GROSS brendi 37 million AQSH dollariga baholandi

08 мая, 2025

GROSS sug‘urta kompaniyasi mijoz manfaatlariga yo‘naltirilgan sug‘urta yechimlari sohasidagi yutuqlari, xizmat ko‘rsatishning yuqori standartlariga erishganligi va O‘zbekiston sug‘urta xizmatlari bozorida barqaror rivojlanganligi uchun Brand Awards International xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi. Mukofot tashkilotchilari — O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Marketing uyushmasi.


GROSS brendining qiymati 37 million AQSH dollarini tashkil etdi. Baholash Gafurov Kardash and Partners mustaqil konsalting kompaniyasi tomonidan xalqaro standartlar bo‘yicha amalga oshirildi. Bu birinchi marta O‘zbekiston brendlarining indikativ qiymatini qayd etish imkonini berdi.



“Biz uchun brend — bu mijozlarning ishonchi, majburiyatlarni bajarish va eng zarur paytda yoningizda bo‘lishga tayyorlikdir. Brand Awards International mukofoti bizning biznesga bo‘lgan yondashuvimiz ishlayotganining muhim tasdig‘i bo‘ldi. Mazkur mukofot yanada rivojlanish, texnologiyalarga sarmoya kiritish, mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash va eng yuqori kutilmalarga javob beradigan sug‘urta yechimlarini taklif qilish uchun rag‘batdir. Biz ishonch muhim asos bo‘lgan sug‘urtani yaratmoqdamiz. Va biz ushbu ishonchni raqamlar, xizmat va majburiyatlar bilan oqlaymiz”, — deydi GROSS boshqaruvi raisi Otabek Nazarov.


GROSS sug‘urta mukofotlari hajmi bo‘yicha mamlakatda yetakchi uchtalikka kiradi va bozor bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori dinamikani ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) hisobotiga ko‘ra, 2024-yilda kompaniyaning sug‘urta mukofotlari yig‘imi 2023-yilga nisbatan 35,4 foizga oshgan, ayni paytda esa umumiy bozorda 1,9 foizga pasayish qayd etilgan. Qayta sug‘urtalash bo‘yicha ko‘rsatkich ham o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha yuqori: qayta sug‘urtalashga qabul qilingan mukofotlar hajmi 2023-yildagi darajadan 150,9 foizini tashkil etdi (bozor bo‘yicha o‘rtacha o‘sish — 30 foiz). Kompaniya sug‘urta da’volariga doir to‘lovlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni saqlab qolmoqda: ILMA ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda har to‘rtinchi sug‘urta hodisasi GROSS tomonidan hal qilingan.


2022-yildan boshlab GROSS har yili Ahbor-Reyting tomonidan uzA++ barqaror prognoz bilan eng yuqori to‘lov qobiliyati milliy bahosini oladi. Fitch Ratings xalqaro agentligi kompaniyaga “Barqaror” prognozi bilan B+ reytingini beradi. Fitch o‘z hisobotlarida GROSS’ning qulay biznes profili, kuchli raqobatbardosh pozitsiyalari va yuqori darajadagi diversifikatsiyasiga urg‘u beradi.


2024-yilda GROSS, shuningdek, Gazet International Awards xalqaro mukofoti bilan Best Customer Service in Insurance Uzbekistan (O‘zbekistonda sug‘urtada mijozlarga eng yaxshi xizmat ko‘rsatish) toifasida taqdirlandi, bu esa kompaniyaning mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yetakchiligini tasdiqladi.


GROSS ijtimoiy mas’uliyatli biznes qadriyatlariga urg‘u bergan holda marketing strategiyasini o‘zgartirishni boshladi. Kompaniya nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va ekologik ustuvorliklarga yo‘naltirilgan brend imijini shakllantirish orqali kommunikatsiya va operatsion faoliyatda ESG yondashuvini izchil joriy etmoqda. Hozirdayoq yo‘l harakati xavfsizligi darajasini oshirish, sportni rivojlantirish va madaniy merosni asrab-avaylashga qaratilgan qator keng ko‘lamli tashabbuslar amalga oshirildi. GROSS bu boradagi ishlarni avvalgidek faollik va shijoat bilan davom ettirish niyatida.


Bugungi kunda GROSS 17 ta yo‘nalish bo‘yicha sug‘urta mahsulotlarini taklif etmoqda va barcha toifalar — jismoniy shaxslar, biznes, davlat tuzilmalari va notijorat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikning ko‘p formatli modellarini qo‘llamoqda. Kompaniya ikkita asosiy segmentda ishlaydi:

  • Sug‘urta: jismoniy va yuridik shaxslar uchun keng ko‘lamli yechimlar.
  • Qayta sug‘urtalash: 79 mamlakatdagi kompaniyalar bilan hamkorlik.


GROSS barcha kanallar bo‘yicha polislarni rasmiylashtirishni, polis egalarini kecha-yu kunduz qo‘llab-quvvatlashni, 160 mamlakatda sayohat sug‘urtasiga xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi, shuningdek, kompaniya o‘z Tibbiyot guruhiga va Avariya komissarlari xizmatiga ega. Mamlakat bo‘ylab 300 dan ortiq klinika va 500 ta dorixona GROSSning ixtiyoriy tibbiy sug‘urta bo‘yicha hamkorlari hisoblanadi.


2024-yilgi Brand Awards International mukofoti biznes yutuqlarini e’tirof etish uchun to‘laqonli xalqaro maydonga aylandi. Ishtirokchilar uchun bu nafaqat natijalarni namoyish etish usuli, balki obyektiv mezonlar bo‘yicha brend qiymatini baholash imkoniyati hamdir. GROSSning mukofot yetakchilari qatoriga kiritilishi uning barqarorligi, shaffofligi va mijoz uchun qiymatga ega strategik e’tiborni ta’kidlaydi.