Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining maxsus sovrini

28 Октябрь, 2022


TAF! Toshkent reklama festivali – O‘zbekistondagi yagona tarmoq reklama voqyeasi. Ketma-ket to‘rtinchi yil mamlakat brendlari va agentliklari tanlovda qatnashib, iste'molchilar va xalqaro ekspert hay'atiga samarali kommunikatsiyalar sohasidagi o‘z yutuqlarini namoyish etish, xalqaro reklama konferensiyasi ma'ruzachilarini tinglash va o‘tgan yildagi faoliyatilariga bahol olish imkoniga ega bo‘ldilar.

TAF!22 missiyasi – brendlarni rivojlantirish, marketing va reklama sohasidagi mutxassislarni birlashtirish va o‘qitish. Bu yil 12 ta tanlov nominatsiyalarida 147 ta brend va 56 ta agentlikning 268 ta loyihasi qatnashdi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) an'anaviy ravishda TAF!22 festivalining kichik va o‘rta biznes rivojlantirishga, tadbirkorlarni o‘qitish va mamlakat ijodiy kuchlariga ko‘maklashishga qaratilgan tadbirlarini qo‘llab-quvvatlab keladi.

Joriy yilda YTTB maxsus sovrinining sohibi Flowers Gardens brendining “Rangorang olam” loyihasi bo‘ldi.

Tanlov keysi.

Muammo.
Flowers Garden kompaniyasining maqsadlaridan biri ko‘kalamzorlashtirish va tabiatga muhabbat madaniyatini rivojlantirish sanaladi. Bizning davrimizda odamlar tabiatni nima uchun asrash kerakligini va kelgusi avlodga qanday meros qoldirayotganimizni unutib qo‘ymoqdalar! Afsuski, “tabiatni asraylik!” deyishning o‘zi yetarli emas. Jahon miqyosida bu mavzuda qonunlar qabul qilinadi, yirik sanoat korxonalarining faoliyat qoidalari o‘zgartiriladi, bolalarga kichikligidan atrof-muhitga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish singdiriladi.

Yechim

Flowers Garden rahbariyati O‘zbekiston fuqarolarining e'tiborlarini tabiatni asrashga qaratish uchun promorolik va qator tadbirlar tashkil etishga qaror qildi. Shuningdek, odamlarga o‘simliklar qanchalik go‘zal va rangorang ekanini eslatish uchun keng ko‘lamli gullar festivali o‘tkazildi. Tashkilotchilarning g‘oyalari va g‘ayrioddiy taklifnomalari blogerlarga ma'qul kelgani bois, festival jamoatchilik e'tirofiga sazovor bo‘ldi.


Natija

O‘z navbatida, brend, xorijdan katta assortimentda asl xonaki o‘simliklar, butalar, shuningdek daraxtlar olib kelish orqali, O‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish madaniyati rivojiga salmoqli hissa qo‘shadi va butun respublika bo‘ylab hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha 80dan ziyod faol loyihalarga ega.

Bundan tashqari, qayd etish kerakki, kompaniya nafaqat tijorat loyihalari, balki, O‘zbekiston xalqaro orasida o‘simlik parvarishi madaniyatini rivojlantirish borasida ijtimoiy loyihalar bilan ham shug‘ullanadi. Chunonchi, korxona tomonidan, «Yashil makon» loyihasi doirasida, 10000 tup ko‘chat ekildi, Tashkent Flower Fest-2022 tashkil etildi, shuningdek kompaniya 250000 dan ziyod kishi tashrif buyurgan Namangandagi 61- xalqaro gullar festivali ishtirokchisi bo‘ldi.

TAF!22 eng yaxshi reklama tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimida YTTBning O‘zbekistondagi “Kichik biznes uchun konsultatsiyalar” dasturining yetakchi menejeri Sherzod Akbarov Flowers Garden vakiliga biznesning barqaror rivojlanish mavzusini yoritishdagi ijodiy hissasi uchun sovrin topshirdi.