TAF!25 hakamlar hay’ati, kreativ yetakchilarning xalqaro tarkibi e’lon qilindi

07 июля, 2025

TAF!25 hakamlar hay’ati, kreativ yetakchilarning xalqaro tarkibi e’lon qilindi

Tashkent International Advertising Festival 2025 xalqaro reklama trendlarini belgilab beruvchi hakamlar hay’ati - ekspertlarni taqdim etadi. Bu yil butun dunyodan tanlov loyihalari Cannes Lions, One Show, Clio Awards, D&AD, New York Festivals, Epica Awards, Effie Awards, The Drum va boshqa ko‘plab nufuzli festivallarning Gran-pri va oltin mukofotlari sovrindorlari tomonidan baholanadi.

Uning tarkibiga Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Ispaniya, Vengriya, Singapur, Finlyandiya, Rossiya, Polsha, Serbiya, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarning yetakchi ijodkorlari, strateglari va marketologlari kirdi. Biz 35 ta samarali va ijodiy nominatsiya bo‘yicha g‘oliblarni aniqlash uchun haqiqiy global professionallar jamoasini to‘pladik.

Eslatib o‘tamiz, TAF!25 tanloviga arizalar qabuli ochiq:
Asosiy muddat - 2-avgustgacha
Yakuniy muddat - 2-sentyabr

Loyihani topshirish, tashkilotchilar bilan bog‘lanish va tafsilotlar bilan https://taf25.marketing.uz/uz orqali tanishish mumkin.