O‘zsanoatqurilishbank — 2024 Tashkent Digital Marketing Forumning Bosh hamkori
Raqamli marketing — bu faoliyatimizni tubdan isloh qilish, ya'ni transformasiya qilish jarayonlarining yana bir bosqichidir.
— Mazkur transformasiya bosqichida — odamlar, axborot, texnologiya va jarayonlar raqamli maydonda tezkorlik sari hamda qo‘shimcha qiymat yaratishga bo‘lgan sayi-harakatlarini guvohi bo‘lamiz.
O‘zsanoatqurilishbank respublikamizning bir asrlik tarixga ega, eng yirik va salohiyatli banklaridan biri hamda xalqaro moliya bozorining tajribali ishtirokchisi sifatida, o‘z faoliyatini muntazam ravishda takomillashtirib kelmoqda.
— Bankda raqamli marketing 2018 yilda bank faoliyatini xalqaro moliya hamjamiyatiga uyg‘unlashuvidan, birlashishidan boshlangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
— Bugungi kunga kelib bankning yuzdan ortiq xizmat va mahsulotlari ilg‘or axborot texnologiyalari va mobil qurilmalar orqali keng ommaga vaqt va makon jihatidan chegaralanmagan holda yetkazib berilmoqda.
O‘z navbatida, ushbu jarayon marketing imkoniyatlarini yangi raqamli bosqichga olib chiqmoqda.
«Biz O‘zbekistondagi yagona “Tashkent Digital Marketing Forum 2024” xalqaro anjumanida qatnashayotganimizdan juda mamnunmiz.
Keng miqyosda o‘tkazilayotgan ushbu tadbir raqamli marketing sohasida tasavvurimizni kengaytirishga, yangiliklarni o‘zlashtirishga va amalda tatbiq etishga, xususan O‘zsanoatqurilishbankni joriy yildan boshlangan yangi rivojlanish strategiyasini ro‘yobga chiqarishga, transformasiya jarayonlarini yanada yuqori pog‘onaga chiqarishga xizmat qiladi.»