilar.

Arizalar taqdim etish allaqachon boshlangan!

4-avgustgacha – taqdim etishning asosiy muddati

Yakuniy dedlayn – 2-sentyabr

Festivalning rasmiy saytida tanlovda qatnashish va ko‘proq axborot olish mumkin: https://taf25.marketing.uz

“TAF!25 – bu yangi xalqaro sahnada o‘zi haqida e'lon qilish imkoniyatidir. Markaziy Osiyo bugungi kunda eng tez rivojlanayotgan bozorlardan biri va hozir uning uzviy qismiga aylanishning ayni vaqti. Festivalda qatnashish obro‘li sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatigina emas, balki hamkorlik o‘rnatish auditoriyani kengaytirish va butun dunyodan eng yaxshi kreativ yechimlardan ilhomlanish imkoniyati hamdir”,- ta’kidlaydi O‘zbekiston marketing uyushmasi raisi Diyor Mirzaahmedov.

Tanlovda qatnashing, o‘zingiz uchun yangi jahon kreativi markazini kashf eting!

TAF!25: kreativ natija bilan uchrashadigan maskan.

Festivalning bosh hamkori — Octobank.